Эркин иқтисодий ҳудудлар
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. XITOY XALQ RESPUBLIKASI ERKIN IQTISODIY HUDUDLARI 9.1. Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. Воловик Н.П. Международная практика создания специальных экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. 2. Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2005. – 230 с. 3. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с. 4. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с. 5. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b. 6. Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с. 7. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. 8. Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2006. – 167 с. 9. AQShda 1934-yilda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun. 10. “U.S. Foreign-Trade Zones”. Import Administration. International Trade Administration. January 13, 2013. Retrieved 2013-01-20. 262 9-bob. XITOY XALQ RESPUBLIKASI ERKIN IQTISODIY HUDUDLARI 9.1. Xitoy Xalq Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish maqsadlari, ahamiyati va xususiyatlari Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) – o„zining rivojlanishi, tarixi va mukammalligi, ishbilarmonligi borasida faqatgina bizning respublikamiz ishbilarmonlari uchun emas, balki, butun dunyo ishbilarmonlari uchun ham sirli bir mamlakat bo„lib qolmoqda. Xitoy bugungi kunda yuksak salohiyati bilan butun dunyo bozorlarini egallagan, tezlik bilan rivojlanayotga mamlakat. Xitoy Xalq Respublikasida EIHlar iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiyalash va yuqori texnologiyalar raqobatbardosh ishlab chiqarishga erishishda muhim omil bo„lmoqda. Oxirgi 35-40 yil davomida Xitoyda kuzatilgan iqtisodiy o„sish, haqiqatda, “iqtisodiy mo„jiza” bo„lgani hech kimga sir emas. Uning rivojlanish tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo„lsak, 1976-yilgacha Xitoy yopiq iqisodiyot hisoblanar edi. Ammo, 1978-yilda Den Syaopin tomonidan olib borilgan “Ochiq eshiklar” siyosati va shu maqsaddagi islohotlar natijasida Xitoy jahon iqtisodiyotiga integratsiyalasha boshladi hamda Xitoy YaIMi yiliga o„rtacha 10 % o„sishga erishdi. 1979-2018 yillarda Xitoyning aholi jon boshiga YaIMi qariyb 16 marta, ya‟ni 195 AQSh dollaridan qariyb 10 ming AQSh dollariga o„sdi. 2010 yilga kelib YaIM hajmi bo„yicha Yaponiyani ortda qoldirib, dunyodagi eng katta ikkinchi iqtisodiyotga aylandi. Shu davr mobaynida 500 mln.dan ortiq aholi qashshoqlikdan xalos bo„ldi. Tadqiqotlar natijasida ma‟lum bo„ldiki, ko„p yillar davomida hukm surgan markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o„tish maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko„plab ishlar amalga oshirildi. 1978-yilda boshlangan “ochiq eshiklar” islohoti alohida hududda boshlangan tajriba bo„ldi. Xitoy olimlari erkin iqtisodiy zonalarni yaratishdan oldin AQSh, Yaponiya, Gongkong, Singapur, Tayvanlarni tajribasini chuqur va har tomonlama o„rganib chiqishganligi ular yuritgan erkin iqtisodiy zonalar siyosatida ham o„z aksini topgan. O„z mamlakati hududida EIHlarni yaratib, Xitoy bir qancha foydali tomonlarga ega bo„ladi: - birinchidan, ushbu yo„l bilan Xitoy hukumati chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlar yaratadi; - ikkinchidan, chet el investitsiyalaridan tashqari mamlakatga yangi texnologiyalar va yetakchi texnika kirib keladi; - uchinchidan, ishchi o„rinlari etishmaslik muammosi qisman hal qilinadi; - to„rtinchidan, tabiiy resurslardan samaraliroq foydalaniladi; - beshinchidan, eksport foydasi ancha oshadi; - va nihoyat, oltinchidan, “maxsus hududlar”ning tezroq rivojlanishi, butun iqtisodiyot taraqqiy etishiga olib keladi. EIHlarga ko„plab omillar ijobiy ta‟sir ko„rsatadi: - qulay geografik joylashuv; 263 - ishchi kuchining ko„pligi va arzonligi; - iqtisodiy imtiyozlar; - hududlar rivojlanishi uchun mamlakatlardan resurslarning kirib kelishi. Xitoy EIHlarlarining asosiy xususiyatlari quyidagilar: - bozor tomonidan tartibga solish tamoyillari asosidagi mustaqil iqtisodiy rivojlanish; - chet el investitsiyalariga tayanish; - asosiy ustuvor tarmoq – sanoat (1989-yilgacha Xitoy erkin iqtisodiy hududlarlarda istalgan investitsiyalarni qabul qilgan); - ishlab chiqarishning eksportga yo„naltirilganligi, import xomashyosini keng jalb etish; - katta milliy mintaqalarni kiritish; - EIHlarlarning mamlakatning qolgan hududlari bilan faol o„zaro munosabati; - soliq tizimi EIHlarning mintaqaviy xususiyatlariga qarab farqlanadi. Xitoyda EIHlarlarni tashkil etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 1. Xorijiy kapitalni jalb qilish. 2. Rivojlangan mamlakatlardagi ilg„or texnologiyani va menejment tajribasini qabul qilish. 3. Samarador ish joylarini yaratish yo„li bilan, nafaqat, aholi bandligi darajasini ko„tarish, balki, aholining turmush darajasini oshirish, mamlakat ijtimoiy muhitini barqarorlashtirishga erishish. 4. Eksportni ko„paytirish yo„li bilan valyuta tushumlarini oshirish. 5. Chet el kapitalidan eng unumli tarzda foydalanish. 6. Xalqaro iqtisodiy va texnologik hamkorlik darajasini oshirish iqtisodiy va texnologik axborotni yig„ish, xorijiy mamlakatlar hamkorlik va tashqi savdo sohasida band bo„ladigan kadrlarni tayyorlash. 7. Ijtimoiylashgan keng masshtabda ishlab chiqarishni boshqarishdagi xorij tajribasini o„rganish. 8. Zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori ilmiy sig„imli sanoat korxonalari turlarini yaratish. 9. Yangi turdagi va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning xalqaro ko„lamda raqobatbardoshligini ta‟minlash. 10. Ichki sanoatga etibor bergan holda, asosiy e‟tiborni tashqariga yo„naltirilgan iqtisodiyotni qurish, sanoat, savdo va qishloq xo„jaligi integratsiyasi, chorvachilik, baliqchilik va turizmni bir vaqtda rivojlantirish. 11. EIHlarda aholi jon boshiga daromad miqdorini jadal oshirish. 12. EIHlar joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni Hong Kong, Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish. 13. Xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish asosida iqtisodiyotni divresifikatsiyalash. 14. Butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini rag„batlantirish. 15. Arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to„gri foydalanish. 264 16. Mamlakatda zamonaviy bilim va malakaga ega bo„lgan milliy kadrlarni tayyorlash. 17. Gonkong (1997 y.) va Makao (1999 y.)larning Xitoyga qaytarilishi munosabati bilan “bufer” (qalqon) yaratish. Xitoy tajribasida EIH uchun joy tanlashda quyidagilar asosiy hisoblangan: - tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqishini ta‟minlay oladigan yirik port bo„lishi kerak (yoki bunday port qurilishi kerak); - jahonning yirik moliyaviy iqtisodiy markazlariga qulay joylashgan bo„lishi kerak (birinchi navbatda, Gonkong, Singapur va Yaponiya shaharlariga); - aholi zichligi unchalik yuqori bo„lmagan, nisbatan erkin, bo„sh maydonlarga ega bo„lgan joylarda joylashishi kerak (yangi sanoat obyektlarini qurish va yangi ishlovchilarni ishga joylaylashtirishga imkonini yaratish). Xitoy iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb qilgan asosiy omil bu, nafaqat, EIHlarda, balki, mamlakat miqyosida infratuzilmaning yuqori darajada tashkil etilganligidir. Infratuzilma – bu shunday omilki, u davlatdan zonalarni yaratish bo„yicha asosiy qo„yilmalarni talab qiladi va o„z navbatida, ular faoliyat yuritishining makroiqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Bunda xitoyliklar infratuzilmaning shakllanishi “oltita qo„yilish, tekislash” shiori ostida harakat qilmoqda. Ya‟ni – Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling