Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish


Download 355.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana28.12.2022
Hajmi355.24 Kb.
#1071195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 1

d) agar bemor 6 m masofadan eshitmasa, tekshirayotgan kishi uning oldiga, u eshita 
boshlagunicha 1 m dan yaqinlashgan xolda so„zlarni takrorlaydi; 
e) ushbu tekshiruvning miqdoriy ifodasi bemor shivirlab aytilgan so„zlarni eshita boshlagan 
masofani belgilovchi metrlarda belgilanadi; 
j) so„zlash nutqi bilan tekshirish ham xuddi shu usulda o„tkaziladi. Agar bemor quloq 
chanog„i (suprasi) oldida aytilgan so„zlarni eshitmasa, u xolda tekshiruv chanoq oldida baqirish 
bilan o„tkaziladi (ixtiyoriy so„zlar). 
Kamertonlar bilan tekshirish 
Bu tekshirish quloq og„irligini differensial diagnostikalash maqsadida o„tkaziladi. Bu usul 
sof tovushlarning havoda va suyakdan o„tuvchanligiga asoslangan qabul qilishlarni 
solishtirishga asoslangan. Tekshirishni keng chastotali diapazonda o„tkazish imkonini beruvchi, 
kamertonlarning maxsus to„plamlari mavjud. Biroq kundalik amaliyotda qo„llash uchun faqat 
ikkita kamerton: past (sekundiga 128 ta tebranish – S
128
) va baland (sekundiga 2048 ta tebranish 
– S
2048
) kamerton kifoya. Har bir kamerton pasportiga, ya‟ni sekundlarda ifodalangan, otologik 
sog„lom kishilar tomonidan qabul qilinadigan vaqt to„g„risidagi ma‟lumotga ega bo„lishi kerak. 
Havo o„tkazuvchanligini tekshirish: 


Havo o„tkazuvchanligini tekshirishda kamerton perkussion bolg„achaning «maksimal” 
dozalangan zarbasi bilan jaranglatiladi (basli kamertonni o„z sonining pastki uchdan bir qismiga 
urish bilan jaranglatish mumkin) va tekshirilayotgan shaxs qulog„iga branshlar bilan 
yaqinlashtiriladi u esa eshitayotgan yoki eshitmayotganligini aytadi. Kamerton tashqi eshitish 
yo„liga, quloqqa tegizilmagan xolda, uning o„qi (u ikkala branshga ko„ndalang bo„ladi) eshitish 
yo„lining o„qiga mos keladigan qilib maksimal yaqinlashtiriladi. Adaptatsiya sodir bo„lmasligi 
yoki quloq charchamasligi uchun kamertonni har 4-5 soniyada quloqqa yaqinlashtirib turish 
kerak. Suyak o„tkazuvchanligini tekshirish basli kamerton yordamida amalga oshirilib, uning 
oyoqchasi bemor bosh tepa suyagiga zich qilib qo„yiladi. Havo va suyakning o„tkazuvchanligini 
tekshirishda kamerton jaranglashini qabul qilish davomiyligi soniyalar bilan aniqlanadi 
(miqdoriy tekshiruv). Eshitish sifatini kamertonlar bilan tekshirishda qator tajribalar o„tkaziladi. 

Download 355.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling