Ertak va topishmoqlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish Rashidova Umida Mansurovna


Download 56 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi56 Kb.
#1609450
  1   2
Bog'liq
Abdusaitova Maftuna


Ertak va topishmoqlar vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish
Rashidova Umida Mansurovna Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi mudirasi, dotsent
Abdusaitova Maftuna Sadriddin qizi Samarqand davlat universiteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya
Tezisda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini о‘stirishda xalq og‘zaki ijodining tutgan о‘rni, ertak va topishmoqlarning bolalar nutqini о‘stirishdagi ahamiyati bayon etilgan.
Kalit sо‘zlar: xalq og‘zaki ijodi, ertak, topishmoq, maqol, matal, ijod, mashg‘ulot ishlanma, hikoya qilish.
Аннотация
В тезисе описывается роль фольклора в развитии речи детей дошкольного возраста, значение сказок и загадок в развитии речи детей.
Ключевые слова: фольклор, сказки, загадки, пословицы, притчи, творчество, разработка урока, рассказывание историй.
Annotation
The thesis describes the role of folklore in the development of speech in preschool children, the importance of fairy tales and riddles in the development of children's speech.
Keywords: folklore, fairy tales, riddles, proverbs, parables, creativity, lesson development, storytelling.
Dolzarbligi. Bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodiga oid asarlar, shu jumladan, kichik folklor janrlari (topishmoqlar, tez aytishlar, maqollar, matallar, sanoq she’rlar va boshq.) bolalar nutqini о‘stirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Bolalar folklori bolalar xotirasini rivojlantirish, eslash, xotirlash orqali nutqini о‘stirish va ijodiy fikrlashga о‘rgatadi. Bolalarda zehn va idroklilik, mantiqiy fikrlashga о‘rgatish, kuzatuvchanlik va hozirjavoblikni о‘stirish bilan birga kasb-hunarga, mehnatga, tabiatni sevishga qiziqish uyg‘otadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uchun nafaqat nutq о‘stirish mashg‘ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, balki ayni paytda xalq og‘zaki ijodi, bolalar folklori namunalari bilan tanishtirishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Maqsadi. Ijod — xalqning hayot tarzi, taomillashish manbai. Shu yо‘l bilan xalq tabiati va hayoti yuksalib boraveradi. Xalq ijodiga yо‘l berish yuksaltirish demakdir. Unga yо‘l berish uchun esa, avvalo, uni о‘rganish, sо‘ng kerakli tomonlarga yо‘naltirish zarur. Demak, xalq ijodiyotini о‘rganish xalqimizning asrlar davomidagi hayot tarzini, urf-odatlarini, eng yaxshi milliy an’analarni, umuminsoniy ahamiyatga ega bо‘lgan g‘oyalarni о‘rganishdan iborat. Bugungi kunda biz xalq og‘zaki ijodiyotiga mana shunday kо‘z bilan qaragan holda uni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga о‘rgatishimiz, ulardagi ulug‘vor g‘oyalarni ongiga singdirib borishimiz zarur.
Xalq og‘zaki ijodini о‘rganish shunchaki badiiyatni о‘rganish emas, balki ulardagi vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ilm va hunarga kuchli e’tibor, tо‘g‘rilik va rostgо‘ylik kabi jahon xalqlariga, barcha pokdil, chin insonlarga ma’qul bо‘ladigan g‘oyalarni о‘rganish demakdir. Shu sababli maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi nutq о‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar folklori namunalari — ertak va topishmoqlardan foydalanish kerak. Quyida biz tayyorlov guruhi bolalari uchun ertaklar yordamida nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasidan namuna keltiramiz.

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling