Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Ер пўсти (литосфера) геокимёси
Download 49.25 Kb.
|
Ернинг пайдо бўлиши, тузилиши ва кимёвий таркиби. Литосфера геокимёси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer mantiyasi
Yer poʻsti - litosferaning yuqori qismi. Yer po’stini yuqori tomondan biosfera va gidrosfera, pastki tomondan Moxorovichich yuzasi bilan mantiyadan ajralib turadi. Yer po’stining quruqlik va okeandagi qalinliklari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po’stining qalinligi tekisliklarda 35–40 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean ostida esa 5–10 km. Quruqlikda Yer po’sti uch qatlam: yuqorida choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtada "granit" (10–20 km), pastda "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)qismdan tashkil topgan. Okean osti yer po’stida "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Quruqlikda yer po’stining yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan, "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.Okean osti yer po’sti 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1–2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4–8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor.Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Yer po’sti (8–25 km) joylashgan. Yer po’stida muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. Shunga binoan Yer po’sti harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar - platformalarga boʻlingan. Yer po’stining yoshi 3,5-4,5 mlrd. yilga teng deb tahmin qilinadi. Yer po’stining rivojlanishi yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq. Yer po’stining geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol oʻynaydi.Yer mantiyasi - Yer poʻsti bilan Yer yadrosi orasida joylashgan qatlam. Yer mantiyasi Yer (atmosferasiz) hajmining 83% ini, massasining 67% ini egallaydi. Yer poʻstidan Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. Qalinligi 2865 km boʻlib yuqori chegarasi (Moxorovichich yuzasi) oʻrta hisobda yer yuzidan 33 km va ostki chegarasi Moxorovichich yuzasidan qariyb 2900 km chuqurlikdan oʻtadi. Yer mantiyasi yuqori mantiya va pastki mantiyaga boʻlinadi. Yuqori mantiya oʻz navbatida Gutenberg qatlami va Golitsin qatlamiga (baʼzida u oʻrta mantiya deb nomlanadi) boʻlinadi. Yuqori mantiyaning tarkibi peridotitga oʻxshash massadan iborat deb faraz qilinadi; Yer mantiyasi Yerning vujudga kelgan davrida qattiq holatda boʻlgan yoki qattiq kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan kimyoviy elementlardan tashkil topganligi taxmin qilinadi. Bu elementlar ichida: O, Si, Mg, Fe aksari qismini tashkil etadi. Hozirgi tasavvurlarga koʻra Yer mantiyasining tarkibi tosh meteoritlar tarkibiga yaqin turadi.Baʼzi olimlar esa uni katta kuch bilan siqilgan suyuklik holatida deb hisoblaydilar. Vulkan otilishlaridan hosil boʻlgan lavalar Yer mantiyasi moddasini toʻliq boʻlmasa ham suyuq holatda ekanligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Shuningdek, modda va uning ayrim qismlarini suyuq holatda ekanligini seysmometrik maʼlumotlar ham tasdiqlaydi.Download 49.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling