Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari


Download 0.85 Mb.
bet75/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari
Oldingi tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, o‘simlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qo‘yilgan savollarni hal qilish uchun zarur bo‘lsa, haqlidir.
(188-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Tirik odamdan o‘zida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, so‘lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani ko‘zdan kechirishda ham tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Namuna tariqasida xomashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki o‘ziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert gilza, o‘q, buzish asboblari va boshqa obyektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, o‘xshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
189-modda. Namuna olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar va organlar
Ekspert tekshiruvi namunalar olinadigan shaxsni yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning o‘zi, zarurat bo‘lganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga haqlidir.
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalang‘och bo‘lishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling