Ёшлар хуқУҚий тарбияси


Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishda yuridik


Download 210 Kb.
bet7/9
Sana28.01.2023
Hajmi210 Kb.
#1135791
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI QURUSHDA HUQUQIY TA\'LIM TARBIYANING ROLI VA O’RNI

Yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishda yuridik


xabardorlikning ahamiyati
Yoshlarni huquqiy xabardor qilish masalasining (shuningdek, huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir boshqa masalalarning ham) eng maqbul yechimlarini izlash, fikrimizcha, uning ijtimoiy sub'ekt ekanligini to`la-to`kis hisobga olishi kerak. Bundan, shu narsa kelib chiqadiki, huquqiy xabardor qilish strategiyasi yoshlarga istalgan hajmda yuridik bilimlarni tiqishtirishdan iborat emas, balki ularga hayotningo`zi talab qiladigan huquqiy bilimlardan bahramand bo`lish imkonini berishdan iboratdir.
Yuridik ilmiy adabiyot va darsliklarda, ko`pgina amaliyotchi xodimlar ongida jinoyatchilikning o`sishi sabablarini huquqiy bilimlarni targ`ib qilishni tashkil etishdagi kamchiliklardan izlash kerak degan siyqa fikr hali ham hukm surmoqda. Ikkinchi tomondan, ana shu tasavvurlaga muvofiq huquqiy tarbiyaning o`zi ham huquqbuzarliklarning oldini olish bilan tenglashtirib qo`yiladi. Ana shu andozalarning ildizlari haqidagi masalani ko`tarar ekanmiz, biz ularni bir necha o`n yilliklar mobaynida markscha-lenincha mafko`rada hukm surib kelgan da'vo bilan, ya'ni sotsializmda jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlari va sabablari yo`q degan da'vo bilan bog`laymiz. Lekin nazariya bilan amaliyot ochiqdan-ochiq mos kelmay qoldi: jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlari yo`q, u esa kuchayib boraveradi. Aftidan ana shunda bu kuchayishni tarbiyaviy ishdagi, huquqiy bilimlarni targ`ib qilishdagi kamchiliklar bilan izohlaydigan mafko`raviy qolip vujudga keldi.
Ravshanki, yuqorida bayon etilgan fikrlar huquqiy tarbiya ishining dolzarbligini shubha ostiga olmaydi. Biz huquqiy tarbiyaning huquqiy xulq-atvorga qudratli ta'sir ko`rsatishi haqidagi xomxayollardan voz kechish zarurligiga, shuningdek, huquqiy tarbiyani jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi bilan yaralashtirib yuborishga barham berish zarurligiga e'tiborni qaratmoqchimiz, holos. Shunga qaramay, huquqiy tarbiyani hozirgi sharoitda yoshlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishning juda muhim omilari jumlasiga kiritish uchun hamma asoslar mavjud.
Yoshlarning huquqiy madaniyati voqelikning turli tomonlari va sohalarini aks ettirish bilan huquqiy munosabatlarni aks ettiradi, huquqiy me'yorlar, g`oyalar, qarashlar esa aks ettirish predmeti bo`ladi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini bunday tushunish uning ayrim tomonlarini ularni vositalovchi aloqalarsiz va butunning o`ziga xos xususiyatiga bog`liq bo`lmagan holda bosqichma-bosqich yoritib boradi. Bu o`rinda huquqiy madaniyat yoshlarning ijtimoiy-huquqiy faoliyati jarayonida vujudga kelishini, ijtimoiy ong shakli ekanini va huquqning oddiy ongda bevosita aks etishidan farqli o`laroq, ijtimoiy ongni tushunishning dunyoqarash bilan bog`liq unsurlarini ozmi – ko`pmi tartibga solgan holda ifodalashini hisobga olish muhim. Bu unsurlar, huquqning muayyan tarixiy davrdagi ijtimoiy qadr-qimmatinigina emas, shu bilan birga huquqiy tizimning g`oyaviy mohiyatini ham aks ettiradi. Shuning uchun ham yoshlarning huquqiy madaniyatini tadqiqi qilish va ta'riflash davlat va huquq taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarini ilmiy bilishga tayanmog`i kerak. Shu tufayli huquqiy madaniyat tushunchasining mazmunini tadqiq qilinayotgan predmetning hamma tomonlarini birgalikda olgan holda mavxumlikdan aniqlikka ko`tarilish yo`li bilan ko`rib chiqish imkoniyati tug`iladi.
Yoshlar huquqiy madaniyatining tarkibiy unsurlari huquqiy bilish, tushunish hamda unga rioya etishga odatlanishdan, huquq talablarini hurmat qilish, huquq ko`rsatmalarining to`g`riligiga va adolatliligiga ishonch hamda yuridik sohada faol hayotiy pozitsiyaga ega bo`lishdan iboratdir12.
Bizning fikrimizcha, masalan, har bir yosh inson egallashi lozim bo`lgan bilimlar deganda uning huquq masalalaridan xabardorligini, yuridik tushunchalar va atamalar bilan tanishligini tushunmoq kerak. Bu bilimlar o`z xulq-atvorini ongli suratda tashkil etishga, o`z xulq-atvorini o`zi yuridik nazorat qilib turishiga imkoniyat beradi. Bunda eng avvalo davlat huquqi, moliya, fuqarolik, oila, mehnat, jinoyat va boshqa huquq sohalarining asoslarini bilish nazarda tutiladi.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini baholaganda yosh inson huquq ko`rsatmalariga rioya etganligini aniqlash ham muhimdir. Masalan, yoshlar jazodan qo`rqib huquqiy me'yorlarning talablarini bo`zmayotgan bo`lishsa, ularda huquqiy madaniyat mavjud deb aytish o`rinli bo`lmasa kerak. Shuning uchun ham huquqni bilish va tushunishning o`zi yetarli emas, bu kamlik qiladi, deymiz, uni hurmat qilish, o`zining barcha huquqiy talablarga rioya etishga majbur ekanligini e'tirof etish zarur.
Yoshlarning huquqiy madaniyati huquqni hurmat qilish bilan bir qatorda yana qonunga rioya qilish odatini ham taqozo etadi. Bu esa xususan madaniyatga, turmushga singib ketgan, odatga aylanib ketgan narsanigina erishilgan deb hisoblash mumkin degan qoidadan kelib chiqadi. Vazifa – o`zimizda xulq-atvor masalalariga to`g`ri, oqilona munosabatni tarbiyalabgina qolmasdan, yana to`g`ri odatlarni ham tarbiyalashimizdan iborat, ya'ni bu odatlarga ko`ra biz yaxshi o`ylab ko`rganimiz uchun emas aslo, balki boshqacha qila olmaydigan bo`lganimiz, odatlanib qolganimiz uchun to`g`ri yo`l tutaylik. Bu odatlarni tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha qiyin ishdir. Yoshlarda muntazam yuvinish, o`z tashqi qiyofasini ko`zatib borish yoki gazeta o`qish zaruriyatini tarbiyalagan kabi huquqqa rioya qilish odatini ham singdirish zarur.

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov «Komsomolkaya pravda» muxbiri V.Fronin bilan kilgan suhbatida xalk orasidagi «… yangi uy kurmaguncha, eskisini bo`zmang», degan xikmatli gapga asoslanib, shunday aniq va odilona fikr bildirgan edi: «Yangi uy kurmay turib, eskisini bo`zma, deyishadi bizda …Biz birdaniga eski qonunlarni tan olmay kuydik, yangilari esa xali yuk. Paydo bulganlari ham mutlako amal kilmayapti… Qonun hamma narsadan ustun turishi kerak … Bizda qonunni hurmat qilishdek oddiy tuyguning o`zi yuk...Eng muhimi – qonuniylikni hurmat qilishdir»1.


Xalkning xoxish irodasi va manfaatlarini ifodalaydigan, ijtimoiy tarakkiyotning ob'ektiv qonuniyatlariga bog`liq bulgan yaxshi qonunlarga ega bo`lishigina emas,shu bilan birga ularga so`zsiz rioya etilishiga ham erishish nixoyatda muhimdir.Qonunlarning ijro etilishi quyidagicha butun bir tizimli kafolatlar : iktisodiy,siyosiy,yuridik va mafko`raviy kafolatlar mavjud bulganidagina real bo`ladi.Mafko`raviy kafolatlar : fukoralarning milliy ma'naviyatning qayta tiklanishi negizida tarbiyalanishi ularning ma'rifiy,madaniy,onglilik darajasini ustirishdan iborat.
.
Rivojlanib borayotgan demoqratik jamiyat sharoitida,yukorida kayd qilib utilganidek, yosh insonlarning yuksak ijtimoiy-huquqiy faolligini shakllantirish, ularning turli huquqbuzarliklarga qarshi, qonunchilik va huquqiy tartibotni mustaxkamlash uchun ko`rashda mustaqil ishtirok qilishiga erishish goyat muhimdir.
Yoshlarni huquqbuzarliklarga Qarshi qonunlarda belgilangan tartibda ko`rashishga urgatish zarur. Bu ishda hokimliklar, kasaba uyushmalari, O`zbekiston yoshlari, jamoat tashkilotlari, O`zbekiston xalk –demoqratik partiyasi faol ishtirok etmoqdalar.
Yangi insonni kamol toptirish va huquqiy tarbiyani taminlash yoshlar huquqiy-tarbiyasining umumiy vazifalari xisoblanadi. Biroq huquqiy-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini oshirish manfaatlari bunday faoliyat yunalishlari va mazmuni haqida yanada batafsil tasavvur hosil kilinadigan bir muncha alohida vazifalarning ham ajratib ko`rsatilishini takozo etadi. Ular quyidagilar:
birinchidan, davlat va huquq masalalariga doir bilimlarning zarur tizimini shakllantirish, huquqning joriy va dolzarb masalalari yuzasidan xabardor qilish.
ikkinchidan, davlat va huquq, qonuniylik printsiplariga nisbatan hurmatni shakllantirish.
uchinchidan, qonunga muvofiq xulq-atvor kunikmalarini singdirish.
turtinchidan, faol fuqarolik pozitsiyasining, har xil huquqbuzarliklarga nisbatan tokatsizlik munosabatini tarbiyalash.
beshinchidan, qonunda belgilangan tartibda o`zining, davlat, jamiyatva boshqa shaxslarning manfaatlar va huquqlarini faol himoya qilishga extiyojni va bunday qobiliyatni shakllantirish
oltinchidan, davlat va huquqka nisbatan noto`g`ri qarashlarga qarshi tura bilish, ularni faol va ishonarli tarzda fosh qilish qobiliyatini singdirish.
Yoshlar ularga bevosita tegishli bulgan Umumiy o`rta talim maktabi nizomi;O`quvchilar uchun qoidalar; Bolalar va o`smirlarning jamoat joylardagi xulq - atvor qoidalari; bolalar va ota –onalar munosabatlarini tartibga soladigan nikox-oila huquqi normalari; soglikni saklash haqidagi qonunlar; Fuqarolik qonuni;jinoyat haqidagi qonun va boshqa huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim
Oliy o`quv yurtlarining professor-o`kituvchilar jamoalari esa yukoridagi vazifalar bilan birga talabalarning ijtimoiy faolligini va fuqarolarning asosiy huquq va burchlariga ongli(huquqiy ong) munosabatlarini shakllantiradi.
Shubxasiz,talim tizimida o`quvchi-yoshlarning huquqiy tarbiyasi pedagogik asoslarda olib boriladi. Maktab, o`rta maxsus kasb-hunar talimi oliy o`quv yurtlarida pedagogik printsiplar yagona. Talim to`g`risida qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbik etish jarayonida yangi yunalishlar standart, kontsepsiyalar ishlab chikilgan. Talimning o`zluksizligini, davlat va jamiyatning faoliyati, Fan, ishlab chikarishning faoliyatlari yukori hujjatlarda o`z urnini egallagan.
Maktablardagi huquqiy tarbiyaning pedagogik asoslarida jamoa o`z huquqiy pedagogik funktsiyasiga karab, maktab jamoasidan iborat ikki guruhga bulinadi. Maktab jamoasi o`z faoliyatida butunlay pedagogik printsiplarga asoalanishi bilan mehnat jamoalaridan ajralib turadi.
Shaxsning intizomli, huquqiy ongli bo`lishi jamoasining huquqiy ongiga, unda qaror topgan intizom darajasiga bog`liq. O`quvchini tarbiyalashdan oldin o`kituvchilar jamoasini huquqiy tarbiyalash lozim. Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida so`zlagan nutkida talim_tarbiya isloxati uning mazmuniga to`xtalib shunday deydi: «Maktablardagi jarayonda o`kituvchi xukmron. U boladan faqat o`zi tushuntirayotgan narsasini tushunib olishni talab qiladi. Printsip ham: « mening aytganim-aytgan degan ma’noga boradi.

2.2 Jamiyatni huquqiy madaniyatini rivojlantirishda 2019-yilgi samarali amalga oshirish bo’yicha ,,YO’L XARITASI”



Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish sh

Amalga oshirish sanasi

Mas’ul shaxslar

1.Bolalar uchun maxsus partallar yaratish unda;
Kanstitutsiyani o’rganishga doir ilk tushunchalar
Kundalik hayotda qo’llashga mo’ljallangan ilk tushunchalar Huquqni targ’ib qiluvchi turli xil o’yinlar,mashg’ulotlar va dasturlar bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va boshqa zarur ma’lumotlar berish.

Huquqiy partal

2019-yil may

Adliya vazirligi(Davletov)
Xalqta’limi vazirligi(Sherzod Sh )Maktabgacha ta’lim vazirligi(A.Shin)



2.Oilada bolaga huquqiy tarbiya va odob - axloqning boshlang’ish qoidalarini o’rgatish uchun ota -–onalarga uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish

Uslubiy qo’llanma

2019-yil avgust

Adliya vazirligi (R.Davletov)
Xalq ta’lim vazirligi(Sh.Shermatov)
Maktabgacha ta’lim vazirligi(A.Shin)



3. Oila davrasida huquqiy savodhonlikni oshirishga mo’ljallanhan har bir elementlar huquqiy bilimlarni o’rgatishga qaratilgan huquqiy qo’llanmalar tayorlash

Qo’llanma

2019-yil oktyabr

Adliya vazirligi(R.Davletov)



4.Bolalar uchun huquqiy mavzularda va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni vatanparvarlik ,qonunlarni hurmat qilishni o’rgatuvchi multiplikatsion filmlar yaratish

Multiplikatsion dasturlar

2019-yil sentyabr

,,O’zbekkino”milliy agentligi(F Zokirov)Adliya vazirligi(R.Davletov)Xalq ta’lim vazirligi (Sh.Shermatov)Maktabgacha ta’lim vazirligi(A.Shin)

5.Bolalar uchun huquqiy axborotni yetkazishga va kundalik turmushda qo’llaniladigan normalar va odob axloq qoidalarini o’rnatishga qaratilgan audioertaklar,kinofilmlarva kinojurnallar ishlab chiqish

Ijrochiilarning
Qo’shma qarori

2019 yil
sentabr

,,O’zbekkino”milliy agentligi(F Zokirov)Adliya vazirligi(R.Davletov)Xalq ta’lim vazirligi (Sh.Shermatov)Maktabgacha ta’lim vazirligi(A.Shin)

6.oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligini oldini olish,bolalar orasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik to’g’risidagi teleko’rsatuvlaryaratish

Teleko’rsatuv

2019 yil iyul

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov)MTRK
(AXadjiyev)Elektron ommaviy axborot vositalari milliy asatsatsiyasi(F.Abduxalikov)

7.Kundalik turmushda qo’llaniladigan masalalarning kundalik yechimi yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini mohiyatini uyma uy yurib targ’ib qilish

Targ’ibot tadbirlar tarqatma materyallar

Doimiy ravishda

‘’ Mahalla hayriya jamg’armasi,,(Sh Jalolov)

Xulosa

O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish qonun ustuvorligini ta’minlash qonuniylikni mustahkamlashni eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.


So’ngi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda malakali kadrlar tayyorlash to’g’risidasezilarli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakillantirish,inson huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
Huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishiladi, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ong shakllantiriladi.
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da belgilanganidek, ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o’rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta’sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o’zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi muammolar mavjuddir13.
Bu kabi muammolarni bartaraf qilish uchun jamiyatimizda turli hil ishlar olib borilmoqda masalan;
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi manfaatdor idora va vazirliklar bilan birgalikda ;
2019- yil 1 –iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini ta’minlash
2020- yil 1 yanvariga qadar O’zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internetpartali yaratilishini to’liq yakunlash
Uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamigabepul ixtiyoriy yuridik yordam ko’rsatish (pro bano) tizimi rivojlantiridhni nazarda tutuvchtegishli huquqiy narmativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar mahkamasiga kiritish
Doimiy ravishda eng dolzarb aholini qiziqtiradigan masalani belgilab, aniq dasturlar asosoda ular bo’yicha manzilli va predmetli huquqiy targ’ibotni amalga oshirish, huquq targ’ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirish borasida aholi turli qatlamlarini fikrlarini o’rganib borib tahlil qilish
Bir oy muddatda mahallalarda fuqorolarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan,,Huquqiy axborot kuni “ loyihasini amalga oshirish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini o’rganish uchun tadqiqotlar va so’rovnomalar o’tkazib borish zarur hollarda fuqorolik jamiyati institutlari,ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Kansepsiya va ,,Yo’l xaritasini samarali amalga oshirishga ishtirok etishga, shuningdek jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog’liq yuksak masalalarni muhokama qilishga va natija bo’yicha zarur chora tadbirlar belgilashga keng jalb qilish masalalari ko’rib chiqildi.
Jamiyatni yanada rivojlantirish aholining huquqiy ongi va savodhonligini oshirish maqsadida joriy yilning2-iyun kunida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida davlat va huquq asoslari fanlari borasida uzluksiz ta’lim dasturlari muhokamasiga bag’ishlagan navbatdagi davra suxbati bo’lib o’tdi.
Mazkur muhokamada har bir ta’lim bosqichida huquq fan(lari)ni o’qitishning bugungi kundagi holati, ta’lim turlarining tegishli bosqichlarida fanning uzviyligi masalasidagi muammolar va shakillanririladigan yangi o’quv dasturlarida bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar o’zaro fikr almashildi.
Davlat va huquq asoslari bo’yicha ishchi guruh amalyotchi olimlar va pedagoglar hamkorligi yordamida o’rganishlar natijasiga ko’ra bugungi kunda mazkur fan bo’yicha takrorlangan mavzular 16 ta,uzviyligi ta’minlanmagan mavzular 2 ta, olib tashlangan mavzular 28 ta, yangilanishi zarur bo’lgan mavzular 38 ta, xalqaro tadqiqotlar bo’yicha kiritiladigan mavzular 6 ta, boshqa ta’lim turiga o’tkaziladigani 6 ta ekanligi aniqlandi va dasturlarga tegishli o’zgartirishlar kiritilmoqda.
Tadbirda bugungi kunda davlat va huquq asoslar fanining o’qitilishi bilan bog’liqmuammolarga ham to’xtalib o’tildi.
Mutahasislar tomonidan amaldagi o’quv dasturlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda , eng avvalo huquqiy ta’lim tarbiya borasidagi ishlar tizimli tashkil qilinmaganligi barcha ta’lim turlarida tehsil olayotgan o’quvchilarning huquqiy bilim va ko’nikmalarini oshirishga doir vazifalar umumiy tusda belgilanmaganligi ularni amalga oshirishd aniq mexanizm mavjud emasligi etirof etildi.
Shuningdek , ta’lim olayotgan o’quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan,targ’ibotning ilg’or va tasirchan vositalaridan xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg’or tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganio’quv metodik taminotni ishlab chiqishdauzviylik ta’minlanmayotgani to’xtalib o’tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bolalarga bog’cha yoshidan huquqiy savodxonliknioshirishga qaratilgan turli xil dastur va qo’llanmalardan foydalanish lozim.
Huquqqiy demakratik jamiyat qurish uchun fuqarolar va davlar birgalikda bahamjihat ish olib borsagina o’z maqsadlariga erishadilar .


Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling