Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, savdo-ishlab chiqarish hududlari, bojxona, infratuzilma, tovar, ombor, port. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. AQShda TSHlari dastlabki tashkil etilgan EIHlardan hisoblanadi. Ular mamlakatning Buyuk depressiyadan chiqishida muhim omil bo„lib xizmat qildi. Shu sababli mamlakatda TSHlarini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e‟tibor qaratib kelinadi va unda bir qator soliq va bojxona imtiyozlarining ham tadbiq etilishi amal qilib keladi. 253 2. AQShda TSHlari bojxona xarajatlarini pasaytirish yo„li bilan tashqi savdo faoliyatini faollashtirish uchun tashkil etilgan bo„lib, bunda, eng avvalo, avtomobillar ishlab chiqarish uchun uning metallari va komponentlari importiga bojxona tariflarini qisqartirishni ko„zda tutadi. TSHlarining rivoji mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 3. AQShda TSHlarining 2 turi mavjud bo„lib, ular: umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar va ixtisoslashgan zonalar (subzonalar)dan iborat. Umumiy foydalanish zonalari savdoni kengaytirish va aholi bandligi darajasini oshirish maqsadida tashkil etiladi va kommunal xizmatlar davlat korxonalari uchun e‟lon qilingan tariflar asosida taqdim etiladi. Ixtisoslashgan zonalar faoliyati umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) tashqi savdo zonasi doirasiga kirmaydigan alohida kompaniyalar uchun tashkil etiladi. Unda import o„rnini bosuvchi yoki eksportga yo„naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Nazorat uchun savollar: 1. AQShda TSHlarini tashkil etish asoslari, faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 2. Bugungi kunda AQShda TSHlari soni qanchani tashkil etadi va ular qaysi shtatlarda eng ko„p tashkil etilgan? 3. AQShda TSHlarida qanday imtiyozlar taqdim etiladi? 4. AQShda TSHlarining turlari va xususiyatlari nimalardan iborat? 5. AQShda TSHlarini tashkil etish va rivojlantirish iqtisodiyot uchun qanday samaralar keltirdi? 6. AQShda TSHlari faoliyatida qanday muammolar kuzatiladi? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling