Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Janubiy okean deb alohida ajratadilar. Yerning Shimoliy yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Janubiy yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir. Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir. Yer gravitatsion (tortish), issiqlik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Yer usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir. Yerning tuzilishi ikki qismga ajratilib o’rganiladi: tashqi va ichki qismlar. Bunda tashqi qismga atmosfera, gidrosfera va biosfera kiradi. Ichki qismga esa yer po’sti, mantiya va yadro kiradi. Yana bir tushuncha borki uni ba’zi olimlar alohida qism sifatida ajratib o’rganadilar: bu qism litosfera deb ataladi. Litosfera (litosfera yunonchadan «litos» - tosh, «fera» - qatlam, qobiq degani) yer po’sti va mantiyaning yuqori qismini o’z ichiga oladi. Ayniqsa bu qismni biz geologlar sinchikovlik bilan o’rganamiz. Sababi bizga kerak bo’lgan foydali qazilmalar shu qism bilan chambarchas bogliqdir. Ернинг ташқи тузилиши ҳақида маълумотлар Atmosfera (yunoncha atmos – bug’, havo) yer po’stini o’rab olgan gaz holatidagi havo qobig’i. Atmosfera qobig’ining zichligi balandlikka ko’tarilgan sari pasayib boradi. Atmosfera qobig’ining umumiy qalinligi bir necha ming kilometr bo’lishiga qaramay, eng asosiy qismi yer sirtiga yaqin yupqa qatlamda joylashgan. Uning butun massasining qariyb yarmi yer yuzasidan 4-5 km balandlikgacha bo’lgan qavatda bo’lsa, qolgani 50 % esa yer yuzasidan 31-34 km masofada bo’lgan balandlikda joylashgan. Yer sirtida atmosfera zichligi 10-3 g/sm ga teng bo’lsa, 700 km balandlikda taxminan 10-5 g/sm teng bo’ladi. Atmosferaning eng yuqori qavatlarining zichliglari planetalararo sharayitdagi gazlar zichligi bilan bir xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |