Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo‘lgan masalalar


Download 0.85 Mb.
bet72/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo‘lgan masalalar
Prokuror yoki uning o‘rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini o‘rganib chiqishi va:
1) ayblanuvchi zimmasiga qo‘yilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo‘qligini;
2) qo‘yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini;
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini;
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini;
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo‘ladigan holatlar bor-yo‘qligini;
6) ayblanuvchining qilmishlariga to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tavsif berilganligini;
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini;
8) ehtiyot chorasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini;
9) fuqaroviy da’voni va boshqa mulkiy undirishlarni ta’minlash choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini;
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini;
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilgan-o‘tkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari ko‘rib chiqilganligini;
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini;
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 38112-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart.
(384-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi tahrirga qarang.



  1. Айблов хулосаси билан келган жиноят иши юзасидан прокурор томонидан қабул қилиниши лозим бўлган қарор турларини баён қилинг.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling