Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHvabax (Sch) tajribasi – tovushning suyak orqali qabul qilinish davomiyligini o„zgartirish
- Jelle (G) tajribasi
Veber tajribasi (W):
Jaranglab turgan kamertonni, uning oyog„i bosh o„rtasida joylashadigan qilib tekshirilayotgan shaxsning tepa bosh suyagiga qo„ying. Kamerton branshlari frontal tekislik bo„ylab, ya‟ni o„ng quloqdan chap quloqqa qarab tebranishi kerak. Norma xolatda tekshirilayotgan kamerton jaranglashini bosh o„rtasida yoki ikkala quloqda bir xil eshitadi (norma ←W→). Tovush o„tkazuvchi apparatning bir tomonlama kasallanishida tovush kasal quloqqa laterallashadi (masalan, chapga:W→), bunda tovush qabul qiluvchi apparatning bir tomonlama kasallanishida esa tovush sog„lom quloqqa laterallashadi (masalan o„ng quloqqa: ←W). Quloqlarning turli darajada va turli xarakterda ikki tomonlama kasllanishida tajriba natijalarini turli omillarga qarab baholash kerak. SHvabax (Sch) tajribasi – tovushning suyak orqali qabul qilinish davomiyligini o„zgartirish Jaranglab turgan kamertonni tekshirilayotgan shaxsning tepa bosh suyagiga yaqinlashtiring va uni bemor eshitishdan to„xtagunicha ushlab turing. So„ng (eshitish qobiliyati normal bo„lgan) tekshiruvchi kamertonni o„zining tepa bosh suyagiga qo„yadi, agar u kamertonni eshitishda davom etayotgan bo„lsa, u xolda tekshirilayotganda o„tkazilayotgan SHvabax tajribasi qisqartiriladi, agar u ham eshitmayotgan bo„lsa, u xolda tekshirilayotgan shaxsda o„tkazilayotgan SHvabax tajribasi normal. SHvabax tajribasining qisqarishi tovush qabul qilish apparatining kasallanishida kuzatiladi. SHu tarzda tajriba har bir quloqda o„tkaziladi: kamerton so„rg„ichsimon o„simta maydonchasiga qo„yiladi. Jelle (G) tajribasi: Jaranglab turgan kamertonni so„g„richsimon o„sitmaga yaqinlashtiring va bir vaqtning o„zida voronka yordamida shu quloqda havoni zichlashtiring. Eshitish qobiliyati normal bo„lgan kishi havoning kompressiyalanishi vaqtida qabul qilishning pasayganini sezadi (Jele tajribasi ijobiy), bu stremyaning oval darcha tubiga bosishi oqibatida tovush o„tkazish tizimining qo„zg„aluvchanligining yomonlashgani sababli bo„ladi. Stremya qo„zg„almas (otoskleroz) bo„lganda tashqi eshitish yo„lida havo zichlashtirilganda tovushni qabul qilishda hech qanday o„zgarish sodir bo„lmaydi (Jelle tajribasi salbiy). Tovush qabul qiluvchi apparat kasallanganda xuddi normadagi kabi tovush pasayishi sodir bo„ladi, ya‟ni Jelle tajribasi ijobiy bo„ladi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling