Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laringoskopiya
Orofaringoskopiya: Xalqum va og„iz bo„shlig„i quyidagi tartibda ko„riladi:
Peshona reflektori bilan yoritilgan taqdirda bemor tili og„iz tubiga shunday bosilish lozimki, qayd qilish refleksi qo„zg„amasligi kerak. SHpatel bilan og„iz bo„shlig„iga judayam chuqur olib kirmasligi va til ildiziga bosmasligi kerak. Ayrim odamlarda xalqum tili chiqarganida yaxshiroq ko„rinadi, ammo ko„pchilik xolatlarda uni tili og„iz bo„shlig„i tubida yotganda va o„rtasidan biroz shpatelь bilan bosilganda yaxshiroq ko„rinadi. Avval lablar, lunjlar, milklar, til, yumshoq va qattiq tanglay shilliq qavatlari; tishlar xolati, ularning karioz o„zgarganligi ko„riladi. Keyin xalqumni og„iz bo„shlig„i qismi va yutqin ko„riladi. Faringoskopiya ikki bosqichdan tashkil topgan: 1) bemor tinch xolatda turib, xalqum mushaklarini bo„shashtirishi kerak 2) “a” xarfini etishi lozim: bunda yumshoq tanglay yuqoriga ko„tariladi va uning xarakatchanlik darajasi aniqlanadi. Tanglay ravoqlari, murtaklar, xalqum orqa va yon devorlari, til ildizi va til osti soxasi ko„riladi. Aloxida e‟tibor yutqin shilliq qavati rangiga qaratiladi. Normada uning rangi och pushti rangda bo„lib, lunj, qattiq tanglay va milklar shilliq qavatlaridan rangdorligi bilan ajralib turadi. Bu zev devorlarini fiziologik giperemiyasi bo„lib, uni shifokor patologik xolatdan ajrata olishi kerak. Ko„rik paytida ravoqlar bilan murtaklar chandiqlanganligini, murtaklar kriptalari xolati, ularda yiringli tiqinlar borligi, regionar limfa bezlari kattalashganligi e‟tiborga olinadi. Xalqum pastki kismlari, til osti murtagi bevosita va bilvosita laringoskopiya orqali ko„riladi. Laringoskopiya: Laringoskopiyada xiqildoq bo„shlig„i ikki yo„l bilan ko„riladi: 1) og„iz bo„shlig„iga kiritilgan xiqildoq oynachasi orqali, bunda orqa devoriga tegib ketmasligi kerak (bilvosita yoki ko„zguli laringoskopiya). 2) xiqildoq-xalqumga kiritilgan laringoskop orqali (bevositv laringoskopiya). Bilvosita laringoskopiya uchun yorug„lik manbai bo„lishi kerak, uning nurlari peshona reflektoridan qaytib og„iz bo„shlig„iga kiritilgan oynachaga tushadi. Ko„zguli tarafi terlab qolmasligi uchun, tekshirishdan oldin uni spirtovka ustida qizdirish kerak. Xalqum shilliq qavatini kuydirib ko„ymasligi uchun, oynachani orqa tarafini kaftimizni orqa tarafiga teygizib qo„yishimiz kerak. Bilvosita laringoskopiyani birinchi bosqichi – odatdagi xolatda nafas olinganda o„tqaziladi. Xiqildoq ko„rilganda oynachada til ildizi (til murtagi), keyin xiqildoq usti tog„ayi va nixoyat xiqildoq bo„shlig„i ko„rinadi: cho„michsimon burmalar, noksimon sinuslar, tovush burmalari, cho„michsimon tog„aylar va cho„michsimonaro bo„shliq. Ikkinchi bosqich – bemorga “e” xarfi etilishi tavsiya etiladi. Bunda xiqildoq usti tog„ayi “a” xarfi etilganidan ko„ra ko„proq ochiladi. Uchinchi bosqich – bemor chuqur nafas olishi kerak: tovush boylamlari maksimal yon tarafga o„tib, tovush yorig„i yaxshi ochiladi va traxeya oldingi devorini xam ko„rish mumkin (ayrim xolatlarda bifurkatsiyagacha xam). Laringoskopiyada bemorga og„zini ochib tilini chiqarishga tavsiya etiladi, bunda shifokor (ayrim xolatlarda bemorni o„zi xam) dokali salfetka orqali bo„sh qo„li bilan uni o„rab ushlaydi. Oynachada xalqum bilan xiqildoqni faqat chegaralangan joyini ko„rishimiz mumkin, lekin oynachani xar xil burchak ostida bursak, xiqildoqni barcha qismlarini ko„rishga imkon beradi. Bevosita laringoskopiyada turli xildagi shpatellar yordamida til ildizini pastga va oldinga bosish mumkin. SHu tufayli og„iz bo„shlig„i xiqildoq bilan bir chiziqga to„g„rilanadi. Bevosita laringoskopiyani afzalligi shundaki, xiqildoq to„ridan - to„g„ri ko„rinadi, va bolalarda xamda bilvosita laringoskopiya qilib bo„lmaydigan odamlarga o„tqazish mumkin. Bu amaliyot o„pka va yurak kasalliklari sababchisi bo„lgan kuchli xansirashi bor bemorlarga qilib bo„lmaydi. Bevosita laringoskopiya texnikasi quyidagicha amalga oshiriladi. Xiqildoq kokainizatsiyasidan keyin (yosh bolalarda qilinmaydi) bemor past taburetkaga o„tqaziladi va o„ng qo„li bilan dokali salfetka yordamida chiqarilgan tilini ushlab turadi. CHap qo„li bilan shifokor bemor yuqori labini ko„taradi, o„ng qo„li bilan og„ziga o„rta chiziq bo„ylab til ildizigacha shpatel olib kiradi va xiqildoq usti tog„ayini ko„rishga xarakat qiladi. Bundan keyin shpatel bilan yoki bronxoskopik trubka orqali xiqildoq usti tog„ayi orqasiga o„tiladi va xiqildoq kirish qismiga tushadi. Keyin esa, shpatel bilan xiqildoq usti tog„ayi oldinga to tovush boylamlari ko„ringuncha suriladi. Ayrim xolatlarda yordamchi kerak bo„lib, u o„zining barmoqlari bilan bemor xiqildog„iga tashqaridan bosib turadi. Laringoskopik tekshirish paytida biz albatta bilishimiz kerakki qaysi anatomik tuzilmalarni biz oynachada ko„rishimiz mumkin bo„ladi – oynachani tepasida oldinda joylashgan tuzilmalar va oynachani pastki qismida orqa devorda joylashgan tuzilmalar ko„rinadi, o„ng va chap tarafdagi tuzilmalar o„z joyida ko„rinadi, tovush yorig„i esa nafas olinayotgan paytida oynachada asosi pastda bo„lgan uchburchak shaklida ko„rinadi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling