Ertaklar Zumrad va Qimmat
Download 73.33 Kb.
|
Notiqlik San\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochko‘zlik qilmang
- Saboq
- Yangi yil archasiga
Tulki bilan xo‘roz
Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi. Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib: — Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? — deb so‘rabdi. Xo‘roz unga qarab debdi: — Nima, yugurib borib seni quchoqlab olaymi? — Ha-da! Hali hech narsadan bexabarmisan? Shoh chor atrofga elchilarni yuborib: «Mening saltanatimda biror odam bolasi, biror jonzot o‘zidan kichkinani xafa qilmasn». Bundan keyin bo‘rilar bilan qo‘ylar bir buloqdan suv ichadilar, lochin bilan kabutarlar bir inda yashaydilar» deb xabar qilishlarini buyuribdi. Qo‘rqmay yonimga tushaver, birga sayr qilamiz. — Jo‘ralar bilan sayr qilish yaxshi, lekin birga emas. Bir oz sabr qil, bu yoqqa shamol kabi uchib kelayotgan hayvonlar yetib kelsin, o‘shanda hammamiz birga aylanamiz, — deb javob qilibdi xo‘roz. — U qanday hayvonlar bo‘ldi ekan? Bo‘rilarga o‘xshaydi, faqat quloqlari bilan dumlari uzunroqmi? — Balki ovchi itlardir? — Ha, ha, topding, xuddi o‘zi! Ovchi itlarni ko‘z oldiga keltiribdi-yu, tulki tiraqaylab qochishga tushibdi. Xo‘roz uning ketidan: — Nega qochib ketyapsan? — deb baqiribdi. — Ovchi itlar bilan chiqisha olmayman. — Hoziigina, shoh barcha jonzot o‘zidan kichikni xafa qilmaslikni buyurgan, demayotganmiding? — Axir ovchi itlar cho‘lga chiqib ketgan edilar, shoh farmonini eshitmagan bo‘lishsa-chi? Meni nimtalab tashlashlari mumkin. Shunday debdi-yu, tulki ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Ochko‘zlik qilmangKuz oxirlab, o‘rmonda o‘t-o‘lanlar siyraklashgach, u yerdagi hayvonlar yemish topishga qiynalib qolibdi. Shunday kunlarning birida Karkidon qorin to‘ydirish g‘amida o‘rmonning ichkarisiga kirib qolibdi. “Voy-bo‘, bu yerda o‘t-o‘lanlar juda serob ekan-ku”. Karkidon tinim bilmay ishlab, anchagina o‘t-pichan jamg‘aribdi. Va tuni bilan uni uyiga tashib olibdi: “Yomg‘ir yog‘ishi ham kechikyapti, o‘t-o‘lanlar qovjirab tamom bo‘lyapti. Bunaqada o‘rmonimizdagi jonivorlarga qiyin bo‘ladi. Ba’zilari ochlikdan nobud bo‘lishlari ham mumkin. Men esa chaqqonligim bois qishligimni g‘amlab oldim. Endi qorin tashvishini qilmay, mazza qilib yashayman”, deb o‘ylabdi u qornini silab uyquga ketarkan. O‘rmonda bir ona kiyik ham yashar ekan. U tongda turib qarasa, qorni ochlikdan surnay chalyapti. O‘rmonda qornini to‘ydiradigan birorta giyoh topolmagach noiloj qo‘shnisi Jirafaning eshigini taqillatibdi. Jirafa uni ochiq chehra bilan kutib olibdi. Kiyik ming xijolat bilan unga maqsadini aytibdi. Shunda Jirafaning uyatdan quloqlari qizarib, ko‘ziga yosh olibdi: – Omborimda biror narsa bo‘lsa jonim bilan berardim, qo‘shni, lekin o‘zim ham kechadan beri tuz totganim yo‘q. Yuring, yaxshisi uyoq-buyoqdan biror yegulik qidirib ko‘ramiz. – Ular yemish qidirib yo‘lga chiqishibdi. Maymunning uyidan o‘tayotib undan ham ovqat so‘rashibdi. U ham o‘zida bitta nonushtaga yetgulik banan qolganini aytib, uzr so‘rabdi. – Yuringlar, qo‘shnimiz Karkidonning oldiga boramiz, kecha darvozasi oldida o‘t-o‘lanlar sochilib yotgan edi, – debdi chehrasi yorishib. Qo‘shnilar ochlikdan sulayib, Karkidonning uyiga yo‘l olishibdi. Eshikni Karkidonning o‘zi ochibdi. – Og‘ayni, iltimos bizga bir siqim xashak ber, – deyishibdi ular. – Shunday yugurik sizlar topolmagan yem-xashakni men topolamanmi?! Anchadan buyon yomg‘ir yog‘mayotganini, o‘rmondagi o‘t-o‘lanlar qurib-qaqshab yo‘q bo‘lib ketganini mendan ko‘ra o‘zingiz yaxshi bilasiz-ku, – debdi u hech tortinmasdan. Ilojsiz qolgan Maymun hamrohlaridan uzr so‘rab uyga qaytibdi. Kiyik va Jirafa esa yana yo‘lga tushibdi. Bir payt ro‘paralaridan bepoyon dengiz chiqib qolibdi. Sohilda Dengiz otini uchratishibdi. – O‘rmonda qurg‘oqchilik. Bahorda ko‘kargan o‘t-o‘lanlarni allaqachon yeb bitirdik, yeyishga bir chimdim o‘t yoki yashil yaproq qolgani yo‘q. Kechadan beri hech narsa yeganimiz yo‘q. Ochlikdan o‘lay deyapmiz, – deyishibdi Dengiz oti bilan salomlashib uning yoniga o‘tirishgach. – Xafa bo‘lmang, biz sizga yordam beramiz, – debdi Dengiz oti va dengizga sho‘ng‘ibdi. Ko‘p o‘tmay, bir quchoq dengiz o‘tlaridan olib chiqib, ularning oldiga qo‘yibdi. – Sizlar bemalol qorningizni to‘ydirib olinglar. Men hozir, – u shunday deb dengizdagi boshqa hayvonlarni ham yordamga chaqiribdi. Ko‘p o‘tmay dengiz toshibdi, ko‘piribdi. Chunki barcha suv hayvonlari quruq-likdagi og‘aynilari uchun o‘t yulishga kirishgan ekan-da. Hash-pash deguncha sohilda suv o‘tlaridan ko‘plab xirmonlar paydo bo‘libdi. Bu orada Kiyik o‘rmonga borib do‘stlarini chaqirib kelibdi. Hamma hayvonlar bu ko‘maklari uchun dengiz hayvonlariga minnatdorchilik bildirib ko‘zlariga yosh olibdi. Keyin o‘zlariga kerakli yemishni uy-uylariga tashib olishibdi. Shu tariqa o‘rmon jonivorlari ochlikdan qutulib qolishibdi. Bir necha kundan keyin shunaqangi yomg‘ir yog‘ibdi-ki, qovjirab yotgan maysalar ko‘karib, o‘rmon yam-yashil o‘tloqqa aylanibdi. Karkidon to‘plab qo‘ygan ozuqalar esa yomg‘irda qolib, chirib, ichida mikroblar paydo bo‘libdi. Karkidon ularni yeb kasal bo‘lib qolibdi. Hayvonlar yomg‘ir yog‘ganini bayram qilish uchun to‘planishibdi. Biroq Karkidon bu bayramda qatnasholmabdi. Hayvonlar uni ko‘rish uchun uyiga borishibdi. – Karkidon, nega bayramga chiqmading, seni rosa kutdik. Sog‘lig‘ing yaxshimi, ranging sal o‘chibroq turibdi, – so‘rabdi Kiyik mehribonlik bilan. Bu g‘amxo‘rlikdan Karkidonning ko‘ngli bo‘shab yig‘lab yuboribdi: – Meni kechiringlar! Sizlar juda yaxshi qo‘shnilarsiz. Men esa qizg‘anchiq va yomonman. Siz och qolganingizda g‘aram-g‘aram o‘tim bo‘la turib bermadim. Faqat o‘zimni o‘yladim, mazza qilib yeb yotmoqchi bo‘ldim. Oqibatda ular yomg‘irda chirib ketdi. “Yemishni ko‘p to‘plab olsam boshqalarga muhtoj bo‘lmayman”, deb o‘ylagandim. Lekin hozir anglab yetdimki, to‘kin-sochinlikda ham, qiyinchilikda ham do‘stlar, yaqinlar hamjihat bo‘lishi kerak ekan, – debdi. Shunda hayvonlar ikkiga bo‘linibdi. Bir qismi Karkidonni tabibga olib boribdi, qolganlari esa uning uyini tozalab, havosini almashtirishibdi. SaboqDilshod bilan Murod qadrdon do‘st. Ular bir sinfda tahsil oladi, birga dars qiladi. Har ishni birgalikda bajarishga intiladi. Ikki do‘st maktab yo‘lakchasidan ketayotgan edi Murodning ko‘zi yerda yotgan pulga tushdi. – Do‘stim, anavi yerda yotgan pulmi? – Qani? – Dilshod u ko‘rsatgan tomonga qaradi-yu, darhol pulni qo‘liga oldi. – 50 ming so‘m ekan. – Zo‘r-ku, – xursand bo‘lib ketdi Murod. – Kel do‘stim, shu pulni menga beraqol, - dedi muloyimlik bilan. – Bu pulni yerdan birinchi bo‘lib men oldim, – zardali javob qaytardi Dilshod. – Shuning uchun bu meniki bo‘lishi kerak. – Ammo uni birinchi bo‘lib men ko‘rdim, agar aytmaganimda olmagan bo‘larding. Dilshod qarasa Murodga pulni bermasa, orasi buziladi. – Yaxshisi, bu pulga darsdan keyin shirinlik olib birga yeymiz, – murosa qilmoqchi bo‘ldi u. – Menga hozir shirinlik yeyish mumkin emas, – qovog‘ini uydi Murod. – Tomog‘im og‘riyapti. – Unda shirinlikni uylaringga olib borib ukalaringga berasan. – Bo‘lmaydi, ota-onam pulni qayerdan olding desa, nima deb javob qaytaraman?! – Unda do‘konga kirib, pulni maydalaymiz. Senga 20 ming so‘m beraman. – Nega endi menga 20 ming, – jahli chiqdi Murodning. – Pulni teng ikkiga bo‘lamiz... Ikki do‘stning tortishuvi janjalga aylandi. Hatto mushtlashishgacha borib yetdi. Yaxshiyamki, ona tili o‘qituvchisi Muazzam opa kelib qoldi. Ikkisidan janjal sababini so‘radi. Murod boshini eggancha jim turaverdi. Dilshod esa do‘stini ayblamoqchi bo‘lib, so‘z ochdi-yu tilidan ilindi. Oxiri ustoziga janjal sababini aytib berishga majbur bo‘ldi. Muazzam opa ularning qo‘lidan pulni olar ekan: – Qayerdan pul topib olsangiz ham darhol egasiga qaytarishga harakat qiling, – dedi ustoz. – Bu pulni esa maktabdan topib olganingiz uchun, sinf rahbaringiz yoki maktab ma’muriyatiga yetkazishingiz kerak edi. Odob-axloqli bolalar albatta, shunday qiladi. Unutmang, birovning puli hech qachon buyurmaydi. Muazzam opa o‘qituvchi va o‘quvchilardan pulning egasini so‘rab-surishtirdi. Dastlab pulning egasi topilmadi. Ko‘p o‘tmay, o‘quvchilardan biri matematika fani o‘qituvchisi Nargiza opa bolalardan “Pul topib olmadilaringmi?” deb so‘rab yurganini aytdi. Muazzam opa unga pulini qaytardi. – Pulingizni 6-sinf o‘quvchilari Hakimov va Azimov topib olishgan ekan. Mening qo‘limga tutqazishdi, men esa sizga. Ko‘p o‘tmay Murod va Dilshodning sinfiga matematika o‘qituvchisi kirib keldi. – Sizlarga katta rahmat, – dedi Nargiza opa. – Sizlarni halol va insofli qilib tarbiyalagan ota-onangizga ming rahmat! Qolaversa, sizlarga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarga ham tashakkur. Birovning haqiga xiyonat qilmaydigan mard bolalar ekansiz. – Rahmat, – deyishdi Murod bilan Dilshod baravariga va bir-birlariga xijolatli qarab qo‘yishdi. Bu voqea ular uchun umrbod saboq bo‘lib qolishi aniq, albatta. Yangi yil archasiga-Erkin VohidovBuncha ham chiroylisan, Yam-yashilsan har qachon! Yangi yilning ko‘rkisan, Sevimlisan, archajon. Qish boboning uyida Aziz mehmon — ko‘klamsan. Bugun uning to‘yida Ayniqsa soz — ko‘rkamsan. Ko‘ylagingga juda ko‘p Zar tugmalar taqilgan. Shoxlaringda qizil, ko‘k… Lampochkalar yoqilgan. Bo‘yim yetmas shoxingga, Lekin, ey archajonim! Tabelimda bor senga Atab tizgan marjonim! Senga deb tizgan marjon A’lo baholarimdir. Kel, taqib qo‘yay, archam, Shoxlaringni egib tur. Download 73.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling