Ҳурматли Ҳайъат раиси


Huquqiy xizmatlar sohasida


Download 153 Kb.
bet9/14
Sana04.02.2023
Hajmi153 Kb.
#1159051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kollegiya doklad 9 oylik

Huquqiy xizmatlar sohasida.
Adliya vaziri tomonidan 2022-yil 8-sentabrda tasdiqlangan Mediatsiya sohasini takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining 23-bandida ijtimoiy tarmoqlarda mediatsiya sohasiga oid post va maqolalar, tahliliy materiallar joylashtirib borish belgilangan bo‘lsada, bo‘lim tomonidan mazkur band ijrosi yuzasidan biror-bir amaliy ish qilinmagan.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining 13 nafarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda 5 nafarining malaka oshirishi muddati o‘tib ketganligiga qaramay, bugungi kunga qadar bo‘lim tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmagan.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Navoiy shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 39 ta talabnoma va 13 ta da’vo arizalari kiritilgani holda, boshqa Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan birorta talabnoma va da’vo arizalari kiritilmagan.
Adliya vazirligining 2022-yil 28-oktabrdagi ko‘rsatma xatiga asosan, vazirlik tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va ularning tasarrufidagi maktablarga Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatilish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijasida hujjatlar loyihalariga huquqiy xulosa berishda Navoiy viloyatida jami 232 ta holatda (xususan, Nurotada 207 ta, Navbahorda 12 ta, Qiziltepada 5 ta, Navoiy shaharda 4 ta, G‘ozg‘on shaharda
3 ta, Konimexda 1ta) uch ish kunlik muddat buzilishlari aniqlangan.
Muddat buzulishlarning eng ko‘pi Nurota tuman YXKM boshlig‘i E.Djabbarov tomonidan 124 ta, bosh yuriskonsult Sh.Soliyev tomonidan 48 ta, bosh yuriskonsult M.Mamatqulov tomonidan 21 ta holatda yo‘l qo‘yilgan.
Vazirlik tomonidan 2022-yilning 3-choragi yakunlari bo‘yicha Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining samadorlik ko‘rsatkichlari baholanganda, Qiziltepa (194-o‘rin), Karmana (201-o‘rin) hamda G‘ozg‘on shahar YXKM
(200-o‘rin) eng past natijalarni qayd etdi.
Samadorlik ko‘rsatkichlari baholashda Markazlar tomonidan tashkilotlarga kiritilgan talabnomalar (Navoiy shahar YXKMdan tashqari barchada 0 ball), da’vo arizalarning sudlarda samarali himoya qilinishi (0 ball), o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari (o‘rtacha 0,8 ball) yo‘nalishlari bo‘yicha respublika miqyosida eng qoniqarsiz natijalar qayd etilgan.
YXKM xodimlari tomonidan xulosa berishda bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan:

Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling