Erkin savdo va protektsionizm
Proteksionizm: O‘zbekiston uchun kerakmi?
Download 168.5 Kb.
|
Erkin savdo va protektsionizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1028 olimlar
Proteksionizm: O‘zbekiston uchun kerakmi?Proteksionizmning tariflar, kvotalar, subsidiyalar, sertifikatlash, milliy mahsulotlardan foydalanish talablarini joriy qilish, ma’muriy to‘siqlar, antidemping va valyuta kurslarini boshqarish kabi usullari keng qo‘llaniladi.Oxirgi paytlarda iqtisodchilar va tadbirkorlar o‘rtasida davlatimizning iqtisodiy siyosatida import cheklovlarini qo‘llash bo‘yicha tortishuvlar avj olmoqda. Bu bahslar ijtimoiy tarmoqlarga ham ko‘chib, turlicha populistik fikrlar ilgari surilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish muhitiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiy, albatta. Masala nimada? Ishlab chiqarishni endigina yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar import bojlarini oshirish orqali davlat tomonidan himoya choralarining qo‘llanilishini so‘ramoqda. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasida bu holat proteksionizm deb ataladi va bu jarayonda mamlakat yoki bir nechta mamlakatlardan iborat bloklar o‘z iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida tashqi savdo operatsiyalariga cheklovlar (asosan import bojlari) kiritadi. Hozirgi kunda, proteksionizmning tariflar, kvotalar, subsidiyalar, sertifikatlash, milliy mahsulotlardan foydalanish talablarini joriy qilish, ma’muriy to‘siqlar, antidemping va valyuta kurslarini boshqarish kabi usullari keng qo‘llaniladi. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlari sekinlashgan hollarda proteksionizm siyosatining jozibadorligi oshadi. 2009 yilning iqtisodiy krizisi oxirgi 30 yil ichida xalqaro tashqi savdoni liberallashtirish yo‘lida qilingan barcha ishlarni yo‘qqa chiqardi. Ayniqsa, iqtisodiy faollik pasayishi oqibatida davlat moliyasining kuchsizlangani holatida import bojlarini oshirish byudjet taqchilligini kamaytirishga qaratilgan oson usullardan hisoblanadi. Tarix nima deydi? AQSHda (1930 y.) Smoot-Hawley tariflarining joriy qilinishi tarixda qo‘llanilgan eng katta proteksionistik qadamlardan hisoblanadi. Bunda proteksionizm tarafdorlari iqtisodiyotning «go‘dak» sektorlarini himoya qilish, mahalliy ish o‘rinlarini yaratish, milliy xavfsizlik bilan bog‘liq sektorlarni saqlab qolish, iste’molchilarni himoya qilish kabi vajlar bilan qonun loyihasini ommaga olib chiqishgan. Shunda o‘sha davrning eng atoqli iqtisodchilarini o‘z ichiga olgan 1028 olimlar jamoasi Prezident Xerbert Xuverga ushbu tariflarning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida petitsiya yuborishadi. Proteksionizm harakatiga qarshi tomonlar yuqori tariflar tufayli iste’molchilar tanlov doirasining qisqarishi va inflyatsiyaнингошishи, «go‘dak» sektorlar esa baribir rivojlanmasligi, buning ustiga, boshqa mamlakatlarning qarshi proteksionistik javob harakatlari orqali savdo urushlarining kelib chiqishi kabi oqibatlarni ko‘rsatgan holda bu harakatga qarshi chiqishdi. Prezident Xerbert Xuver o‘zi ham qarshi bo‘lishiga qaramay turli biznes doiralari va o‘z partiyasi tomonidan bo‘lgan bosimlar ostida qonunni veto huquqini qo‘llamasdan tasdiqlaydi. Ko‘p o‘tmay, Kanadada ham yuqori import bojlarini e’lon qilgan holda savdo urushlari avj ola boshlaydi, bu esa iqtisodiy depressiyaning yanada chuqurlashishiga olib keladi. O‘sha davrdan boshlab jahon iqtisodiyotida tashqi savdoni liberallashtirishga yo‘naltirilgan harakatlar avj oladi va iqtisodiyotda savdo qilish savdo qilmaslikdan afzal (trade is better than no trade) prinsipi ostida tashqi savdo konsepsiyalari shakllanadi, xalqaro savdo tashkiloti tashkil etiladi va turli shartnomalar imzolanadi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arb mamlakatlari o‘rtasida erkin iqtisodiy savdo umume’tirof etilgan iqtisodiy prinsip sifatida tan olindi va savdo to‘siqlarining minimallashishiga olib keldi. Erkin tashqi savdo g‘oyalari 300 yil oldingi David Rikardoning solishtirma afzallik nazariyasi ustiga qurilgan bo‘lib, unga ko‘ra, xalqaro miqyosda barcha ishlab chiqarish resurslarining erkin (cheklovlarsiz) harakatlanishi iqtisodiy samaradorlikni o‘stiradi va resurslar o‘zidan maksimal manfaat keltirgan holda aholi farovonligining oshishiga xizmat qiladi. Agar ishlab chiqarish resurslarining mamlakatlar o‘rtasidagi erkin harakati bo‘lmasa, bu g‘oyalarning amaliy natijalarini ko‘rish imkonsizdir. Solishtirma afzallik prinsiplari asosida ixtisoslashuvning eng yuqori formasini kolonial davrda ko‘rishimiz mumkin. U davrda barcha rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zlarining solishtirma afzalliklaridan kelib chiqib, xom ashyo yetishtirib berishga, rivojlangan mamlakatlar esa undan sanoat yoki yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Download 168.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling