Ҳурматли Ҳайъат раиси


Download 153 Kb.
bet7/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Xatirchi tuman DXM xodimi K.Umarov joriy yilning 27-sentabr kuni 60994031-son ariza raqami bilan fuqaro T.Shodmonovning Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborishda ko‘chmas mulk fuqaroning nomiga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarni tizimga biriktirmaganligi sababli vakolatli tashkilot tomonidan rad javobi berilgan.
Nurota tuman DXM xodimi J.Asatov tomonidan joriy yilning 28-avgust kuni 58137377-son va 2022-yil 13-sentabrdagi 59995423-son bilan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborishda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjat tizimga biriktirilmaganligi sababli vakolatli tashkilot tomonidan rad javobi berilgan.
Bundan tashqari, 2022-yil 29-iyuldagi 57008460, 56974345, 56882848, 56254584-son arizalarni vakolatli organga yuborishda birlamchi kadastr yig‘majildini (kadastr pasporti) shakllantirish uchun ariza yuborish o‘rniga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborganligi sababli vakolatli organ tomonidan rad etilgan.
Konimex tuman DXM xodimi N.Hayitov joriy yilning 7-iyuldagi 55204836-son ariza raqami bilan yuridik shaxs "NAVOIURAN" DKga tegishli yer uchastkasiga kadastr pasportini shakllantirish uchun vakolatli organga yuborilgan arizada yer uchastkasi o‘rniga noturar bino yoki inshoot uchun kadastr pasportini shakllantirish uchun deb ariza yuborganligi sababli vakolatli organ tomonidan rad javobi berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori
1-ilovasi bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining
3-bandiga asosan yer uchastkasining kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza yuborish lozim edi.

Pullik xizmatlar undirish holati bo‘yicha avgust-oktyabr oylari tahlil qilinganda Qiziltepa tumani DXM xodimlari tomonidan yangi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jami 26 ta (2 782 000 so‘m), G‘ozg‘on shahrida 2 ta (214 000 so‘m), Nurota tumani va Navoiy shahrida 1 tadan (107 000 so‘mdan) holatda pullik xizmat uchun pul undirilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda Qiziltepa tumanida 40 ta (4 280 000 so‘m), Xatirchi tumanida 6 ta (642 000 so‘m), Nurota tumanida 2 ta (214 000 so‘m), Konimex, Uchquduq tumanlari va G‘ozg‘on shahrida 1 tadan (107 000 so‘mdan) holatda pullik xizmat uchun pul undirilmagan.
Qayta tashkil etish (qo‘shib tugatish) bo‘yicha Xatirchi tumanida 2 ta (900 000 so‘m), Qiziltepa tumani, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 1 tadan (450 000 so‘mdan) holatda pullik xizmat uchun pul mablag‘lari undirilmagan.
Shuningdek, joriy yilning 1-avgustidan 1-noyabriga qadar bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar soni jami 1 079 tani tashkil qilib, shundan

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling