Ҳурматли Ҳайъат раиси
tasi (27.3%) my.gov.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan. Uchquduq tumani
Download 153 Kb.
|
Kollegiya doklad 9 oylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karmana , Navbahor , Qiziltepa va Tomdi
- Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida.
- 3-sanasiga qadar
295 tasi (27.3%) my.gov.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan.
Uchquduq tumanida jami 105 ta yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan, 25 tasi tuman DXM tomonidan, 80 tasi (76.2%) my.gov.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan. Shu kabi Qiziltepa tumanida jami 158 ta yuridik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan 63 tasi (39.9%) my.gov.uz tizimidan o‘tgan. Adliya vazirligining 2022-yil 21-oktabrdagi 24/8-600/8-sonli xatiga asosan tuman (shahar) FHDY bo‘limlari tomonidan ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar uchun to‘lovlar undirishda shaffoflikni ta’minlash va xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida joriy etilgan tartib asosida huquqiy xizmatlardan foydalanish jarayonida fuqarolarga SMS xabar yuborilishining qonuniyligi ahvoli o‘rganilganda, Karmana, Navbahor, Qiziltepa va Tomdi tuman FHDY bo‘limlari faoliyatida bir qator holatlarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibga rioya etilmaganligi aniqlandi. Xususan, Karmana tuman FHDY bo‘limida 10 ta, Navbahor tuman FHDY bo‘limida 8 ta, Qiziltepa tuman FHDY bo‘limida 7 ta hamda Tomdi tuman FHDY bo‘limida 41 ta holatda SMS xabarnomalarni tasdiqlatishda bo‘lim mudiralari va xodimlari telefon raqamlari kiritilgan. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida. Adliya vaziri tomonidan 2021-yil 30-dekabrda tasdiqlangan “Aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kundalik hayotidagi keng tarqalgan muammolarni, shu jumladan, sud tahlillari orqali maqsadli targʻibot qilish boʻyicha 2022-yilga mo‘ljallangan manzilli targʻibot dasturi”ning 10.1-bandida 2022-yil davomida har oyda kamida ikki marotaba xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiya, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari to‘g‘risida mahallalarda tushuntirish ishlari olib borish belgilangan. Biroq, bo‘lim hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan xorijda mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida mahallalarda tushuntirish tadbirlari o‘tkazilmagan, basharti o‘tkazilgan bo‘lsa, amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari to‘g‘risida Adliya vazirligiga axborot taqdim etilmagan. Mazkur Dasturning 1.5; 1.10; 2.5; 3.1; 3.2; 3.3; 3.4-bandlari ijrosi yuzasidan soha faoliyatiga oid manzilli targ‘ibot tabdirlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida Adliya vazirligiga axborot berilmagan. Adliya vaziri tomonidan 2021-yil 18-yanvarda “Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan axborot materiallari (annotatsiya, slayd, maqola, infografika, videoreportaj va b.)ni tayyorlash boʻyicha media-reja” tasdiqlangan va belgilangan muddatlarda vazifalar ijrosini ta’milab borish ko‘rsatilgan. Biroq, bo‘lim tomonidan mazkur Media-rejasining amalda ijrosini ta’minlash bo‘yicha biror-bir tashkiliy-amaliy choralar ko‘rilmasdan, bu boradagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Oʻzbekiston Respublika adliya vaziri o‘rinbosari va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 11-avgustda tasdiqlangan “Firibgarlik jinoyatlarini oldini olish boʻyicha “Mahallabay” huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 19-bandida har oyning 3-sanasiga qadar hududda firibgarlikning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni hamkorlikda muhokama qilish, har chorakda keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida viloyat ichki ishlar boshqarmasiga ma’lumot taqdim etish, har oyda firibgarlikning oldini olish va ularning profilaktika holati to‘g‘risida hisobotlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etib borish belgilangan. Biroq, bo‘lim tomonidan Chora-tadbirlar dasturining ushbu bandi ijrosi yuzasidan biror-bir tashkiliy-amaliy choralar ko‘rilmagan. Boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 6-sentabrdagi 215-um-son buyrug‘iga asosan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori hamda ushbu sohaga oid qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy yilning 5-19-sentabr kunlari o‘rganish o‘tkazish belgilangan. Ushbu o‘rganish muddati boshqarma boshlig‘ining 2022-yil 22-sentabrdagi 225-um-son buyrug‘iga asosan 2022-yil 29-sentabriga qadar uzaytirilgan. Shunga qaramasdan, bo‘lim tomonidan o‘rganish o‘tkazish yakuniga yetkazilmagan va o‘rganish natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumot boshqarma boshlig‘iga taqdim etilmagan. Download 153 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling