Ertaklar Zumrad va Qimmat
Muhammad Yusuf. Lolaqizgʻaldoq
Download 73.33 Kb.
|
Notiqlik San\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz baxtli bolamiz
- Monolog Inson tabiati g`alati.
Muhammad Yusuf. LolaqizgʻaldoqMendan nima qolar: Ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni oʻylayman Oʻzimdan koʻproq – Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq boʻl, ohu, Chunki sen chiroyli, Koʻrkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi boʻlar-u, Yomon odam yaxshi Boʻlmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turibman, Koʻkda ketayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yogʻdirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qoʻl qoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ularni men yana Koʻrarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. Toʻylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan Toʻy koʻrmay oʻlmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Biroq, koʻnglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam toʻladi. Hali toʻylar qilib Charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli boʻladi! Kelinlar koʻylagi Ruhimday oppoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo, Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa havo Yetmaydi, xolos. Tiriklar mudroqda, Oʻliklar uygʻoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Koʻksim kuyib borar, Koʻkrak yonmoqda, Ayting doʻxtirlarga, Yorishsa yorsin! Jism oʻz ulfati – Jondan tonmoqda. Bechora jon endi Qayerga borsin. Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Buni hayot derlar, Unutma aslo, Bir kun ochilasan, Bir kun soʻlasan. Qalbimda-ku, faqat Sen eding tanho, Qabrim ustida ham Oʻzing boʻlasan. Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ayol qalbing bilan Suv kech, olov kech, Gʻam kelsa boshingdan Hushing uchmasin. Xudodan soʻradim: Mendan keyin hech Nomard kimsalarga Ishing tushmasin. Ularning qoʻlida Hamisha tuzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Ishing tushsa, inim Muhammadga bor, Shoirlar ichida Ishonganim shu. Biroz ichishini Aytmasa agar, Koʻksi tiniq bola, Halol bola u. Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Jon soʻnggi boshpana Toparkan ongda, U yurak ostida Derdim men boʻlsam. Ajablanma agar Ertaga tongda Seni oʻpib, Oʻshni Quchoqlab oʻlsam!.. Oʻtinchim – tepamda, Yigʻlama uzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Biz baxtli bo'lamiz Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa Ulargaqo'shilib yig'lasharmidik Biz baxtli bo'lamiz hudo hohlasa Hudo hohlamasa uchrasharmidik Rayhon hidlarini yo'llarimga sep, Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan. Faqat yig'lamagin aybim nima deb Aybingonang seni chiroyli tuqqan. Menga bir tabassum hadya et ey yor Nur tomsin lablaring sohillaridan O'zing ayt senday qiz yana qayda bor Kipriklari uzun kokillaridan Iymanib yashama hayol pinjida Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda G'iybatlarga chida tuxmatga chida Sen axir bittasan yorug' olamda Men esa oshig'ing sening eng g'arib Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi Seni yoningda ham seni qidirib Seni yoningda ham seni kutguvchi Ista tiz cho'kaman hozir oldingda Sevdim sevganimdan uyalmoq nechun Barcha farishtalar senning qalbingda Ijaraga turganqizlar men uchun Biz bo'lamiz hudo hohlasa Hudo hohlamasa uchrasharmidik. Monolog Inson tabiati g`alati. U har doim nimagadir intilib va yana kimnigir kutib yashaydi. Qisqa qilib aytganda, inson yuragining bir cheti hamisha kemtik. Aytishlaricha, dunyo yaralgan vaqtda Olloh Taolo inson hayotini 99 kunini omadsizlik, g`am-tashvish bulutidan va faqat 1 kunigina shodlik bulutidan yaratgan emish. Shuning uchun bo`lsa kerak, inson hayotining juda ko`p kunlari g`am-tashvishlardan iborat. Bu kun yana men yolg`izman. Bu tuyg`u negadir hamisha mening hamroxim. Men undan qutilmoq istayman. Ko`nglimga sevinch, shodlik tuyg`ularini oshno qilay deymanu, lekin yuragimning qat-qatida joylashib olgan g`am-tashvishlar bunga yo`l qo`ymaydi. Beixtiyor, qalbim qa`rida ular bir-birlari bilan jang qiladilar. Ko`pincha g`am-tashvishlarning qo`li baland kelganligi uchun bechora shodliklar ko`zlari yoshga to`lib qachonlardir mening yuragimdan joy olishini umid bilan kutadi. Nogoh qalbimga quloq solaman. U menga o`z tilida nimalardir so`zlaydi. Men uni tushunmoq istayman. Unga tiz cho`kib yalinaman. Qalbim! faqatgina sen meni yolg`iz qoldirma. Bu bemehr, yolg`onchi dunyoda faqat sen mening ishongan mehribonimsan. Negadir shu so`zlarni yozyapmanu, to`yib-to`yib yig`lagim kelyapti. Men bu foniy dunyoda faqatgian bir narsadan qo`rqaman. U ham bo`lsa- mening qalbim o`zimdan yiroqda bo`lishidan. Bunday bo`lmaslik uchun mag`rur yashash lozim! Download 73.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling