Ҳурматли Ҳайъат раиси


Intellektual mulk sohasida


Download 153 Kb.
bet14/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Intellektual mulk sohasida
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilishga qarshi kurashishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish orqali ta’sirchan choralar ko‘rish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Boshqarmaning 2022-yil 27-iyuldagi 1-1/2-8/209-son hamda 25-avgustdagi
1-1/2-8/276-son topshiriq xatlarida adliya bo‘limlari tomonidan intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlab ularga nisbatan ta’sirchan choralarni ko‘rib, natijasi to‘g‘risida har oy yakunida boshqarmaga ma’lumot taqdim etib borish vazifasi belgilangan bo‘lishiga qaramay, bu borada ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Xususan, ushbu sohada Xatirchi, Navbahor va Qiziltepa tuman adliya bo‘limlari tomonidan intellektual mulkni qonuniy himoya qilish, joylarda kontrafakt mahsulotlariga qarshi kurashish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmagan hamda huquqbuzarlarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilmagan.
Yuridik texnikum faoliyati bo‘yicha.
Toshkent davlat yuridik universitetining 2022-yil 14-iyuldagi
7-01/3694-6-02-son hamda 2022-yil 1-iyuldagi 7-01/3379-5-02-son topshiriq xatlari yuzasidan ma’lumotlar ijro muddati buzilgan holda taqdim qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli malaka bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 6 oy o‘tgach berilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, texnikumning 9 nafar xodimlariga, jumladan L.Xamidova, M.Sobirov va M.Turayevlarga - 22 oy, Sh.Bahronovga - 17 oy, G.Tosheva va M.Abdurayimovlarga - 16 oy, B.Xolmurodov, D.Xamroyeva va L.Maxmudovalarga - 10 oydan so‘ng martaba darajasi berish bo‘yicha taqdimnoma vazirlikka kechikib yuborilgan.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi idoralar tomonidan yuqoridagi kamchiliklar hanuzgacha davom etayotganligi bu borada ishlarimiz yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. Shundan xulosa qilgan holda barchamiz o‘z faoliyatimizni tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz zarur hisoblanadi.


Etiborlaringiz uchun rahmat!


Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling