Ёшлар хуқУҚий тарбияси


Huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, huquqiy amaliyot va o’zini-o’zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga kiradi


Download 210 Kb.
bet5/9
Sana28.01.2023
Hajmi210 Kb.
#1135791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI

Huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, huquqiy amaliyot va o’zini-o’zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga kiradi.
YUqorida ko’rsatib o’tilgan barcha vositalarni qo’llash asosida huquq haqidagi axborotlarni yetkazish, qabul qilish, o’zgartirish va undan foydalanish hamda uni amalda ro’yobga chiqarishni ko’zda tutuvchi huquqiy savodxonlikni amalga oshirish masalalari yotadi. Zotan, hozirgi amalga oshirilgan o’zgarishlar, jumladan, Konstitutiyamiz ham muayyan huquqiy ongga ega bo’lgan bo’lgan kishilarga mo’ljallangan. Biroq na huquqiy savodxonlik, na huquqiy madaniyat, yuqorida qayd etganimizdek, o’zidan-o’zi vujudga kelib qolmaydi. Demak, uni maktab partasidan boshlab to kasb-hunar kollejlari, litseylar va boshqa oliy o’quv yurtlarida shakllantirish zarur. Binobarin, voyaga yetayotgan o’quvchi yoshlarga tegishli huquqiy e’tiqodlarni-huquqqa, huquqiy hodisalarga ijobiy munosabatni, huquqiy bilimlarni doimiy ravishda kengaytirib va chuqurlashtirib borish ehtiyojini tarbiyalash g’oyat muhimdir.
SHuni ham ta’kidlash joizki, huquqiy ongni tarbiyalash faqat huquq haqidagi bilimlarni kengaytirish, jamiyatimizning ijtimoiy qadriyati sifatida unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishdangina iborat bo’lmay, huquqiy ko’nikmalarni, odatlarni tarbiyalash ham g’oyat muhimdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “YAngicha fikrlash va ishlash — davr talabi” asarida quyidagilarga e’tibor berishni ta’kidlagan edi:
— aholini huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash;
— uning huquqiy madaniyat darajasini oshirish;
— huquqiy axborotning keng maydonini yaratib berish;
— huquqiy davlatning qaror topishiga erishish.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy tarbiya va huquqiy targ’ibotning ilmiy asoslarini ishlab chiqish borasida qo’shimcha shart-sharoitlar yaratildi.
Zero, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etilayotgan ekan, undagi har bir fuqaro huquqiy asoslarini, uning amal qilish tamoyillarini, asosiy huquqiy norma va qoidalarini bilish zarur deb hisoblaymiz. Bu jarayon, ayniqsa, davlat tomonidan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan huquqiy bilim berishning pirovard maqsadini tashkil etadi.
Xulosa shuki fuqarolarning huquqiy tajribasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat shaxsning siyosiy faolligini kuchaytirish, uning davlat ishlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish va demokratiya prinsplarining chinakkamiga amal qilishini ta’minlash, mansabdor shaxslar va davlat organlarining har qanday ko’rinishidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash olib borishi talab etiladi.



Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling