«Erta tashxis va abilitatsiya» fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari Fan: «Erta tashxis va abilitatsiya


Tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi nutq buzilishlarini aniqroq belgilash uchun quyidagicha tasnifdan foydalanish mumkin


Download 0.79 Mb.
bet25/27
Sana09.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#264309
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
.Erta Tashxis

Tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi nutq buzilishlarini aniqroq belgilash uchun quyidagicha tasnifdan foydalanish mumkin:

-nutq paydo bo‘lgunga qadar rivojlanishning orqada qolishi;

nutqning rivojlanishini sustlashishi;

-ekspressiv nutqning shakllanishini orqada qolishi;

impressiv nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda sensor alaliyaning kelibc hiqish taxmini);

-artikulyatsiya motorikasining (artikulyatsiya a’zolari harakatlarining) qo‘pol buzilishlari natijasida nutqning rivojlanishdan orqada qolishi (shartli ravishda anartriya, dizartriyaning kelib chiqishi);

-aloqaning buzilishlari natijasida kelib chiqqan nutqning rivojlanishini orqada qolishi (bolalar autizmi va boshqalarda);

-eshitishning pasayishiga bog‘liq nutqning rivojlanishini orqada qolishi;

-bilish faoliyatining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (rivojlanishning total orqada qolishida);

-periferik nutq apparatining to‘liqligining buzilishi natijasida nutqning rivojlanishini orqada qolishi (shartli ravishda rinolaliya varianti);

Nutq buzilishlarining ushbu sistematizatsiyasi orqali bolaning nutqiy rivojlanishidagi buzilishlarni ancha aniq belgilash uyordmida korreksiyalash yordamining muqobil, maqsadga yo‘naltirilgan dasturini ishlab chiqishga imkon beradi. Masalan, intellekt yoki eshitish nuqsonlari birlamchi bo‘lgan bolalarga oligofrenopedagog va surdopedagog bilan korrkksion mashg‘ulotlar, aloqa qilishning buzilishi natijasida nutqning rivojlanishi orqada qolgan bolalarga psixolog va logopedning yordami tavsiya etiladi. 3 yoshdagi bolalarni eshitishini pedagogik jihatdan tekshirish, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu tovushlar bola uchun sekin-ast so‘zsiz ta’sir etmay qo‘yadi.

Ko‘pgina normal eshituvchi bolalar ularga qaratilmagan odattiy shovqinlarga, nutqiy signallarga diqqatlarni qaratmaydilar. Ovoz chiqayotgan tomonga boshlarini qayiltirib qarashlari uchun ularga odattiy bo‘lmagan signallar yoki bolani javob berishiga majbur etuvchi sababni ko‘rsatish lozim. Tovush chiqaruvchi manba sifatida do‘mbira, surnay, baland va pichirlab “av-av-av”(kuchuk ) va “ pi-pi-pi”(qushcha) ovoziga taqlid qilish, bolani ismini, “kksh” kabi tovushlar birikmasini aytish. Tovushlarni bolani orqasidan 6 metr masofadaifodalanishi kerak. Ko‘ruv idrokiorqali nutqida ifodalashini cheklash lozim.

Ilk yoshda ovozga reaksiya qilish tovush chiqayotgan tomonga boshini o‘girib, 6 metr masofadan pichirlab gapirishga ovoz chiqarib javob reaksiyasini (tovushni o‘xshatish, nutqni qaytarish) berishi.

Bolada 2-3 yoshda tovushga shartli ravishda harakatli reaksiyalari paydo bo‘ladi. Bu bola shivirlaganni eshityaptimi va qanday masofa oralig‘ida ekanligini aniqlashga yordam beradi. Bolaninig eshitishi pasaygan deb gumon qilinsa, uni maxsus audiologik tekshiruvga yo‘naltirilishi kerak.

Ilk yoshdagi bolalarni bilish jarayonlarini tashxis qilishning o‘ziga xos tomonlari bu bolaning psixik faoliyatini ifodalovchi alohida vazifalarni bajarilishini taxlil qilishga tekshiruvchilarning diqqat markazini qaratishidir. Bunda faqatgina natijasigagina emas, balki vazifa bajarish bo‘yicha tashkiliy faoliyatini imkoniyatlari qandayligiga e’tibor qaratiladi.

Bola elementar taqlid ostida kattadan u yoki bu vazifani u bilan birgalikda harakatlanish orqali bajarilish yo‘llarini bilib oladi. Vazifani bajarilish yo‘llarini ko‘rsatish uchtadan oshmasligi kerak. Shuningdek kattaning nutqi vazifadagi maqsadni ko‘rsatishi hamda bola samarali bajarishiga imkon berishi kerak. Bolaning noadekvat harakatlardan adekvat (mos) harakatlarga o‘tishi, uning potensial imkoniyatlaridan dalolat beradi. Ta’limning pastligi ba’zi xollarda qo‘pol intellektual rivojlanmaganlik, hissiy –irodaviy doirasidagi nuqsonlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ta’limiy eksperimentdan foydalanish orqali bolaning psixik faoliyatining (diqqat, nutq, idrok, tasavvur, xotira) o‘ziga xos tomonlarigina analiz qilishga emas, balki ularning ish qobiliyatini baholashga yordam beradi. Bu ayniqsa rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan ilk yoshdagi bolalarda muhimir, chunki ularning nuqsoni oqibatida ish qobiliyatini maxsus tashkil etilgan tekshirishlar orqali xotira va diqqatini ko‘pincha tasavvur etish mushkuldek tuyuladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling