Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- xolatlarda burun chig„anog„ini va
Rinoskopiya: Oldingi, o„rta va orqa rinoskopiya mavjud.
Oldingi rinoskopiya burun kengaytirgichi orqali peshona reflektori yordamida yoritilganda o„tqaziladi, bunda burun kirish qismi yaxshi kengaytirilib, ko„rish uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Burun kengaytirgich razmeri bemor yoshiga bog„liq bo„ladi. Birinchi pozitsiyasida burun bo„shlig„i tubi, pastki burun chig„anog„ini oldingi qismi, pastki burun yo„li, qonash soxasi (locus Kiesselbachii) joylashgan burun to„sig„ini oldingi-pastki qismlari, ikkinchi pozitsiyada – orqaga va pastga qaratilganda o„rta burun chig„anog„ini oldingi qismi va xid sezish tirqishi (yuqori burun chig„anog„i oldingi rinoskopiyada xar doim ko„rinmaydi) ko„rinadi. Burun yo„lari to„g„ri va keng bo„lganda, ayrim xolatlarda burun chig„anog„ini va burun to„sig„ini orqa qismlari, burun-xalqum orqa devorini bir qismi ko„rinadi (oldingi chuqur rinoskopiya). Orqa rinoskopiya burun-xalqum oynachasi orqali 115 gradus burchagi ostida burun bilan nafas olinganda xalqum bo„shlig„iga olib kirilib o„tqaziladi, bu xolatda yumshoq tanglay pastga tushib biroz orqaga o„tadi. Bemor albatta tilini tashqariga chiqazmaydi, va shifokor shpatel bilan uni pastga bosadi, burun-xalqum oynachasi tanglay tilchasi tegidan ko„zgusi bilan yuqoriga qaratilgan xolatda olib kiriladi. Tekshirish jarayonida yumshoq tanglay pastga va oldinga osilib qolmasligi uchun bemor maksimal xolatda uni bo„shashtirib turishi lozim. Bunda bemor og„zini ochib, burundan nafas oladi. Bunday xolatda xavo okimini asosiy massasi og„iz orqali o„tmasdan, burun- xalqum bo„shlig„i orqali o„tadi. Agar yumshoq tanglay etarli darajada osilib qolmasa va burun-xalqum bo„shlig„ini ko„ra olmasak, til ildizi, xalqum orqa devori va yumshoq tanglay 10% li kokain yoki 3% li dikain eritmasi bilan surtiladi. Orqa rinoskopiyada yumshoq tanglayni orqa yuzasi, do„mog„ suyagini chizig„i va uchta yarus shaklida joylashgan burun chig„anoqlari bilan xoanalar ko„rinadi. O„rta burun chig„anog„ini pastki kismini va oldingi rinoskopiyada ko„rinmaydigan yuqori burun chig„anog„ini xam ko„rish mumkin. Orqa rinoskopiyani xar doim xam o„tqazib bo„lmaydi, ayniqsa bolalarda. Bunday xolatlarda barmoq bilan tekshirish usuli o„tqaziladi (tekshiruvchining ko„rsatkich barmog„i albatta antiseptik bilan ishlov berilgan bo„lishi kerak). Tekshiruvchi bemorning o„ng tomonidan turib, uning og„zi orqali barmoq xalqumning orqa devorigacha kiritilib, uni yuqoriga bukadi. Barmoq xalqumni burun qismigacha olib kiriladi. Muolaja bir necha soniya vaqt oladi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling