Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi yoki "free-floating exchange rate" bu mamlakat valyutasining qiymati tashqi valyuta bozoridagi talab va taklifning rivojlanishi natijasida belgilanadi
Valyuta tizimi va to‘lov balansini tartibga solish
Download 58.05 Kb.
|
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi Ollaberganov Azmiddin (2)
2.2. Valyuta tizimi va to‘lov balansini tartibga solish
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro to‘lov oborotida iimal qilish jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga pnydo bo‘ldi va rivojlanishning uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Tarix davomida jahon puli shakllari va xalqaro hisob-kitob shakllari o‘zgardi. Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati o‘sdi va ulaming nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko‘chadigan pul massalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro vulyuta tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so‘m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo.) Juda qisqa ma’noda - bu chet el dnvlatlarining pul belgilari. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega bo‘ladi. Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi larkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi. Mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko‘paygan sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, uzaro liisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bu laming barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o‘rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek bu ishlami tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi bu xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ulaming samarali rivojlanashini la’ininlashga qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta munosaballarining yig’indisidir. Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda uch ko'rinishdagi pul vositalari ishlatiladi: - oltin, hozirda o‘zining asosiy to‘lov va hisob-kitob vositasi ■ xususiyatini yo’qotgan bo‘lsa-da, ammo ko‘pchilik valyuta I zaxiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo I operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun I ishlatiladi; - jahonda asosiy o‘rin egallovchi rivojlangan mamlakatlaming I milliy valyutalari (AQSH dollari, Ingliz funt-sterlingi, Shveysariya I franki, Yaponiya yenasi va boshqalar); - xalqaro pul birliklari (yyevro , ekyu). Bunday pul birliklari I jahon valyutalari deb hisoblanadi. Ular ko'pchilik mamlakatlar I tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. I Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi 1 mehnatiga, shuningdek mamlakat valyuta zaxiralarini yaratishda 1 qo‘llaniladi. Xalqaro valyuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishga kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyatiga tushuniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi. Erkin konvertirlanadigan valyuta bu amaldagi kurs bo‘yicha har qanday boshqa xorijiy valyutaga erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga misol qilib AQSH, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyaning valyutalarini kiritish mumkin. Qisman konvertirlanadigan valyuta, bu faqat ba’zi bir xorijiy valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir. Konvertirlanmaydigan valyuta bu faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining (ya’ni shu mamlakatda yashash joyi bo‘lgan shaxslaming) mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olish, uni ushlab turish va u bilan ayrim operatsiyalami olib borishni aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlami ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalami konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarinig muhim maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Download 58.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling