Erkinova firuza erkinovna
Bitiruv ishining manbalari
Download 12.29 Kb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I b o b O`ZBEK SHE`RIYATI VAZNLARI VA ULAR ICHIDA SARBASTNING O`RNI
Bitiruv ishining manbalari. Sarbast, ma`lumki, XX asr boshlaridayoq o`zbek she`riyatiga kirib keldi. Shundan buyon uning ko`plab namunalari yaratildi. Mazkur bitiruv ishi, asosan, hozirgi davr sarbast namunalarini tahlil etishni ko`zda tutadi. Shuning uchun biz ishda Rauf Parfi, Tilak Jo`ra, Abduvali Qutbiddin, Bahrom Ro`zimuhammad kabi sarbastda samarali ijod qilgan shoirlarning hamda bir qator yosh shoirlarning she`rlaridan obyekt sifatida foydalandik. Ammo zaruriyat tug’ilgan o`rinlarda jahon va o`zbek she`riyatining boshqa vakillari ijodi namunalariga ham murojaat qilinadi.
I b o b O`ZBEK SHE`RIYATI VAZNLARI VA ULAR ICHIDA SARBASTNING O`RNI "She`r tizimi" degan tushuncha she`r tuzilishining asosini, asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she`riyatidagi "she`riy tizim" o`sha xalq tilining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Mavjud she`r tizimlarining hammasida asosiy o`lchov birligi sifatida bo`g’in olingan. Bo`g’in esa, ma`lumki, turli tillarda turlicha sifatiy va miqdoriy ko`rsatkichlarga ega. Shunga ko`ra, jahon xalqlari she`riyatida mavjud she`riy sistemalar bo`g’inning miqdori (sillabik she`r tizimi), urg’uli yoki urg’usizligi (tonik), cho`ziq yoki qisqaligi (metrik), baland yoki past talafuz qilinishi (melodik) kabi jihatlarni o`lchov asosi qilib oladi. Metrik she`r tizimi misralarda cho`ziq va qisqa hijolarning muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she`r tizimi unlilari cho`ziq qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko`proq xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she`riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema sifatida shakllanib, o`shandayoq uning nazariy asoslari, qat`iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( V ) mora deb nomlanib, u eng kichik o`lchov birligi sanalgan. Cho`ziq hijo (-) ikki moraga ( V V ) teng deb qaralgan. Shuning o`ziyoq metrik she`r tizimida misralardagi bo`g’inlar soni turlicha bo`lsa-da, ularning talaffuz vaqti teng bo`lganligini, va ayni shu narsa izometriyani (izoxroniya asosida) ta`minlaganini ko`rsatadi. SHarq she`riyatida yyetakchi o`rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko`rinishidir. Sillabik she`r tizimida misralardagi bo`g’inlar miqdorining tengligi o`lchov asosi sanalib, bu tizim bo`g’inlari sifat jihatidan sezilarli farqlanmaydigan tillarga xosdir. Masalan, o`zbek tilida bo`g’in cho`ziq qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg’u ham turg’un (asosan, so`z oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun ham sillabik she`r tizimi o`zbek tili xususiyatlariga ko`proq muvofiq keladi - she`riyatimizda qadimda (mas., fol’klor) va hozirgi kunda barmoqning yyetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik she`r sistemasi polyak, serb va xorvat she`riyatlarida ham yetakchi o`rin tutadi. Shu o`rinda she`r tizimi tilning tabiatiga mos bo`lishi zarurligining yorqin misolini keltirib o`tish joiz. Rus she`riyatida polyak she`riyati ta`sirida XYIII asrgacha sillabik she`r tizimi qo`llangan. Urg’usi turg’un bo`lgan bu tizim urg’u o`rni muqim bo`lmagan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she`riyatida uzoq yashay olmadi. Tonik she`riyatda misralardagi urg’ular miqdori o`lchov asosi qilib olinadi. Ya`ni, bu tizimda misralardagi bo`g’inlar miqdori ahamiyatsiz, urg’ular miqdori teng bo`lsa kifoya. Bilasizki, so`zlar turli bo`g’inlardan tarkib topadi, ularning ayrimlari urg’u olmaydi. Demak, tonik she`rning misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko`rinishi jihatidan nasriy nutqqa o`xshab ketishi mumkin. Tonik she`riyatning alohida bir ko`rinishi sifatida sillabo-tonik she`r tizimini ko`rsatishimiz mumkin. Bu she`r tizimi XYIII asr o`rtalaridan boshlab rus she`riyatida qaror topa boshlagan va hozirda unda yyetakchi mavqe egallaydi. Unda misralarda urg’uli bo`g’inlarning muayyan tartibda ( beshta asosiy turoq shaklida: - v, v -, - - v, v - -, - v - ) takrorlanib kelishi o`lchov asosi sanaladi. Hozirgi o`zbek she`riyatining yetakchi she`r tizimi - barmoq, yuqorida aytilganidek, misralardagi bo`g’inlar sonining tengligiga asoslanadi. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn deb atarkan, shunday yozadi: "Milliy vaznimizda asos so`z bo`g’imlarining sanog’idir. Bir baytning birinchi misra`i necha bo`g’im esa, ikkinchi misra`i ham shuncha bo`g’im bo`ladir. Bo`g’imlarning harf, cho`zg’i sonlariga esa ahamiyat berilmaydir",- deb yozadi. Fitratning barmoqni "milliy vazn" deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o`zbek tili tabiatiga, uning tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham o`zbek xalq og’zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror topgan bo`lsa-da, xalq og’zaki ijodining asosiy she`r tizimi barmoq bo`lib qolaverdi. Bu, birinchi galda, barmoqning o`zbek tili xususiyatlariga to`la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan, jadid shoirlar CHo`lpon, Fitrat, Hamzalarning ijodi bilan she`riyatimizda yana barmoqning yetakchilik davri boshlandi. Barmoq she`r tizimida mutaxassislar 4 bo`g’inlidan tortib 16 bo`g’inligacha bo`lgan vaznlar tarqalganini ta`kidlaydilar. Vazn har bir konkret she`rda yuzaga chiqadigan hodisa sanalib, uni metr(o`lchov) deb ham nomlanadi. Barmoqdagi o`lchov belgilanganda avvalo bo`g’inlar soni, keyin turoqlanish tartibi ko`rsatiladi. Masalan: Yuzlaringni mayliga yashir, 9 (4 + 5) Kerak emas nozlar, imolar. 9 (4 + 5) Go`zallikning qoshida axir, 9 (4 + 5) Cho`kka tushgan hatto xudolar. 9 (4 + 5) Oddiy mashinani ko`rsa bolalar 11 (6 + 5) Hayratga tushishni kanda qilmaydi. 11 (6 + 5) Olis yulduzlarda ulkan kemalar 11 (6 + 5) Uchib yurganini ular bilmaydi. 11 (6 + 5) Suratimni chizmoq uchun 8 (4 + 4) Oppoq bo`yoq tanlading. 8 (4 + 4) Va dunyoga nega kelib 8 (4 + 4) Ketganimni anglading. 8 (4 + 4) Misradagi bo`g’inlar soni va ularning qay tartibda turoqlangani she`rning ritmik intonatsion xususiyatlariga sezilarli ta`sir qiladi. Shuning hisobiga barmoq tizimida vaznlar rang-barangligi yuzaga keladi. Masalan, bo`g’inlar soni kam bo`lgan vaznlarda o`ynoqi, biroz shiddatli ohang yuzaga keladi: Keyin ne bo`ldi, (2+3) Keyin to`y bo`ldi, (2+3) Qolmadi sirlar (3Q+2) Jiyda tagida... (2+3) Buning ziddi o`laroq, ko`p bo`g’inli vaznlarda vazmin ohang hosil bo`ladiki, chuqur falsafiy mazmunli she`rlarning aksari shunday vaznlarda yoziladi: Men bu cho`ll Download 12.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling