Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Ер пўсти (литосфера) геокимёси


Download 49.25 Kb.
bet6/11
Sana02.06.2024
Hajmi49.25 Kb.
#1840130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Литосфера геокимёси

Yer mantiyasi - Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Yer mantiyasi yuqori mantiya va pastki mantiyaga boʻlinadi. Yuqori mantiya oʻz navbatida Gutenberg qatlami va Golitsin qatlamiga (baʼzida u oʻrta mantiya deb nomlanadi) boʻlinadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga oʻxshash massadan iborat deb faraz qilinadi; Yer mantiyasi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda boʻlgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Bu elementlar ichida: O, Si, Mg, Fe aksari qismini tashkil etadi. Hozirgi tasavvurlarga koʻra Yer mantiyasining tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi.Baʼzi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulkan otilishlaridan hosil boʻlgan lavalar Yer mantiyasi moddasini toʻliq boʻlmasa ham suyuq holatda ekanligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi.

Yer mantiyasining temperaturasi va bosimi chuqurlashgan sari oʻzgarib boradi. Yer poʻsti ostidagi bosim 1,3—1,4 mln. atmosferaga yaqin deb hisoblanib, okean osti Yer poʻsti bosimi kontinental bosimdan ancha kam ekanligi taʼkidlanadi. Turli tadqiqotchilarning fikricha, Yer mantiyasi pastki gorizontlarining temperaturasi 1500 dan 5000° gacha, yuqori gorizontlarining temperaturasi bazaltoid togʻ jinslari erish temperaturasi chegarasida (1000—1300°) deb hisoblashadi. Shuningdek, Yer mantiyasining elektr oʻtkazuvchanligi ham chuqurlashgan sari ortib boradi. Yer mantiyasidagi moddalarning fizik holati va unda sodir boʻlayotgan geokimyoviy jarayonlarni oʻrganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yer poʻstining tektonik harakatlari va temir, mis rudalari, oltin, platina konlari va b.ning paydo boʻlishi ushbu jarayonlar bilan bogʻliqdir.


Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling