Ҳурматли Ҳайъат раиси


Qo‘llanilgan ta’sir choralar va ularning samaradorligi bo‘yicha


Download 153 Kb.
bet13/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Qo‘llanilgan ta’sir choralar va ularning samaradorligi bo‘yicha.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va uning faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shunga qaramay, Karmana tuman adliya bo‘limi tomonidan 41 ta va Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan 36 ta MFYlarga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom talablariga rioya qilinishi yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha taqdimnoma kiritilgan.
Ayrim hollarda taqdimnomalar bo‘yicha ta’sir choralarimiz sifatsiz va nomigagina kiritilmoqda.
Ta’lim va sog‘liqni saqlash hamda MFYlarga asossiz va ko‘rsatkich uchun ta’sir choralari kiritish amaliyotini to‘xtatish bo‘yicha Vazir topshirig‘iga asosan bosharma boshlig‘i tomonidan barcha mas’ullarga ogohlantirish berilgan bo‘lsada, Xatirchida 41 ta maktabga bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taqdim etish bo‘yicha taqdimnomalar kiritilgan va intizomiy ham so‘ralgan.
Mazkur taqdimnomalar natijasida maktablar tomonidan “chora-tadbirlar belgilandi, tegishli idoralarga ma’lumotlar taqdim etildi” kabi bir xil javoblar olingan.
Ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan noto‘g‘ri amaliyotini to‘xtatish bo‘yicha Vazir topshirig‘i yetkazilgandan so‘ng ham Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan 20 ta ta’lim tashkilotlari rahbarlariga nisbatan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taqdim etilmaganligi bo‘yicha MJtKning 229-moddasiga asosan ma’muriy taklif tumandagi mazkur markazga kiritilgan.
Bu kabi kamchilikka Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan 4 ta holatda takrorlangan.

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling