Эркин иқтисодий ҳудудлар


 AQShda ilmiy parklarning tashkil etilishi, ularning maqsadi, turlari va


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

8.5. AQShda ilmiy parklarning tashkil etilishi, ularning maqsadi, turlari va 
faoliyat xususiyatlari 
Ilmiy parklar (texnik-joriy etish hududlari) fan va ishlab chiqarish 
integratsiyasining yangi samarali shaklidir. Bu hududlarda innovatsiyaviy faoliyat va 
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan band firma va korxonalar joylashgan 
bo„ladi.
Odatda, ular ilmiy labaratoriyalar va ishlab chiqarish xonalarining hududiy 
jamlanishidan iborat bo„lib, ular istiqbolli ilmiy va texnik g„oyalarni ishlab chiqish 
bilan shug„ullanadigan venchur firmalarga imtiyozli shartlarda ijaraga beriladi. 
Tashqi savdo va tadbirkorlik hududlaridan farqli ravishda texnologik parklarni 
yaratish uchun hukumat organlarining ruxsati talab qilinmaydi. 
Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili bo„lib 
innovatsion infratuzilmani yaratish hisoblanadi. 
Bunday infratuzilmani yaratishning eng samarali va bosh omili texnoparklar 
hisoblanadi. 
Texnopark – bu innovatsion faoliyat bilan shug„ullanuvchi, yuqori ilmiy 
sig„imli texnologiyalar va mahsulotlar yaratuvchi kompaniyalarni birlashtirish 
uchun tashkil etilgan, ajratilgan alohida, maxsus hudud. 
Texnoparklarning asosiy maqsadi: 
– mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; 
– mintaqa yoki mamlakatni innovatsion rivojlanishini ta‟minlash; 
– innovatsiyalarni jamlash, ro„yobga chiqarish. 
Texnoparklarda: 
- ishlab chiqarish va ma‟muriy binolarni, laboratoriya uskunalarini ijaraga 
taqdim etish; 
- konsultativ xizmatlarni ko„rsatish; 
- individual ixtirolarni texnologik ekspertizadan o„tkazish; 
- tashkil etiladigan kompaniyaning biznes-rejasi tuzish; 
- kichik biznesni tashkil etishda imtiyozli shartlarda kreditlar olish va sh.k. 
amalga oshiriladi. 
Jahon amaliyotida texnoparklar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish 
hamda unda ijtimoiy-iqtisodiy subyektlar (ilmiy-tadqiqot institutlari, olim ta‟lim 
muasasalari, laboratoriya markazlari, ishlab chiqarish-tadqiqot korxonalari, ilmiy 
salohiyatli xodimlar va mutaxassislar)ning ilmiy-texnik salohiyatidan innovatsion 
g„oyalarni ro„yobga chiqarish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratgan holda ularni 
bir joyga jamlash asosida yangi va zamonaviy ishlanmalarni, mahsulotlarni yaratish, 


259 
ularni tijoratlashtirish maqsadlarida tashkil etiladi. 
Texnoparklar rezidentlari mazkur tashkil etilgan hududning o„zida barcha 
zauririy ijtimoiy va biznes-xizmatlari komplekslariga ega bo„lmog„i lozim. Ushbu 
faoliyani maxsus tashkil etilgan kompaniyaboshqarib boradi. 
AQShda texnoparklarni tashkil etishdan maqsad – venchur kompaniyalarga, 
yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni kashf etuvchi, ishlab chiquvchi alohida 
ixtirochilar va olimlarga imtiyozli shartlarda yordam ko„rsatish. 
AQShda texnoparklarning tashkil etilishi o„tgan asrning 50 yillari boshiga borib 
taqaladi. 
Mazkur davlatda birinchi texnopark Koliforniya shtatidagi Stenford universitet 
ilmiy parki tashkil etilishi bilan paydo bo„lgan. 
Universitet o„zi egalik qilgan hududda bo„sh er uchastkasini topib, uni va 
binolarni mustаqil kichik korxonalar va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat 
ko„rsatuvchi, federal hukumat buyurtmalari hisobiga jadal rivojlanib borayotgan va 
o„z bo„linmalarini tashkil etishga intiluvchi, yuqori imkoniyatli amaldagi 
kompaniyalarga ijaraga bera boshladi. 
Ijaradagi firmalar universitet bilan uzviy aloqa va hamkorlikda faoliyat 
ko„rsatdilar. Lekin, taxnopark sifatida to„la shakllanishi uchun va o„z ilmiy parki er 
maydonini va binolarni ijaraga berish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, 
qurilishlarni yakunlashga 30 yil kerak bo„ldi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling