Ҳурматли Ҳайъат раиси
ta holatda takrorlangan. Kiritilgan taqdimnoma ijrosi yuzasidan mas’ul xodimning intizomiy jazoga tortilmaganlik holatlari Xatirchi
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
20 ta holatda takrorlangan.
Kiritilgan taqdimnoma ijrosi yuzasidan mas’ul xodimning intizomiy jazoga tortilmaganlik holatlari Xatirchi va Uchquduq tuman adliya bo‘limlari faoliyatida ham kuzatildi. Konimex tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Axmadovaning to‘lab berilmagan aliment pullarini undirib berish to‘g‘risidagi murojaati tegishliligiga ko‘ra tuman MIB bo‘limiga yuborilmasdan, o‘rganib chiqilgan va fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan. Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan 3 ta bir xil mazmundagi ish bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlar tegishliligiga ko‘ra tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yuborilmasdan, o‘rganib chiqilib huquqiy tushuntirish berilgan. Bu kabi holat G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan 2 ta murojaatni ko‘rib chiqishda takrorlangan. (fuqaro A.Asadov va R.Jumayevalarning murojaatida) Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro G.Mamatovaning onlayn auksion orqali sotib olingan marhum qaynonasi nomidagi yer uchaskasini o‘zining nomiga rasmiylashtirib berishda amaliy yordam berishini so‘rab yozgan murojaatiga “Ayollar daftari”da turgan fuqarolar uchun davolanish maqsadida moddiy yordam olish yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, fuqaro G.Xayitovaning farzandini davolatishda amaliy yordam va huquqiy tushuntirish berishni so‘rab yozgan murojaati va fuqaro D.Naimovaning ellipsiya kasalligini da’volash uchun tibbiy yordam olishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaatlariga bir xil mazmundagi “Ayollar daftari”da turgan fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berilgan. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinishi lozim. Biroq, Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro G.Otoyorovaning 2022-yil 12-iyulda ish yurituvga qabul qilingan murojaati yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limiga 12-avgust kuni taqdimnoma kiritilib, fuqaroga bu haqda ma’lum qilinmagan. Taqdimnoma ijrosi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limining 5-sentabrdagi javob xatiga asosan fuqaroga 12-sentabr kuni yakuniy javob xati yuborilgan. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling