Erkin Vohidov she’rlarida undalmalarning qo`llanishi
ERKIN VOHIDOV TARJIMASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI
Download 136 Kb.
|
Erkin Vohidov sheʼriyatining gʻoyaviy badiiy xususiyatlari
ERKIN VOHIDOV TARJIMASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATI
“Faust” tarjimasida shakl va mazmun mutanosibligi O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Faust” tarjimasiga bag’ishlab o’tkazilgan muhokamada shoir Erkin Vohidov asarni o’zbekchalashtirish jarayonida buyuk Gyotedan ilhomlanib yaratgan o’zining asliyat she’rlarini mazkur tarjimaning hoshiyalariga yo’l-yo’lakay bitganligini eslatgan edi. Biz Gyotening “G’arbu Sharq devoni” ajoyib hofizona ruh bilan sug’orilaganini yaxshi bilamiz. Xuddi shuningdek, atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning ham “Tirik sayyoralar” to’plamidagi aksariyat she’rlari ulug’ Gyotening gumanistik g’oyalari ruhida yozilgan, deb dadil ayta olamiz. “Faust” tarjimasini adabiy tanqidchiligimiz haqqoniy ravishda barkamol ijodiy qayta yaratuvchilik namunasi deb e’tirof etdi. Darhaqiqat, ba’zi jiddiy va nojiddiy kam-ko’stlarni nazardan soqit qilganda, shubhasiz, asarning Erkin Vohidov tarjimasi bugungi kunda ulkan adabiy yutuqlar darajasidadir. Unga Gyotega xos nozik lirizm ko’p jihatdan o’z aksini topgan. Zotan, Boris Pasternak singari talantli lirik shoir-tarjimon bilan Erkin Vohidovdek mohir, zabardast so’z ustasi bellasha olishi mumkin edi. ”Faust” fojiasini qayta yaratish bilan birga E. Vohidov va olmonshunos tarjimon Posho Ali Usmon ko’hna she’riyatimiz xazinasini yangi noyob durdona bilan boyitishdi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda “Faust” tarjimasi haqida fikr yuritar ekanmiz, Erkin Vohidov (B.Pasternak tarjimasi bilan birgalikdagi) va Posho Ali Usmon tarjimalarining afzalliklari hamda mukammalliklari qiyosiy o’rganiladi. Nemis Gyoteshunosi Genri Poshmann „Faust“ tragediyasiga „So’nggi so’z yozar ekan“, uni shunday ta’rifladi: „Jahon adabiyoti tarixida „Faustdek“ ko’p mashhur bo’lgan va kam tushunilagan kitob bo’lmasa kerak“. Darhaqiqat, „Faust“ni asl nusxasida o’qigan kishi bunga to’la imon keltirishi mumkin. Asarni ham o’qigan sayin kitobxon yangi-yangi va teran mazmunli fikrlarga duch kelaveradi, undagi oddiy bir personaj monologida ham olam-olam ma’no borligiga ishonch hosil qilaveradi. „Faust“ning birinchi qismi to’rt ming olti yuz o’n ikki misradan iborat bo’lib, unda ikki yuzdan ko’proq izohtalab ibora va tushuncha bor. Mazkur maqolamiz „Faust“ tragediyasida Gyote tomonidan qo’llanilgan ba’zi bir istiloh, diniy tushuncha va nomlar, xos so’zlar (realiya) hamda ba’zi bir mifologik tushunchalarning izohi va tarjimasiga bag’ishlanadi. Tarjimaning keyingi nashrlarida bu fikrlarni e’tiborga olish o’zbek o’quvchisini „Faust“day ulkan asar bilan yanada yaqinlashtirish ishiga yordam bersa kerak, deb o’ylaydi. „Teatr muqaddimasida“ shoir tilidan bayon etilgan quyidagi savolda „Olimp“ so’zi tilga olinadi. Goethe: Wer sichert den Olymp? Vereinet Gőtter? Des Menschen Kraft, im Dichter offenbart.3 Пастернак: Кто подвиги венчает? Кто защита Богам под сенью олимппийских рощь? Что это – Человеческая мощь, В поэме выступившая открыто.4 E.Vohidov: Kimdir ul, zabt aylab Olimp masnadin, Tanggrilar posboni bo’lolgan qodir? Uldir odamzotning buyuk qudratin Qalbida mujassam aylagan shoir.5 Asliyatga mos tarjimani tarjimon P.Usmon tarjimasida ko’rish mumkin: Olimp tog’ini kim aylamish obod? Bu shoirdagi nazm va e’tiqod, Bu shoirdagi insonga xos qudrat!6
“Arshi a’lodagi debocha”da tangri, samo qo’riqchilari, Mefistofel va uch maloika ishtirok etadi, ularning hammasi diniy tushuncha va obrazlardir. O’zbekiston milliy ensiklopediyasida shunday deyiladi: “Xristianlikdagi to’rt asosiy farishta (arxangellar – Gavriil, Mixail, Azrail, Serafiil) islomdagi Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofilga muvofiq keladi. Bular Qur’onda “al-muqarrabun” (yaqinlar, yaqinlashtirilganlar) deb atalgan”. Demak, xristianlardagi Rafael nomining arabcha transkripsiyasi – Isrofil, Gavriilniki – Jabroil, Mixailniki – Mikoil (yoki Mikol), Izrailniki Azroildir. “Fauatda” Rafael, Gabriel va Mixail shaklida berilgan nomlar rus tiliga Rafail, Gavriil va Mixail shaklida o’tgan, o’zbek tiliga esa Rafoil, Jabroil va Mikoil shaklida transkripsiya qoidasiga ko’ra, tarjimon Erkin Vohidov “Faust” tarjimasida Rafailni Rafoil deb emas, Isrofil deb berish kerak edi. “Samo qo’riqchilari” tuchunchalariga izoh berilmagan. Tarjimon olim Posho Ali Usmon tarjimasida esa Rafailni Isrofil tarzida ko’rish mumkin va “Osmondagi prolog” tushunchasiga izohlarni tushunarli tarzda ilova qilgan. Xristianlar tasavvuricha, qadimgi qirollar o’z qo’shinlariga ega bo’lganidek, tangri ham o’ziga tobe bo’lgan kishilar ustidan hukumronlik qilish uchun muayyan qo’shinga ega emish. Samo qo’shinlari asarda ishtirok etmaydi, muallif tomonidan eslatiladi, xolos binobarin mazkur tushunchani izohlab, kitobxonning ongiga yetkazish tarjimon P.Usmon tomonidan amalga oshirilgan. ”Faust” tragediyasi bamisoli sirli bir olam. Uni tushunib olish va tamomila mohiyatiga yetish uchun Posho Ali Usmon tragediyaning bosh qahramoni Faustdan tortib, “Valpuriy tunidagi tush”dagi yalmog’izlargacha izohlar berib o’tgan. “Faust”ning 1971 yili “Aufbau – Verlag. Berlin und Weimar” nashrida Gotthard Erler tomonidan Mefistofelga quyidagicha izoh berilgan: „Mefistofel – xristian diniga mansub kishilarning Faust haqidagi kitobida shayton shu nom bilan mashhurdir, bu nom Mefistofilos, Mefostofiles va Mefistofil kabi eski shakllariga ham egadir. „Mefistofel“ so’zi qadimgi yahudiycha „mefis“ (buzg’unchi, vayron qiluvchi) va „tofel“ (yolg’onchi) so’zlaridan olingan bo’lsa kerak. Lekin bu so’zning yunoncha „mefoto-files“ (yorug’likni sevmaydigan) va „me-fausto-files“ (Faustni sevmaydigan) degan ma’noni anglatadi degan fikr shubhalidir, albatta“.7 Demak, Mefistofelni o’zbek tilidagi „iblis“ so’zi bilan izohlasa bo’ladi. Ma’lumki, shoir qaysi millatga mansub bo’lsa, o’z asarini o’sha millat urf-odat, rasmu rusumi va taomil- udumlari asosida yaratadi. Unda o’z xalqiga xos so’zlar va istilohlar ba’zan so’zma-so’z tarjima qilinsa, ba’zan esa, transliteratsiya qilinadi va izohlanadi. Gyote tomonidan „Faust“ tragediyasida keltirilgan magistr, doktor kabi so’zlar o’zbek kitobxoniga tamoman tushunarli deb bo’lmaydi. Zeroki magistr (o’rta asrlar universitetlarining quyi darajali gumanitar fanlar muallimi) bo’lsa, doktor (o’rta asr universitetlarida eng yuqori ilmiy daraja bo’lib faqat teologiya (ilohiyat ilmi), huquqshunoslik, ilmi tabobat (meditsina) fanlaridan dars beruvchilarga berilgan) so’zlari oddiy kitobxonga asl nusxa mazmunini anglashga halal beradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, jahon adabiyoti xazinasining abadiy barhayot durdonasi “Faust”ning tilimizda butun salobati va salohiyati bilan namoyon bo’lishini ilmiy va adabiy jamoatchilik qizg’in kutib olishdi. O‘zbek adiblarining ijodiy yutuqlari, o‘z vatani, xalqi oldidagi xizmati haqida gapirganda, nafaqat ularning original asarlari, balki boshqa xalqlar adabiyotidan qilgan tarjimalarini ham nazarda tutamiz. Chunki dunyo adabiyotining benazir namunalari qanchalik ko‘p tarjima qilinsa, san’atkor adibning iste’dodi tufayli ona tilida yangidan hayot topsa, kitobxon qalbidan joy olsa, u ham ma’naviyatimizni boyitadi va ham umumbashariy yagonaligimiz binosiga bir ustun bo‘lib xizmat qiladi, do‘stlik va birodarlik iplarini mustahkamlaydi. Gomer va Sofokl, Dante va SHekspir, Firdavsiy va Umar Xayyom, L.Tolstoy va M.Dostoyevskiy, Gyugo va Bayron yaratgan noyob badiiy obidalar va yana qanchadan-qancha atoqli adiblarning o‘lmas asarlari o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy mulkiga aylandi. A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, M.Ismoiliy, Mirtemir, Y.Shamsharov, M.Shayxzoda, A.Oripov, A.Muxtor, Zulfiya, Q.Mirmuhamedov, I.G‘afurov, M.Ali, X.Ahrorova, K.Qahhorova, R.Parfi, Sh.Rahmon, J.Kamol va yana boshqa o‘nlab iste’dodli adiblarimiz ana shu mananiy mulk ijodkorlaridirlar. Shular qatorida ko‘p yillardan beri ham go‘zal she’riyati, g‘azallari, dostonlari va ham ajoyib tarjimaviy ijodi bilan el ko‘nglidan joy olib kelgan adib O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovdir. E.Vohidov dastlab rus shoirlari Aleksandr Blok, Mixail Svetlov, Sergey Yesenin she’rlarini tarjima kilib kuch sinadi - tarjima mahoratini egallab bordi. Ayniqsa, S.Yeseninning “Fors taronalari” turkumiga kirgai sha.rlari tarjimasi o‘tgan asrning 60-yillarida mashhur bo‘lib ketgani esimdan chiqmaydi. Rus shoirining Sharqii kumsab, Sharq oxdnglarida yaratgan mahzun va latif qo‘shiqlari butun oxori, dilrabo ohanglari bilan tilimizda yangrab, she’riyat muxlislari dilini rom etgan edi. Aslida “edi” deyishim o‘rinsiz. Bu tarjimalar hozir ham va bundan keyin ham shunday maftunkor jozibasini saqlab qoladi: S.Yesenin go‘yo o‘zbekcha kuylayotganday, “1001 kecha"ni o‘qib, Shahrizodaga, afsonaviy Shohinaga oshiqi beqaror bo‘lib, Sa’diy g‘azallari ruhida rubob chertib qo‘shiq aytayotganday. Keyin Erkin aka Mirzo G‘olib, Mirzo Bedildan ayrim g‘azallarni tarjima qildi. Biroq uning tarjimachilikdagi eng katta yutug‘i nemis shoiri I.V.Gyotening “Faust” nomli muazzam she’riy asaridir. “Faust” nafaqat Gyote ijodining, balki dunyo adabiyotining shoh asarlaridan hisoblanadi. Xuddi shu ma’noda bemalol ayta olamizki, bu asar tarjimasi ham o‘z salohiyati, qimmati va badiiy yuksakligiga ko‘ra o‘zbek tarjima adabiyotining shohona namunalari qatoridan joy oldi. Agar Gyote o‘z asarlari ustida umr bo‘yi ishlagan, uni o‘z tafakkuri, ijodiy kashfiyotlari hosilasi deb baholagan bo‘lsa, E.Vohidov ham tarjima ustida o‘n yildan ortiqroq ijodiy mehnat qildi, o‘z iste’dodi, o‘zbek she’riyatining, til boyligimizning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etdi. “Faust” jahon adabiyotida bir adabiy mo‘jiza bo‘lsa, uning o‘zbekcha tarjimasi - E.Vohidov yaratgan yangi, muqobil buyu k badiiy mo‘jiza bo‘ldi, deya olamiz. “Faust” - ikki qismdan iborat she’riy dramatik fojia. Unda hayot va o‘lim, lahza va abadiyat, poklik va nopoklik, akdiy parvoz va ojizliklar, rostlik va hiyla-nayrang kabi insonda mujassam bo‘lgan va inson zotini qiynaydigan ziddiyatlar, bu ziddiyatlardan qutulishga talpinish, tafakkur cheksizligi, orzular parvozi bilan tabiiy instinktlar zanjiri, amaliyotchilik shavqiyu uning oqibatida yuz beradigan turfa hangomalar, fojialar tasvirlanadi.
Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling