Эркин иқтисодий ҳудудлар
AQShda tadbirkorlik hududlarining tashkil qilinishi, ularning turlari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4-jadval. AQShdagi tadbirkorlik zonalari xususiyatlari Tashkil etish asosi Hukumat dasturlari
8.4. AQShda tadbirkorlik hududlarining tashkil qilinishi, ularning turlari,
maqsadi hamda undagi imtiyozlar tizimi AQShda Tadbirkorlik hududlari (TH) tashqi savdoni ta‟minlash bilan bevosita bog„liq bo„lmagan maqsadlarni o„z ichiga oladi. Bu holatda, bojxona imtiyozlari ma‟lum bir (ikkinchi) darajaga tushadi va asosiy rolni turli soliq, moliyaviy va ma‟muriy imtiyozlar amalga oshiradi. Qo„shma Shtatlarda tadbirkorlik hududlari kichik va o„rta biznesni depressiya sharoitlarida qayta tiklash uchun paydo bo„ldi, bu esa tadbirkorlarga ko„proq faoliyat erkinligi va sezilarli moliyaviy imtiyozlar berish imkonini berdi. Ushbu hududlar uchta yo„nalishga asoslangan mintaqaviy rivojlanishning muhim markazlariga aylandi: - tartibga solish; - de-byurokratlashtirish va; - byurokratikatsiya. 254 8.4-jadval. AQShdagi tadbirkorlik zonalari xususiyatlari Tashkil etish asosi Hukumat dasturlari Birinchi tadbirkorlik zonasi 1980 yil Florida shtatida Maydoni 2,5-5 km 2 , ayrim hollarda 13 km 2 Maqsadi yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarda tadbirkorlikni rivojlantirish Turlari Federal, shtat yoik mahalliy darajadagi Imtiyoz turlari Soliq, moliyaviy va ma‟muriy rag„batlantirishlar AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyat yuritish shartlari: 1. Tadbirkorlik hududining faoliyat yuritish muddati 10-20 yilni tashkil etadi. Federal tadbirkorlik hududlari muddatni uzaytirish imkoniyati bilan 20 yilga tashkil etiladi. 2. Tadbirkorlik hududlari shtat hukumati yoki mahalliy boshqaruv organlari tomonidan uni tashkil etish bo„yicha arizaning tasdiqlanishi va ruxsatnoma olinishidan so„ng Uy-joy qurilishi va shaharsozlik rivojlanishi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. 3. Tadbirkorlik hududlari soliqlardan imtiyozlar va past ma‟muriy talablarga ega. AQShda tadbirkorlik hududlari faoliyatiga imtiyozlar: 1. Federallarning imtiyozlari va rag„batlantirishlari: – qurilish va ta‟mir xarajatlariga to„lovlarda soliqlardan 5 %lik chegirma mavjud; – korxonalarga qo„shimcha tashkil etilgan har bir ish o„rni uchun qo„shimcha soliq chegirmalari (bir kishiga 2000 AQSh dollarigacha); – kompaniya kapitalini ko„paytirishga soliqlar bekor qilingan. 2. Alohida shtatlar huqumati tomonidan soliq imtiyozlari: – Konnektikutdagi korxonalar daromadiga 50% chegirma; – Luiziana shtatida uskunalar sotuviga, Kanzas shtatida qurilish materiallari sotuviga, Virdjiniya shtatida asosiy kapitalga investitsiyalarga soliqlardan 100% chegirma. Tadbirkorlik hududlarida korxonalar imtiyozlarning 70%ini yangi ish o„rinlarini yaratish bilan qo„lga kiritadilar. AQShda despressiv hududlarda xo„jalik faoliyatini tashkil etishda imtiyozli kreditlash keng yo„lga qo„yilgan. Mazkur hududlar iqtisodiyotiga moliyaviy qo„llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida alohida shtatlar darajasida maxsus soliq rejimlari, bevosita subsidiyalar, imtiyozli qarzlar va investorlar uchun manfaatli bo„lgan boshqa afzalliklar taqdim 255 etiladi. Davlat mazkur hududlarga alohida e‟tibor qaratgan holda ushbu joylarda maxsus tadbirkorlik hududlarini tashkil etishga ruxsat beradi. Bunday hududlar hozirgi kunda 40 dan ortiq shtatlarda tashkil etilgan bo„lib, ularda investorlar faoliyatini mulk solig„i to„lovi, daromad solig„i kabilardan ozod etish va sotishga to„langan soliq summasini qaytarishlar bilan rag„batlantirish orqali investitsiyalar jalb etishni yanada oshirish usullari qo„llaniladi. Jumladan, AQShning Koliforniya shtatida tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari mashina va uskunalarni xarid qilishda (yiliga 20 mln. AQSh dollarigacha summada) investorlar soliq kreditlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ishga jalb etgan har bir mahaliy ishchiga 27 ming AQSh dollaridan boshlanuvchi soliq kreditlariga ham ega bo„ladi. Bundan tashqari, maxsus qonun asosida sobiq (eski) harbiy baza hududidagi korxonalarni muvofiqlashtirishda ular faoliyatini qo„llab-quvvatlash uchun 10-150 ming AQSh dollari miqdorida subsidiyalar ham beriladi. Bunday hududlardagi investorlarga elektr sanoati, yarim o„tkazgich priborlar va mikrosxemalar ishlab chiqarish, sputnik aloqalari, dasturiy ta‟minot xizmatlari uchun investitsiyalar kiritishida 6% hajmidagi investitsion kreditlarni taqdim etadi. Yuridik maqomi bo„yicha AQShda boshqaruv federal, davlat va mahalliy boshqaruvga bo„linadi va TH tegishli darajadagi davlat idoralari qarorlari bilan tuziladi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va bandlikni oshirish uchun THda faoliyat yurituvchi Amerika kompaniyalari turli imtiyozlar bilan ta‟minlangan. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling