«Erta tashxis va abilitatsiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari Fan: «Erta tashxis va abilitatsiya
Download 0.79 Mb.
|
.Erta Tashxis
UMUMIY QOIDALAR:
1. Komissiya o‘z ishini jamoatchilik asosida yuritadi. 2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga xamda boshqa qonun xujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi. 3. Komissiya o‘z faoliyatini qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillariga asoslangan xolda olib boradi. 4. Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasasiga (keyingi o‘rinlarda muassasa deb yuritiladi) 2 - 7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi: - nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, ruxiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); - eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (I - IV gurux karlik, yomon eshituvchilar, orttirilgan karlik); - ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (ko‘zi ojizlar, zaif ko‘radiganlar); tayanch-xarakatlanish a’zosida nuqsonlar bo‘lgan bolalar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi xolat, barcha tug‘ma raxit, jaroxat, kuyish va bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa va oyoqlarning idiapatik buzilishi; kifozlar, lordozlar, kifoskolioz, qomatning buzilishi, ko‘krak qafasi, umurtqa va oyoqlar deformatsiyasi, yassi oyoq panjasi, oyoq panjalari falaji; tayanch-xarakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyasi, bo‘g‘imlar deformatsiyasi, artrozoartritlar, bo‘g‘inlar rekurvatsiyasi, jismoniy rivojlanishida orqada qolish; ostexondropatiya, xondrodistrofiya; poliomielit va meningoensefalitga chalingandan keyin bolalar serebral falajida tayanch-xarakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari, gemioporezlar, plegiyalar, monoporezlar, Erb-Dyushen falaji, poliradikulonevritlar);
psixik rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar (aqliy orqada qolish, jiddiy aqliy orqada qolish, psixik rivojlanishning kechikishi); nuqsonlari murakkab bo‘lgan bolalar (rivojlanishida 2 va undan ortiq nuqsonga ega bo‘lgan bolalar). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling