KOMISSIYa TOMONIDAN XUJJATLARNI QABUL QILISh VA KO‘RIB ChIQISh:
10. Komissiya xulosasini olish uchun ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
- bolaning tug‘ilganligi xaqidagi guvoxnoma nusxasi (ikki nusxada);
- bolaning otasi yoki onasining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) pasporti nusxasi (ikki nusxada);
- yashash joyidagi psixonevrolog, defektolog, otorinolaringolog, ortoped, okulist shifokorlarning bola nutqidagi nuqsoni, uning eshitish va ko‘rish, tayanch-xarakatlanish a’zosidagi nuqsonlari bo‘yicha qo‘yilgan tashxislari (asli va nusxasi);
- bola umumiy tipdagi muassasaga qatnagan bo‘lsa, uning jismoniy yoki aqliy rivojlanishiga berilgan, muassasa mudirining imzosi va muxri bilan tasdiqlangan tavsifnoma (asli va nusxasi).
- Komissiyaga yuborilayotgan bolalarga yashash joyidagi shifokor (tor mutaxassislar)lar tomonidan qo‘yilgan tashxis shifoxona bosh shifokori (u bo‘lmagan xollarda uning o‘rinbosari)ning imzosi va gerbli muxr bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
11. Komissiyaga taqdim etilayotgan xujjatlarning xaqiqiyligiga uni imzolagan shifokor (tor mutaxassis) va tasdiqlagan bosh shifokor (uning o‘rinbosari) (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) shaxsan javobgar xisoblanadi.
12. Komissiya a’zolari tomonidan jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazishda ular bilan bevosita muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi xujjatlarni o‘rganish natijasida ularning nuqsoniga qo‘yilgan tashxis tasdig‘ini topsa, ularni tegishli tiplar bo‘yicha muassasalarga yuborish yuzasidan xulosalar beriladi.
13. Komissiya qaroriga asosan ota-onalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga bir xafta muddatda xulosa beradi.
14. Xulosada bolaga qo‘yilgan aniq tashxis va muassasada bo‘lish muddati ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |