Eshitildi: mmibdo` mexmonova j axboroti Ushbu o`quv yilida maktabning 1-sinfiga nafar o`quvchi qabul qilindi. Bulardan nafari 6,5 yoshlilar. Psixolog axboroti


Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi


Download 0.93 Mb.
bet10/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1340875
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
bayonnoma 1 sinf (1)

Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo’lmasligi, yordamchi tahsirga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.Yoki ona-ota yoshligida egallay olmagan, armon bo’lib qolgan kasbga farzandini yo’naltirishi ham noto’g’ri. Farzand – alohida shaxs va uning o’z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo’lgan xohishlar uchun qurbon bo’lmasligi kerak.
Oilaviy anhanalarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo’lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto’g’ri.
Umumiy xulosa qiladigan bo’lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila ahzolaringiz, do’stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o’zingizga qaysi kasb ko’proq mos kelishi haqida so’rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko’proq mahlumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo’lgan yo’nalishlar haqida ma’lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To’plagan ma’lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo’lsa, kasb tanlash bo’yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
Muvaffaqiyatli odamlar kabi o'ylash
Muvaffaqiyatli odamlar ijobiy. Qanday bo'lmasin, ular doimo hayotdan zavqlanishadi. Ular deyarli hamma narsada yaxshilik topishni bilishadi. Ular bilan muloqot qilish har doim yoqimli, chunki ular tabassum va do'stona. Bunday odamlar tom ma'noda o'zlarining ijobiy tomonlari bilan yuqadilar.
Muvaffaqiyatli odamlar xatolardan qo'rqmaydi, chunki ular faqat hech narsa qilmagan odam xato qilmasligini tushunishadi. Xatolar tajriba beradi, va tajriba eng qimmat yutuqdir.
Muvaffaqiyatli odamlar hech qachon o'zlarining harakatsizliklari uchun bahona izlashmaydi. Uzrlarning hech kimni qiziqtirmasligini ular yaxshi bilishadi. Faqat natija muhim.
Muvaffaqiyatli odamlar o'z maqsadlariga erishishda qat'iydirlar, har qanday qiyinchilikni muammo sifatida emas, balki hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar sifatida qabul qiladilar.
Muvaffaqiyatli odamlar javobgarlikdan qo'rqmaydi. Ular o'zlarining qarorlarini qabul qiladilar, hatto bu qarorlar boshqalarning qarorlariga zid bo'lsa ham.
Muvaffaqiyatli odamlar eng yaxshi sarmoya o'zlariga, ularning rivojlanishiga, ta'limiga, sog'lig'iga sarmoya kiritishini biladilar.
Ko'rib turganingizdek, bularning barchasi muayyan vaziyatga, hayotning o'ziga bo'lgan munosabatga bog'liq. Ijobiy o'ylab ko'ring. Hayotda tabassum qiling - va hayot albatta sizga ham kulib boqadi!
HAYOT FALSAFASI
Baxt - o‘zimizda. Biz tashqaridan qo‘llab quvvatlash va yupanch izlash uchun juda ko‘p vaqtimizni sarflaymiz. Va har doim boshqa joydan izlaganimiz ma’lum bo‘ladi. Qalbingizga boqing
Hammasi uchun minnatdor bo‘ling. Yaxshisi uchun, yomoni uchun, dahshatlisi uchun. Hayot bor holicha - eng bebaho tuhfa. Quvonch va qayg‘u esa, yo‘lning bir qismi
Qabul qilish usulingizni o‘zgartiring - va hayotingiz o‘zgaradi. Qo‘rquv, qahr, gina his qilganingizda, shunchaki, vaziyatga boshqa tarafdan qarab ko‘ring
O‘zingizga sodiq qolgan holda hammani baxtli qilishning iloji yo‘q. Lekin, baribir, aslingni yashirish orqali boshqalarga yoqishdan ko‘ra, tavakkal qilib boshqalarga tushunarsiz bo‘lish yaxshiroq
Atrof olam - bu ko‘zgu. Biz boshqalarda nimani yaxshi ko‘rsak - o‘zimizning undagi aksimizni yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz. Boshqalarda bizni qayg‘uga soladigan narsa, o‘z-o‘zimizda diqqatimizni qaratishimiz lozim bo‘lgan jihatdir.
O'ZINGIZNI HURMAT QILING.
O'zingizni birinchi navbatda hurmat qiling, chunki bu qoida bo'lmasa, qolganlari shunchaki kuchsizdir.
Bizga loyiq bo'lmagan odamlar uchun o'zimizni qiynoqqa solamiz va o'zimizni yo'q qilamiz.
Biz tushkunlikka tushdik. Ammo nima uchun? O'zingizni va his-tuyg'ularingizni hurmat qilishingiz kerak. Kimningdir orqasidan yugurmang. Biror kishiga qanday munosabatda bo'lishingizdan qat'iy nazar, Hech qachon o'zingizni xo'rlashingizga yo'l qo'ymang. Agar sizga javob kelmasa, unda kutmang!
Unutmangki, u sizni emas, balki uni sevadigan odamni yo'qotadi. Siz shunchaki hech narsani yo'qotmaysiz. Haqiqatdan ham qadrli odamlar uchun his-tuyg'ularingizni saqlaganingiz yaxshi.
Ertami-kechmi, o'zingiz bo'lmaganingizdan o'zingiz charchaysiz. Hohlagan inson- sizni o'zingiz kabi qabul qiladi.
Istamaganingiz bilan - xayrlashing va davom eting.
Unutmangki, bu hayot unga achinish uchun kerak emas. Bizga buyurilgan narsa biz bilan bo'ladi.
6 SOAT DAVOMIDA DUNYO TAQDIRINI QO‘LIDA TUTGAN ANDIJONLIK JARROH
1946 yili 2 aprelda Andijon shahrida ziyoli o‘qituvchilar oilasida dunyoga kelgan Renat Akchurin shu shaharda 1-sonli o‘rta maktabni tamomlaydi. 1964 yili esa Andijon Davlat Tibbiyot Institutiga o‘qishga kiradi. Istedodli talaba 1968 yildan boshlab Moskva shahridagi Sechenov nomidagi Birinchi Tibbiyot Institutida o‘qishni davom etadi. 1971 yili oliygohni tamomlagan Renat Akchurin, 1975 yilga qadar Moskvadagi shifoxonalarda jarroh bo‘lib ishlab, o‘z malakasini oshirib bordi.
1984 yili AQSHning Xyuston shahrida joylashgan mashhur xirurg Maykl Debeyki klinikasida amaliyot o‘tab qaytadi. Hozirgi kunda Moskvadagi Myasnikov nomidagi Kardiologiya markazida faoliyat olib borayotgan Renat Akchurin 1982 yil sobiq ittifoq Davlat mukofoti hamda 2001 yil Rossiya Davlat mukofoti laureati, Hurmat ordeni, uchinchi darajali Burgut ordeni, Peru hukumati tomonidan berilgan Komandor ordeni hamda Zotari Interneshnl nodavlat notijorat tashkilotining Pol Xarris nomidagi halqaro ordeni nishondoridir. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kuni kecha Renat Akchurinni Rossiyaning davlat mukofoti “Do‘stlik” ordeni bilan shaxsan taqdirladi. 
Renat Akchurin faoliyatining eng yuqori nuqtasi – 1996 yili 5 noyabrda Rossiyaning sobiq Prezidenti Boris Nikolaevich Yelsinning yuragini operatsiya qilgan olimlar guruhiga rahbarlik qilganidir. Rossiyaning sobiq Prezidenti Boris Yelsinning yuragini muvaffaqiyatli operatsiya qilib, olamga tanilgan Renat Akchurin istehdodlarga boy ona yurtimiz – O‘zbekistonda tavallud topib, voyaga yetganini hamma ham bilavermaydi.
Asli andijonlik bo‘lgan, tibbiyot olamining eng buyuk darg’alaridan biri Renat Akchurin hayot taqozosi bilan Moskvaga ko‘chib o‘tgan va asosiy ilmiy hamda amaliy faoliyati u yer bilan boғliq. Lekin Renat Suleymanovich hali ham o‘z tug’ilib o‘sgan yurtiga, saxovatlarga boy O‘zbek tuprog’iga, mehr-oqibatli halqimizning qaynoq taftiga chuqur ehtirom bilan qaraydi.
КITOB-MUVAFFAQIYAT VA SAODAT ESHIKLARINI OCHUVCHI KALITDIR.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling