Eshitildi: mmibdo` mexmonova j axboroti Ushbu o`quv yilida maktabning 1-sinfiga nafar o`quvchi qabul qilindi. Bulardan nafari 6,5 yoshlilar. Psixolog axboroti


O`zingiz nazorat qila oladigan narsalarga e'tibor qarating


Download 0.93 Mb.
bet14/20
Sana07.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1340875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
bayonnoma 1 sinf (1)

O`zingiz nazorat qila oladigan narsalarga e'tibor qarating. Inson to`siqqa uchraganda ehtimol, vaziyatni o`zgartirish uchun ko`p muvaffaqiyatsiz urinishlar qiladi. Urinishlar shu qadar ko`p bo`lganki, boshqa harakat qilgisi kelmay qoladi va biror narsani o`zgartira olishiga boshqa ishonmaydi. Inson o`zining nazorati ostidagi narsalarni izlash va shunga e'tibor qaratishi nochorlikka qarshi eng samarali kurash usullaridan biri. Bunday holatda insonlarga hayolan bo`lsa ham hayotidagi o`zi boshqarishi mumkin bo`lgan narsalar haqida ko`p o`ylab ko`rishi tavsiya etiladi. Chunki bu vaziyatda o`z kuchiga bo`lgan ishonch shuncha tez qaytadi. U bilan birga esa qiyinchiliklarni yengib o`tish uchun zarur bo`lgan iroda ham.
Sizni tushunadigan insonlar qurshovida bo`lish. Insonlar uchun atrofdagi o`ziga yaqin odamlarni yig`ish murakkab vaziyatda qolganda qilishi mumkin bo`lgan eng muhim narslardan biri. Bu vaziyatda insonga ularning mehr-muhabbati zarur. Inson o`zini ahamiyatli his qilishi uchun avvalo, ular haqida qayg`urishi kerak. O`ziga ishongan odamlardan haqiqat va maslahat tinglashi uchun unga ularning haqqoniyligi zarur. Ularning sizni tushunishi, qanday bo`lsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari, agar qandaydir sabablarga ko`ra, bunday odamlar yo`q bo`lsa, hozir miyadan o`tayotgan qiyinchiliklarga duch kelgan boshqa kishilarni jalb qilish muhim. Ular qiyinchilikni yengib o`tishga yordam beruvchi zarur tavsiyalar berishadi.
Kechirimli bo`lish - shunday bo`ladiki, murakkab davrning muayyan bir aybdori bo`ladi. "Agar u bo`lmaganida, hammasi rejadagidek ketayotgan bo`lardi!", - deb o`ylaydi va shu inson(yoki narsa)ga nisbatan nafrati oshadi. Bu tabiiy, biroq buzg`unchi reaksiya: siz vaziyatdan chiqish yo`lini o`ylash o`rniga salbiy jihatlarga diqqatni qarating. Mayli, bunga inson yoki narsa-buyum, hodisa haqiqatda aybdor bo`lsin, biroq...o`ylab ko`ring! Egningiz jiqqa xo`l bo`lgani sabab yomg`irga jahl qilmaysiz-ku! Yoki soyaboningizni sindirgan shiddatli shamoldan qasd olasizmi? Yo`q, siz imkon qadar tezroq uyga yetib olishga harakat qilasiz, keyin issiq choy ichib, singan soyabonni to`g`irlaysiz yoki yangisini sotib olasiz. Bu yerda ham shunday. Aybdor- imkon qadar tezroq ortda qoldirish kerak bo`lgan "tabiiy ofat".
O`zini ayblash. Og`ir damlar hammada bo`ladi. Biron inson o`zini yomon deb ayblayotgan bo`lsa, u aslida yomon emas, bu shunchaki har bir inson hayotining ajralmas qismi bo`lgan "qora chiziq". Albatta, har bir insonning hayotidagi qiyinchilik o`ziga xos bo`ladi. Sizga aynan shunisi to`g`ri keldi. U bu insonni naqadar yomonligini tasdiqlovchi dalil emas, sharaf bilan yengib o`tish kerak bo`lgan sinov sifatida qabul qilinishi kerak. Oqil inson hatto eng razil dushmaniga ham ziyon yetkaza olmaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling