Ёруђлик ќаљидаги таълимот ва геометрик


Yorug’likning to’la ichki qaytish qodisasi


Download 0.64 Mb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1539171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
лекция 3

Yorug’likning to’la ichki qaytish qodisasi.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan yorug’likning sinish qonunidan ko’rinadiki, ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatgich qiymatiga qarab sinish burchagining qiymati tushish burchagining qiymatidan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, tushish burchagining o’zgarishi bilan singan nur normalga yaqinlashishi yoki normaldan uzoqlashishi mumkin.
Agar yorug’lik nuri optik zichligi kichik muhitdan optik zichligi katta muhitga tushsa singan nur normalga yaqinlashadi, aks holda esa ya’ni yorug’lik nuri optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga tushsa singan nur normaldan uzoqlashadi va tushish burchagining ma’lum bir qiymatidan boshlab nur ikkinchi muhitga o’tmasdan to’laligicha birinchi muhitda qaytadi. Mana shu hodisaga yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasi deyiladi.

1


2

To’la ichki qaytish hodisasi bo’lish uchun quyidagi ikki shart yuajarilishi kerak.



  1. Yorug’lik nuri optik zichligi katta muhitdan optik zichligi kichik muhitga tushishi kerak.

  2. Tushish burchagini qiymati chegaraviy burchak qiymatidan katta bo’lishi kerak.

Chegeraviy burchak deb sinish burchagi 900 teng bo’lgandagi tushish burchagiga aytiladi.
Ta’rifga asosan 1-rasmdan ko’rinadiki, bo’ladi va bo’lgan vaqtda to’la ichki qaytish hodisasi bo’ladi. Sinish qonuniga asosan
(1)
bo’ladi u vaqtda
(2)
yoki yuqorida aytilganga asosan edi u holda (2) ni quyidagicha yozish mumkin.
(3) bundan (4)
hosil bo’ladi.
Yorug’likning to’la ichki qaytish hodisasidan turli optik asboblarda foydalaniladi (durbin, mikroskop, refraktometrlarda va h.k).
Yorug’likning o’tkazgichlari
Yorug’likning to’la ichga qaytish hodisasidan foydalanib uning energiyasini va jism tasvirini uzoq masofaga uzatish mumkin.




2 - rasm
Ana shu maqsad uchun yorug’lik o’tkazgichlari xizmat qiladi. Yorug’lik o’tkazgichlari ingichka va buklangan tola shakliga ega bo’lib, sindirish ko’rsatkichi kichikroq bo’lgan a) qobiq va sindirish ko’rsatkichi kattaroq bo’lgan b) magiz qismlardan iborat bo’ladi.
Yorug’lik o’tkazgichlarida yorug’lik nurlari tola devorlariga chegaraviy burchakdan kattaroq burchak ostida tushadi. Yorug’likning ana shunday tushishi natijasida tola devorlarining ichki yuzasidan yorug’likning to’la ichki qaytishi sodir bo’ladi va tolaga tushgan yorug’lik uning oxiridan chiqadi, mana shuning uchun ham ushbu tolalardan yoritilishi qiyin bo’lgan joylarni yoritishda foydalaniladi.




3-rasm

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling