Erkin savdo va protektsionizm


Qaysi yo‘lni tanlash lozim?


Download 168.5 Kb.
bet11/19
Sana20.10.2023
Hajmi168.5 Kb.
#1710946
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Erkin savdo va protektsionizm

Qaysi yo‘lni tanlash lozim?
Proteksionistik siyosat amalga oshirilayotganda «yutuvchi taraflarning foydasi yutqizuvchi taraflarning zararidan ko‘p va shu bilan jamiyat uchun nafli», degan qarash bilan proteksionistik siyosatni oqlab bo‘lmaydi.
Birinchi navbatda davlat tomonidan yutuvchilar foydasi hisobiga yutqizuvchilar zararini qoplash mexanizmlarining joriy etilishi orqali proteksionistik siyosatning amalga oshirilishini asoslash mumkin bo‘ladi.
Proteksionizm iqtisodiy rivojlanish bosqichida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan turli iqtisodiy usullardan biri sifatida yashash xuquqiga ega va uning samarali bo‘lishi uchun quyidagi sharoitlar bo‘lishi shart:
1. Himoyaga olinayotgan sektorlarning texnologik jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar mavjudligi. Masalan, Xitoydan televizor ishlab chiqarishni O‘zbekistonga ko‘chirib kelganimiz bilan texnologik jihatdan rivojlanish bo‘lmas ekan, biz Xitoydan arzon televizor ishlab chiqara olmaymiz va ular bilan raqobat qila olmaymiz. Himoya qilinayotgan sektorlarni rivojlantirish uchun mutaxassislar va ilmiy salohiyatni kuchaytirish lozim.
2. Ushbu sektorlarning uzoq muddatli strategik rivojlanish va investitsiya dasturlarining mavjudligi. Ushbu dasturlar raqobatbardoshlikni bosqichma-bosqich oshirish chora-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
3. Himoya usullarini bosqichma-bosqich kamaytirib borish orqali ishlab chiqaruvchilarni erkin raqobatga tayyorlab borish yondashuvining mavjudligi. Afsuki, jahon tajribasida himoya qilishning optimal davrini aniqlash bo‘yicha yaxshi tajribalarni topish mushkul.
Masalan, Malayziya mamlakatida 1985 yilda tashkil qilingan avtomobil sanoati yuqori tariflar hisobiga himoya qilingan bo‘lsa-da, hozirgacha ham o‘z raqobatbardosh mahsulotini ishlab chiqara olmadi.
Deniel Borer (2018) tadqiqotida ichki avtomobil sanoatini himoyalash evaziga yo‘qotilgan farovonlikning yuqori ekanligi tufayli ushbu sanoatni saqlab qolish o‘zini oqlamasligi to‘g‘risida xulosa qilingan va raqobatbardoshlikni oshirish uchun import cheklovlarini pasaytirish tavsiyalari berilgan.
Xulosa o‘rnida
Xulosa yakunida shuni aytish joizki, ushbu bahsli savollarga javob topishda eng muhim ahamiyat kasb etuvchi omil — bu mazkur sohadagi chuqur ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishidir.
Ilmiy izlanishlar va zamonaviy metodologiyalar orqali olingan murakkab hisob-kitoblar asosidagina mamlakatimiz farovonligini oshirish uchun optimal iqtisodiy siyosat yo‘li tanlanishi lozim.
Har qanday populistik, ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan oqimlar va harakatlar bosimining iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ta’sirini minimallashtirish ham barqaror rivojlanishning muhim omilidir.
Theprotektsionizm yoki iqtisodiy protektsionizm mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan, odatda, ikkinchisini etkazib berishda cheklovlar yoki tariflarni belgilash orqali ularni kamroq rentabellikga olib chiqish yo'li bilan himoya qilishga qaratilgan siyosat nazarda tutiladi.
Shu ma'noda iqtisodiy liberalizmga qarshi bo'lgan doktrinadir, erkin raqobatni mahsulot narxlarini sog'lom o'zini o'zi boshqarish omili sifatida himoya qiladi. Biroq, iqtisodiy inqiroz, urush yoki ijtimoiy va siyosiy mojarolarning muayyan holatlarida, himoya mexanizmlari odatda ishlab chiqarish tarmoqlari qulashiga yo'l qo'ymaslik uchun hisobga olinmasdan amalga oshiriladi.

Download 168.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling