Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet7/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

10.

Гумон қилинувчи ва айбланувчининг ҳуқуқ ва мажбуриятидаги ўхшаш ва фарқли жиҳатларини таҳлил қилинг.
45-modda. Ayblanuvchi
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 361-moddasi.
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi.
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi O‘RQ-869-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 03/23/869/0730-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi.
Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 451-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi.
(46-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli Qonuni asosida birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning uchinchi va to‘rtinchi bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi.
Ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish, shuningdek o‘zining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling