KOMISSIYaNING MAQSAD VA VAZIFALARI:
5. Komissiyaning maqsadi 2 yoshdan 7 yoshgacha jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularni tegishli tiplar bo‘yicha muassasaga joylashtirishdan iborat.
6. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari xisoblanadi:
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazish;
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazishda ular bilan bevosita muloqat qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi xujjatlarni o‘rganish;
- bolaning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsonlari xaqida yashash joyidagi shifoxona shifokorlari tomonidan qo‘yilgan tashxisning ishonchliligini o‘rganish;
- bolaning jismoniy yoki aqliy rivojlanishidagi nuqsoniga qo‘yilgan tashxis tasdig‘ini topsa, ularni tegishli tiplar bo‘yicha muassasalarga yuborish;
- jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni muassasada qancha bo‘lish muddatini belgilash;
- tuman (shaxar) tibbiyot birlashmalari bilan xamkorlikda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar xaqidagi ma’lumotlarni aniqlash va xisobini yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |