Ҳурматли Ҳайъат раиси
Navoiy shahar YXKM boshlig‘i O.Kamilov
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
Navoiy shahar YXKM boshlig‘i O.Kamilov tomonidan Navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi va “Navoiy qurilish servis-2018” MCHJ o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasi loyihasida tomonlar nizolarni hal etish uchun xo‘jalik sudiga murojaat qilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, shartnoma loyihasiga ijobiy xulosa berilgan(PO0034835).
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son Farmoniga asosan, xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar etib o‘zgartirilgan. Navoiy shahar 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2022-yil 5-avgustdagi M.Haqberdiyevani ingliz tili fani o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat shartomasi loyihasiga M.Haqberdiyeva tegishli sertifikatga ega bo‘lmasada, markaz boshlig‘i O.Kamilov tomonidan ijobiy xulosa berilgan. (VH1481580813) Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi Qonunning 36-moddasida Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan — hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan. Navoiy shahar YXKM boshlig‘i O.Kamilov tomonidan Navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi va 12-sonli JIEK o‘rtasida 2022-yil 11-avgustda tuzilgan xizmat ko‘rsatish shartnomasi loyihasida tomonlar nizolarni hal etish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, shartnoma loyihasiga ijobiy xulosa berilgan (QV65468415). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-son Farmonining 3-bandida 2022-yil 1-yanvardan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat xaridlari bilan bog‘liq tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanishi ko‘rsatilgan bo‘lsada, Navoiy shahar YXKM xodimi M.Abdukarimova tomonidan Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi va “TASVIRIY OYINA POLIGRAF SERVIS” XK o‘rtasida 2022-yil 21-aprelda tuzilgan xo‘jalik shartnomasida korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar belgilanmagan va tomonlarning rekvizitlari to‘ldirilmagan holda ijobiy xulosa berilgan (SE13876236). Navoiy shahar tibbiyot birlashmasining 2022-yil 4-iyuldagi M.Toshevaga 1-iyuldan 24 ish kunidan iborat mehnat taʼtili berish to‘g‘risidagi buyruq loyihasida xodim 2-avgustdan ishga chiqishi lozim bo‘lsada, xodimning ishga chiqish sanasi 1-avgust etib belgilangan va mazkur hujjat loyihasiga Navoiy shahar YXKM xodimi E.Abdurahmonov tomonidan ijobiy xulosa berilgan.(UU77654331) Mazkur kamchilik yana 2 ta holatda takrorlangan. (QK36580267, XU78651355) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 15-iyuldagi 87-son buyrug‘iga asosan hududiy moliya organlari xodimlariga ustamalarni to‘lash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiya xulosasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, Uchquduq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi D.Rustamova tuman Moliya bo‘limi xodimlariga ustama belgilash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tuman moliya bo‘limida tuzilgan komissiyaning yig‘ilish bayonnomasi asosida ko‘rib chiqib, ijobiy xulosani bergan. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling