Erta va kichik maktabgacha yoshdagi bolalarda motorika va sensorikaning shakllanishi hamda rivojlanishi


Download 367.91 Kb.
bet15/21
Sana05.01.2022
Hajmi367.91 Kb.
#228397
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Erta va kichik maktabgacha yoshdagi

Beshinchi oy

  • Beshinchi oy
  • Biror ob`ektni ushlash qobiliyatining rivojlanishi bilan analizator sifatida chaqaloqning qo'llari rivojlanishi boshlanadi. Bola barmoqlarini kaftiga qisib, barcha narsalarni teng ravishda ushlaydi. Bolada uning e'tiborini jalb qilgan o'yinchoqqa yetishish ishtiyoqi va olish uchun yangi ehtiyoj bor. Bola boshini baland ko'taradi, atrofdagi narsalarga qaraydi, u o'zini ham nigohi tomonga o'giradi. Agar siz unga ikki barmog'ingizni bersangiz, u darhol ularni mahkam ushlaydi va o'tirishga urinib, o'zini torta boshlaydi. Tepaga qarab yotib, oyoqlaridan ushlab, boshga tortadi, oyoq barmoqlarini og'ziga soladi. Agar yaqin atrofda o'yinchoqlar bo'lsa, unda ularni ushlab, his qilishga, og'ziga solishga harakat qiladi. Ob'ektlarni ushlash va sezish nafaqat motorika ko'nikmalarini, balki fikrlashni rivojlantirish uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
  • Oltinchi oy
  • Bola qorinda yoki yonboshda yotib, qo'llarlini o'yinchoq tomonga to'g'ri yo'naltirishni, uni olishni o'rganadi. Bola har bir qo'liga qandaydir narsalarni olishni (ushlab olish, ushlab turish) yoki ikkita qo'l bilan bitta ob'ektni his qilishni, "o'rganish"ni ham o`zlashtira boshlaydi. Ob'ekt bilan maqsadli manipulyatsiya (mohirona foydalanish)lar sabab va natijani sezilarli darajada tushunishiga yordam beradi: o'yinchoq bosilsa - uning chiyillashini, mashinani itarish - harakatga kelisini va hokazo.
  • Yettinchi oy
  • Kichkintoy barmoqlarini tirishqoqlik bilan mashq qiladi - narsalarni ushlash uchun harakatlar yaxshilanishi davom etadi.
  • Sakkizinchi oy
  • Bolada nafaqat bosh barmog'i, balki ko'rsatkich barmog`i ham jadal ishlay boshlaydi. U qopqoqni ochishga va yopishga urinadi, ko'rsatkich barmog'i bilan gugurt qutisiga o'xshash qutilarni ochadi. U o'rnidan turib, o'zini qiziqtirgan narsalarga erishishga, qo'llarini va barmoqlarini mahkam ushlash bilan “tekshirishga” harakat qiladi. Lablari va tili bu ob`ekt haqida qo'shimcha ma'lumot beradi.

Download 367.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling