Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
Rentgenologik tekshirish
CHakka suyakni rentgenologik tekshirish – LOR tekshirish amaliyotida keng qo„llanadigan, etarlicha ma‟lumot beradigan tekshiruv. Uning yordamida patologik jarayonning lokalizatsiyalanishi va tarqalishi to„g„risida, ko„p xollarda esa kasallik xarakteri to„g„risida ham fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari quloq tuzilishining anatomo-topografik xususiyatlari (sigmasimon sinusning joylashishi, tashqi va ichki eshitish yo„lining kengligi, o„rta va ichki quloqning tuzilishi va h.k.) to„g„risida ham fikr yuritish imkoni mavjud. CHakka suyagi rentgenografiyasi va tomografiyasining ko„pgina usullari mavjud bo„lib, ular o„zaro markaziy nurning yo„nalishi bilan farq qiladi. Biroq ko„proq chakka suyakning yon tomondan, qiyalashgan va aksial proeksiyasidagi rentgenografiya kifoya qiladi (SHyuller, Stenvers va Mayer usullari). O„rta quloqning surunkali shamollashi va uning ko„p xollardagi asorati bo„lgan – xolesteatomaning rentgendiagnostikasi katta ahamiyatga ega. Bunda rentgendiagnostikaning qiyinchiligi o„rta quloqning kichik tuzilmalari, odatda xolesteatoma bo„shlig„ining kichikligi va joylashishi (ko„pincha nog„ora ustidagi bo„shliqda) bilan bog„liq bo„ladi. Rentgenologik jihatdan xolesteatoma bo„shlig„i intensivligi bo„shliq kattaligi va lokalizatsiyasiga bog„liq bo„lgan, strukturasiz yorug„lik alomatlari bilan xarakterlanadi, epitimpanitlar uchun patognomik bo„lib esa attikning lateral devori yaxlitligining buzilishi (destruksiyasi) hisoblanadi. Quloqning xavfsiz va xavfli shishlarida rentgendiagnostika katta ahamiyatga ega. So„ngilari yaqqol namoyon bo„lgan suyak destruksiyasi uchastkalari mavjud bo„lgan osteoparoz alomatlari bilan xarakterlanadi. Quloq jarohatlarida ham rentgenodiagnostika muhim ahamiyatga ega. U sinish va darz ketishlarning xarakteri va uzunligi, begona predmetlarning mavjudligi va lokalizatsiyasi haqida ma‟lumot beradi. So„nggi yillarda chakka suyagini rentgenologik tekshirishning yaxshiroq usuli – kompьyuter tamografiyasi tobora kengroq qo„llanmoqda. Bu usul inson tanasining istalgan joyida ko„ndalang kesimining tasvirini olish va vrachga alohida a‟zolarni yoki ularning bir qismini ko„rsatish imkonini beradi, rentgenologik tekshirish ma‟lumotlari bo„yicha esa ular haqida faqat vositali belgilar orqali xulosa chiqarish mumkin. Kompьyuter tamografiyasi negizida ma‟lum qonuniyat yotib, unga ko„ra ob‟ektning obrazini uning proeksiyalari to„plami bo„yicha aniq hosil qilish mumkin. Usulning mohiyati shundan iboratki, rentgen nurlarining tutami organizmning tekshirilayotgan qismiga turli ko„psonli yo„nalishlardan tushiriladi va tekshirilayotgan qatlam atrofida qadamba-qadam aylantiriladi. Inson organizmining a‟zolari va to„qimalari rentgen nurini bir tekis yutmaydi va binobarin turli yutish koeffitsientiga ega, shu bois sog„lom va patologik to„qtimalar uchun mazkur koeffitsientlarning nisbati bo„yicha patologik jarayonning mavjudligi to„g„risida xulosa chiqarish mumkin. Vizual tasvir uchun EHM televizion qurilma ekraniga tekshirilayotgan qatlamning har bir nuqtasi rentgen nurini yutish qiymatini chiqarib beradi, bu yorug„likning tegishli gradatsiyasi ko„rinishida aks ettiriladi. Vestibulyar analizator faoliyatini tekshirish Vestibulyar analizatorni tekshirish maksad vestibulyar analizatorni funksiyasini xolati xarakteri, darajasi va tuzilishi sababini aniklamasdan iborat. Vestublyar apparat vestublyar yadro va o„ztkazuvchi yo„llar orqali miyacha, orqa miya, ko„z muskullari xarakat nerv yadrosi, vegativ nerv sistemasi, bilan bog„liq. SHu sababli vestublyar apparat ekspermental qo„zg„atilganda yoki vestublyar apparati kasalliklarda bir kator somatik, vegativ reflektorlar va sensor reaksiyalar ( bosh aylanishi, bo„liminr chizmasi tuzilish) kelib chikadi. Klinikada ko„z muskullari ( nistagm – ko„z aylanmasini ritimi qimirlashi somatik refleksini baxolash muxum axamiyatga ega. Vestublyar funkatsiyani tekshirish sponton vestibulyar rekatsiyalar va simptomlari shu bilan birga vestublyar appartini ekspermental qo„zg„atilagndagi buzili subektiv belgilari ( bosh aylanishi ko„ngil aynashi) va ob‟ektiv simptomlar ( nistagm, muvozanat buzilish) bilan namoyon bo„ladi. Doimiy subektiv xissiyotlaridan biri bu bosh aylanmasidir. Vestublyar apparat qo„zg„atilishi yoki kaslligiga chikarilgan bosh aylanmasiga vektoriyaning yunaltirishlik) xarakterlik Bemorlar ba‟zan belgilangan yo„nalishda atrofdagi buyumlarni aylanishini ( o„ngdan chapga, chapdan o„nga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga) ko„tariladi. Ba‟zan bemorga o„zi o„qi atrofida aylanayotganday bo„ladi. Bosh aylanishi bemor o„z holatini o„zgartirganda ( turmoqchi bo„lganda ) kuchayadi , tinch holatda, sog„ quloq tomonga yonboshlab yotganda esa bosh aylanishi kamayadi. Bosh aylanishiga shikoyatlar quyidagi kasalliklarda ( hafaqon kasalligida bosh miya qon aylanishi buzilishi va hokozo) ham uchraydi ammo vektoriallikka ega bo„lmaydi bemorlar ko„z qorong„ulashishiga va boshga quyilishga o„xshagan sezgi paydo bo„ladi. Labirintitli bosh aylanishlar bemorlar tomonidan aniq va konkret tushuntiriladi. Vegetativ buzilishlar. Vestibulyar funksiyani buzilishi ko„ngil aynishi qayt qilish taxikardiya yoki bradikardiya qon bosimini o„zgarishi ter ajralishini kuchayishi yuz teri va boshqa teri qatlamlarini oqarib yoki qizarib ketishi kabi ko„rinishidagi vagosimpatik (vegetativ ) buzilishlar bilan birga kechadi. Bo„ ko„rinishlar vestibulyar nervni qo„zg„alib keyin qo„zg„alishni adashgan nerv yadrolariga uzatilishi bilan tushuntiriladi. Spontan nistagm vestibulyar apparat kasalliklarini muxim va ob‟ektiv simptomi hisoblanadi. Labirintli nistagm markaziy kelib chiqqan nistagmdan ko„z olmasini ikki fazali ritmik tebranishi bilan ajralib turadi. 1 faza- ko„z olmasini bir tomonga sekin og„ishi 2faza- ko„z olmasini oldingi holatiga tez qaytishi SHu yo„sinda labirintli nistagmda ikki komponent farqlanadi: sekin va tez komponent Nistagmni kuzatganda tez komponent yaxshi ko„rinadi,sho„nga qarab nistagmni yo„nalishi aniqlanadi.Nistagm hosil bo„lishi quyidagicha tushuntiriladi . Normal holatda ikkala labirint ko„z nervini harakatlantiruvchi yadrolariga ularni tonusini bir xil ushlab turish uchun bir xil kuchdagi tonik impulьslar yuboradi. Bir labirintni kuchsizlanishi yoki qo„zg„alishi yuqoridagi muvozanatni buzadi va natijada ko„zni harakatlantiruvchi muskullar tomonidan reyaksiya sifatida ko„zni biri tomonga og„ishi kuzatiladi. Sekin komponentli nistagm labirintni qo„zg„alib ko„zni harakatlantiruvchi nervga reflektor o„tkazilishi bilan tushuntiriladi. Boshlang„ich holatdan ko„zni olmasini og„ishi markaziy javob reyaksiyasini chaqiridi va ko„z tezda oldingi holatiga qaytadi --- tez komponent. Ko„z olmasini tebranishini sekin va tez fazalari birin –ketin almashib turadi ya‟ni qo„zg„algan bir labirint ikkala ko„z harakatlantiruvchi yadrolariga boradigan impulьs muvozanat buziladi. Labirint qo„zg„alganda spontan nistagm kasal tomonga yo„naladi. Labirint kuchsizlantirilganda sog„ tomonga yo„naladi. Spontan nistagmni tekshrish Tekshrilayotgan shaxsga shifokor 50 sm masofadan ko„rsatgich barmog„iga qarashni so„raydi. SHifokor barmog„ini bir tomondan ikkinchi tomonga tanaffus bilan o„zgartiradi keyin tepaga va pastga. Barmoqni 45 gradusda ko„rsatish tavsiya etilmaydi sababi bir necha xil nistagmoid o„zgarishlar paydo bo„lishi mumkin. Nistagmni farqlari: 1 Tekisligi bo„yicha- ko„z olmasini tebranishi gorizontal vertikal va rotator bo„ladi. Nistagm tekisligi yarim doira kanal tekisligiga mos kechadi. Vestibulyar apparat zararlanganda asosan gorizontal nistagm kuzatiladi. 2 Yo„nalishi bo„yicha-o„ngga, chapga, yuqoriga, pastga. 3 Kuchi bo„yicha I II III daraja I – daraja nistagm tez komponenti tomonga qaraganda nomoyon bo„ladi. II daraja –nistagm to„g„riga qaragan paytda ham nomoyon bo„ladi. III – daraja nistagm sekin komponent tomonga qaraganda nomoyon bo„ladi. 4 Amplitudasi bo„yicha yirik o„rta kichik . Ko„pincha vestibulyar nistagm o„rta amplitudali bo„ladi.(ko„z olmasini tebranishi 4-5 mm). Muvozanat va yurishni spontan buzilishi. Bu buzilishlar bosh aylanishi va qo„l – oyoq tana muskullari tomonidan reaktiv harakatlar yo„li orqali muvozanatni saqlashga intilish bilan bog„liq. Muvozanat buzilishini birdan nomoyon bo„lgan formasi bir tomon labirintni birdan zararlanishi natijasida kelib chiqadi natijada bemor nistagmni sekin komponenti tomoniga yiqiladi. Boshni holati o„zgarganda yiqilish yo„nalishi ham o„zgaradi. O„ng tomonlama nistagmda bemor chap tomonga og„adi. Agar bemor boshini chapga 90 C ga burib qo„ysa nistagm oldinga yo„naladi va bemor orqaga yiqiladi. Romberg holatida chidamlilikni aniqlash. Vestibulyar apparat patologiyasida spontan nistagmni sekin komponenti tomonga yiqilishi kuzatiladi. Boshni holatini o„zgartirish ya‟ni burishi bemorni og„ish yo„nalishini o„zgartiradi. Markaziy zararlanishdagi (m-n miyacha ) Romberg pozasidagi yiqilish boshni holatini o„zgartirganda yiqilish yo„nalishini o„zgaritirmaydi. Ramberni oddiy sinamasini qiyin variantni xam ushlash mumkin bunda qo„llar uzaytiriladi.( Saldbyut usul) yoki tovonni bir birini izidan ko„ymaslik ( tandem usuli). Alangali yurish. Bemor shifokorga yuzma –yuz ko„z yumolok xolda turadi yonboshga karab xarakat qiladi o„nga va chapga vestublyar bajariladi lekin miyaga zararlashnishda abssess zarrarlangan tomonga xarakat qiyinlashadi yoki qila olmaydi. Bemorni ko„rsatuvchi sinamasi. Tekshirilayotgan shifokorga qarama – qarshi tomonga o„tiradi qo„lini uzatgan xolda qo„l kaftini tizzasiga qo„ydi ko„rsatkich barmoqdan tashkari xamma bormoqlarni bukadi keyin qo„lini tirsak bo„g„imda bukmagan xolatda ko„tarib ko„rsatgich barmoq bilan uzatib turgan shifokaorni ko„rsatkich barmog„iga tegishga xarakat qiladi. Birinchi ko„zi ochiq keyin esa ko„zi yumiq xolatda bajariladi. Vestublyar apparat zarrarlanishda bemor ikkala qo„li bilan sekin kompanetini nistagm tomon adashadi, miyaga zararlanishda esa zarrarlangan tomonda bitta qo„lida adashadi. Barmoq burun sinamasi. Bunda bemor asta sekin xarakat bilan tizzasidan boshlab ko„rsatgich barmog„i burun uchini to„g„ri ko„rsata olishi kerak. Bu sinama oldin ko„zi ochik xolda keyin yumilgan xolda navbat galma- gal qilinadi. Bunday xolatlar xam xuddi ko„rsatuvchi sinamadek boholanadi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling