Ёшлар хуқУҚий тарбияси
Download 210 Kb.
|
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- QODIROVA DILSEVARNING “HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TALIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI” MAVZUSIDA KURS ISHI
- Tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi, mehnatda tarbiyalash, jamoaviylik, ta’sirlarning uzviyligi, tizimliligi.
- Tarbiyada milliy udum va odatlar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI MILLIY G’OYA MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI 3 “E” GURUH TALABASI QODIROVA DILSEVARNING “HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI” MAVZUSIDA KURS ISHI ILMIY RAHBAR: KARIMOVA RA’NO MAVZU: HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA'LIM TARBIYANING ROLI REJA :
1. 1.JAMIYATDA HUQUQIY TARBIYA VA MADANIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH 1.1 ..Huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish 1.2 Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy tarbiyaning o’rni 2 JAMIYATIMIZDA HUQUQIY TARBIYA VA MADANIYATNI YUKSALTIRISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR 2.1 Yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishdadavlat siyosatining tutgan o’rni 2 . 2 Jamiyatni huquqiy madaniyatini rivojlantirishda 2019-yilgi samarali amalga oshirish bo’yicha ,,YO’L XARITASI” XULOSA
KIRISH ,,Yuksak huquqiy madaniyat-mamlakat taraqqiyotining kafolatidir.’’ Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyani yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So’ngi yillarda milliy huquqiy tizimni tubdan isloh qilish huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqorolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to’sqinlik qiluvchi bir qator xato va kamchiliklar saqlanib qolmoqda . Xususa,huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ,eng avvalo huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayabdi.Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organari vazifasi sifatida qarab kelinib ,bunda oila ,mahalla fuqarolik jamiyativa boshqa institutlarning ishtiroki yetarlicha taminlanmagan. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularning amalga oshirilishi aniq ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganini ko’rsatadi. Jamiyatimizda bu kabi bir qator kamchiliklarni bartaraf qilish uchun huquqiy madaniyat ,huquqiy ong tushunchalarini har bir shaxs qalbiga singdirib boorish zarur bu borada mamlakatimizda ham bir qator ishlar olib borilmoqda .Jamiyatda huquqiy madaniyatni va huquqiy ongni yuksaltirish “shaxs-- oila-- mahalla-- ta’lim muassasasi-- tashkilot-- jamiyat,, prinsipi asosida ishlar olib borilmoqda Bu masalalarni hal etish uchun eng avvalo huquqiy tarbiya tushunchasiga e’tibor qaratish lozim aslida huquqiy tarbiya o’zi nima? Huquqiy tarbiya- SHaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi. SHuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda. Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan va qarori bilan tasdiqlangan : «Ta’lim to’g’risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur»lari fikrimizning dalili bo’ladi. Jamiyat oldida to’rgan dolzarb muammolarni hal qilish uchun xalqning huquqiy madaniyatini oshirish lozim, bu esa huquqiy savodxonlikni, huquqiy tarbiyani oshirishi kerak. Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim. Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. SHu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti. SHaxs va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo’lishi shaxs faoliyatini yo’naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog’liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. SHu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o’z naozoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. SHaxsni yashashga o’rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o’rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o’rgatish. Jamiyatni yanada rivojlantirish har bir sohani adolatli boshqarish fuqarolar va davlat o’rtasida turli xil huquqiy ,siyosiy muammolarning bo’lmasligi yoki har bir shaxs o’z huquq va erkinliklaridan to’la foydalangan holda burch va majburiyatlarini ham bajarishlari uchun ularda eng avvolo huquqiy ong shakillangan bo’lishi lozim . Huquqiy ongi shakllangan har bir fuqaro huquqiy tarbiya va madaniyatga ega bo’ladi. Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki huquqshunos uyushmalari to’zilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish uyg’otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o’rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir. Mazkur kurs ishining asosiy vazifasi ham mamlakatimizda huquqiy madaniyatni yanada rivojlantirish va ba’zi xato va kamchiliklarni tuztish uchun takliflar kiritish ,davlatimizni ayni shu sohada qabul qilinayotgan qonun,qaror,farmoyishlar va ularning ijrosi bilan tanishamiz . Zero qonun ustuvor bo’lgan davlat fuqarolari o’z yurtlarida hotirjam va erkin yashay oladilar va aynan shu yurtning farzandlari adolat aslida qanday tushuncha ekanligi ,davlat kim uchun va nima uchun xizmat qilishi o’z huquq va erkinliklari bilan bir qatorda o’z majburiyatlarini ham anglab yetadilar. 1.JAMIYATDA HUQUQIY TARBIYA VA MADANIYAT TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH 1.1.Huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxs xususiyatlarini hisobga olish Jamiyatni yanada rivojlantirish mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash har bir shaxs erkin va o’z huquq va erkinliklaridan bemalol foydalana olishi uchun mamlakatda huquqiy madaniyat shakllangan bo’lishi lozim .Huquqiy madaniyatni shakllantirish eng asosiy vazifa hisoblanadi.Huquqiy madaniyat rivojlanishi uchun eng avvolo huquqiy tarbiya bo’lishi kerak.Jamiyatimizda huquqiy tarbiyani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirib borilmoqda; -joylarda huquqiy holat huquqiy madaniyatnio’rganish va tahlil qilish; - huquqiy normani tushuntirish shakl va metodlarini tanlab olish; - huquqiy tarbiya vositalarini tayyorlash; - tarbiyalanuvchilarning fikrini o’rganish va savol – javobga tayyorlanish; huquqiy tarbiyani shahar, tuman, viloyat, respublika miqyosida yagona shakl va metodlar asosida olib borish ham il miy prinsipdir. Huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash butun mamlakatda huquqiy tarbiyaga chuqur ilmiy yondoshishni taqozo qiladi. Hozir bu muhim ish davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Tarbiyaga har tomonlama yondoshish. Tarbiyaga har tomonlama yondoshish deb tarbiya maqsadining shaxs ongida shakllanishiga ko’maklashuvchi omillarni aniqlash, tarbiya shakl va metodlariga ularga tayanish aytiladi. Bu vazifalarning zarur darajada amalga oshirilishi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o’zaro hamkorligiga bog’liqdir. Ikkala tomonning fikr almashishi, huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritilishi, yakdillik asosida hayotiy holatining belgilab olinishi tinglovchilar huquqiy ongiga tegishli o’zgarish kiritadi va uni boyitadi. Masalan, tarbiyachi mehnat qonuniga kiritilgan o’zgarishlar bilan tinglovchilarni tanishtirmoqchi. Maqsad ularning ongiga yagona qonun mazmunini aks ettirgan holda mehnat munosabatlarida qonundagi o’zgarishga muvofiq ish ko’ra olishni tarbiyalashdir. Buning uchun tarbiyachi masalaga keng yondoshib, qonun o’zgarishi sabablarini dalillar yordamida ko’rsatishi, yangi qonun mohiyatini isbotlashi, uni ijro etish tartibini o’rgatish, ko’zda to’tilgan maqsadni misollar yordamida tushuntirish kerak. Har tamonlama yetuk shaxsni tarbiyalab yetishtirish maqsadi umumtarbiyaning maqsadi barcha yo’nalishlarini bir-biriga uyg’unlashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi. Bu bir kishining emas, balki butun jamoaning burchidir. Huquqiy tarbiya ham bir kishining emas, chunki shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun bir tarbiyachi barcha omillarni bilishga qodir emas. Bir pedagog huquqiy tarbiyaning bir yoki bir necha yo’nalishigina shaxs ongida shakllantira olishi mumkin. Pedagog muayyan masala bo’yicha huquqiy tarbiyaga keng yondoshishi uchun shu masalaga aloqador omillarni tanlab olishi, ularni yagona bir mavzuga yig’ishi, misollar yordamida uyg’unlashtirishi kerak. Masalan, o’quvchida O’zbekiston fuqarolariga sodiqlik burchini tarbiyalashda o’qituvchi-o’quvchi qanday qonunlarni o’rganishi kerakliginitanlab olishi, fuqarolarga taalluqli misollar topishi, fuqarolik burchi buzilganda davlat va jamiyat tomonidan quriladigan choralarni belgilashi, yuridik dalillar to’plashi, so’ngra keng tarbiya mavzularini ishlab chiqishi vash u mavzu bo’yicha ish olib borilishi kerak. Lekin shuni unutmaslik lozim, huquqiy ongning hatto biror yo’nalishini shakllantirish uchun ham yuridik omillarning o’zigina kifoya emas: masalan, intizomsiz shaxsni qayta tarbiyalash uchun uning huquqiy ongida burilish yasash, dunyoqarashiga, mehnat munosabatiga, madaniyat darajasiga taosir ko’rsatishi kerak. Agar uni qonunga ko’ra jazolash bilan kifoyalansangiz, axloqiy buzuq ekan, YAna eski odatini davom ettiraveradi. Binobarin, huquqiy tarbiyaga aloqador omillar ikki guruhga bo’linadi: tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritiladigan omillar va tinglovchilar xususiyatiga bog’liq omillar. Tarbiya jarayonida ikala guruh omillar baravar etiborga olinishi kerak. Tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritilgan omillari suhbat mavzusida qanday qonun, qonuniy ishlarni tushuntirmoq, asosiy maqsad nimaga qaratilganligini bilib olmoq. Masalan, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligining oldiniolish bo’yicha tarbiya: jinoiy, moddiy, intizomiy, huquqbuzarlikda voyaga yetmaganlar qanday harakatlari uchun javobgar bulishlariga taalluqli hujjatlarni to’plashdan iborat. Tinglovchilar xususiyatiga bog’liq omillarda tarbiyachi tinglovchilarning qabul qilish darajasi, yoshiga, maxoratiga va boshqa xususiyatlariga etibor bergan holda tarbiya usulini tanlashdan iborat. SHubhasiz, huquqiy, siyosiy va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni ham nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishidagi huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liqdir. Huquqiy tarbiya ongning mustaqil shaklini - huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish va qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi va tarbiyalanuvchilarda huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim. Ma’lumki, huquqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Agar ijtimoiy ong umuman ijtimoiy borliqning aksi bo’ladigan bo’lsa, unda huquqiy ong faqat mavjud huquqiy voqea-hodisalarni, shuningdek huquq yordamida tartibga solinishi mumkin bo’lgan Hodisalarni aks ettiradi. Huquqiy ong - bu jamiyatda ommaviylashgan huquqiy, shuningdek kishilarning xulq-atvoriga, ijtimoiy muassasalar bilan majburlovning qo’shib olib borilishi; ayb uchun javobgarlik; har bir kishining oli ustida o’ylay boshlagan va amaliy hayotda muayyan darajada mustaqillik ko’rsata boshlagan bo’lsa, o’z-o’zini tarbiyalash istagi vujudga keladi. Bolalarda o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni maktab va oiladagi butun tarbiyaviy ishning ta’siri ostida ro’y beradi. CHunki, bola tarbiya jarayonining ob’ektigina qadriyatlariga huquq haqidaga shunday emas-ku. Davlat bunday detallarni ko’proq chiqarishi kerak. Agar men zavodda o’zimda yetishmayotgan bir necha detallarni olgan bo’lsam, buni qilishga majburligimdan shunday qildim». Bunday sxemaning xatoligi, yaqqol boqimandalikni payqab olish qiyin emas: menga taxt qilib berishlari shart edi, shunday qilishmadimi - unda «davlat o’zidan mehnatkashlar huquqlarini himoya etishga bo’ysundirilishi; qonuniylik; adolatlilik; teng huquqlilik; huquqlar bilan majburiyatlarning mustahkam aloqadorligi; ishonch-e’tiod emas, balki sub’ekti hamdir. SHu sababli o’z-o’zini tarbiyalash o’z ustida faol ish olib boradigan bir paytda (o’z kamchiliklarini anglash, ularni o’z shaxsidagi afzalliklar va kamchiliklar bilan qiyoslash, axloqidagi, xarakteridagi nuqsonlarni tuzatish istagi) shaxs kamolotidagi zarur bosqichdir. O’z-o’zini tarbiyalash bolaning o’z oldidagi muayyan vazifani qo’ya olishini, uni bajarishga ichki ishtiyoq bo’lishini, bajarish jarayonida shu vazifani bajarish zarurligini anglashni, nima qilingani va hali nimalar qilinmagani yoki yomon qilingani haqida hisobot berishni, o’zini nazorat qilishni va qo’yilgan vazifaning bajarilish natijalariga baho berishni o’z ichiga oladi. O’quvchini tashqi ta’sirlar ham ( jamiyatning ideologik va ma’naviy talablari, kollektiv va ayrim shaxsning talablari ), ichki ta’sirlar ham moddiy va ma’naviy ehtiyojlar, insonning manfaatlari o’zini - o’zi tarbiyalashga undaydi. Tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi, mehnatda tarbiyalash, jamoaviylik, ta’sirlarning uzviyligi, tizimliligi. Bu prinsipning mohiyati tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarini, qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tadbiq etishdan iborat. Hozirgi sharoitda yoshlarni, o’quvchilarni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga, kasbni asosli tarzda tanlashga tayyorlash o’qituvchilar, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan chuqur anglab olinishi kerak. Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bog’liqligini tarbiyaviy ish hamda o’quvchilarning unumli mehnati o’rtasida aloqa o’rnatishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. O’quvchilarni mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etilayotganida bu narsani o’quvchilar jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va ma’naviy ne’matlar mo’l – ko’lligi uchun umumxalq kurashining tarkibiy qismi deb, idrok etishlari xaqida g’amxo’rlik qilishlari kerak. Kollektiv shunday «gimnastika zali» dirki, unda yaxlit shaxsning xilma-xil fazilatlari mashq qilinadi va shakllanadi. Birgalikdagi faoliyatda, bir maqsadni ko’zlab tashkil etilgan kollektiv harakatlarida o’zaro bog’liqlik va o’zaro mas’uliyat munosabatlari vujudga keladi, bolada kollektiv turmush tajribasi va malakalari to’planadi, shaxsning kollektivchilik xislatlarishakllanadi ( Makarenko ). Bu prinsipga amal qilish pedagogika tizimini shunday qurishni taqozo etadiki, uning tarkibiy qismlari va elementlari bir-biri bilan yonma – yon bo’lmasa- da, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. O’quvchilarga nisbatan talablarning turlichaligi tarbiyaga eng ko’p zarar yetkazadi. Afsuski, amalda ko’pincha shunday bo’ladiki, oila maktab talabini qo’llab – quvvatlashi u yokda tursin, balki qarama – qarshi ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilar orasida ham ba’zan talablar birligi ta’minlanmaydi. Tarbiya ko’plab kishilar ishtirok etadigan uzoq muddatli jarayondir. SHu sababli ularning ichida izchillikka va davomiylikka rioya qilish, o’quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi rivojlanish zonasini o’z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir. Tarbiyada milliy udum va odatlar. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan – avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf – odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro’z, o’qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi bayram va marosimlarimizning jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo’lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda milliy an’analarimizni o’rgatish, targ’ib etish bilan bir qatorda to’y – marakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdabozlikka yo’l qo’ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor. Bu urf – odat va an’analarning asosiy qismi oilada va oila a’zolarining bevosita ishtirokida o’tkaziladi. SHuning uchun ham har bir oilaviy an’ana va udum mafkuraviy tarbiyaning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Masalan, insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag’rikeng, mexr – oqibatli odamlarni voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o’rin tutadi. Har bir o’zbek oilasida muqaddas sanaladigan mehmonnavozlik, qiz va o’g’il bolalar tarbiyasi borasida maxsus an’analarning mavjudligi, yil mavsumiga ko’ra barcha oila a’zolari ishtirokida o’tkaziladigan hasharlar, chaqaloqning dunyoga kelishi bilan bog’liq marosimlar hamma – hammasi ezgulikka, ya’ni sog’lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Download 210 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling