Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Почта-телеграф жўнатмаларини хатлаб қўйиш асослари ва тартиби


Download 0.85 Mb.
bet79/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

Почта-телеграф жўнатмаларини хатлаб қўйиш асослари ва тартиби


166-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarida sodir etilgan jinoyatga doir ma’lumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf jo‘natmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pochta-telegraf jo‘natmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf jo‘natmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; jo‘natmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga ma’lum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi ko‘rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
(166-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)



  1. Қайси тергов ҳаракатлари ўтказилишида прокурор рухсати талаб этилади?




  1. Гумон қилинувчи, айбланувчи, судланувчининг ҳимояга бўлган ҳуқуқлари, қандай ҳолларда бузилган ҳисобланади?

6. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari, jumladan quyidagi hollarda buzilgan hisoblanadi, agar:


protsessual harakatda qonunga ko‘ra himoyachi ishtiroki shart bo‘lib, dalil surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan uning ishtirokisiz olingan bo‘lsa;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga uning himoyaga bo‘lgan huquqi tushuntirilmagan yoki bu huquqdan foydalanish imkoniyati amalda ta’minlanmagan bo‘lsa.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqlari buzilishi masalasiga oid batafsil tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli qarorida berilgan.



  1. Жиноят иши бўйича процессуал ҳаракат бунга ҳуқуқи бўлмаган шахс томонидан қайси ҳолларда олиниши далиллар номақбуллигига олиб келади?

7. Jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakat bunga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan quyidagi hollarda dalil olishda namoyon bo‘ladi:
surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning yozma topshirig‘isiz tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan;
ishni belgilangan tartibda o‘z yurituviga qabul qilmagan yoki tergov (surishtiruvchilar) guruhiga kiritilmagan tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan;
JPK 76-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi lozim bo‘lgan shaxs tomonidan.



  1. Далил у ЖПК талаблари бузилган тарзда, жумладан, қайндай ҳолларда олинган бўлса ҳам мақбул эмас деб топилади?

Dalil u JPK talablari buzilgan tarzda, jumladan, quyidagi hollarda olingan bo‘lsa ham maqbul emas deb topiladi, agar:
a) tergov harakati qonunda nazarda tutilgan hollarda prokuror yoki sudning roziligi olinmasdan o‘tkazilgan bo‘lsa (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxs, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslar ishtirok etgan bo‘lsa;
v) ekspert xulosasi ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek, ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olingan bo‘lsa;
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari JPK 116-moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilingan bo‘lsa;
d) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining surishtiruv va dastlabki tergov davrida guvoh sifatida so‘roq qilinganda bergan ko‘rsatuvlari sud majlisida boshqa dalillar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa;
e) jabrlanuvchi, guvohning faraz, taxmin, mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatuvlari, shuningdek, jabrlanuvchi, guvoh o‘zining xabardorligi manbasini aytib bera olmagan yoki aytishni xohlamagan hollarda;
j) so‘roq yuritilayotgan tilni (alfavitni) bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning ko‘rsatuvlari tarjimon (mutaxassis) ishtirokisiz olingan bo‘lsa;
z) voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh ko‘rsatuvlari qonuniy vakilining (JPK 549-moddasi), zarur hollarda esa, pedagog yoki psixologning ishtirokisiz olingan bo‘lsa (JPK 554-moddasi);
i) guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslarning ko‘rsatuvlari (JPK 115-moddasi);
k) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa:
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi;
tergov harakatlari va sud tergovida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
tergov harakatlari boshlangan hamda tugallangan vaqtning ko‘rsatilmaganligi;
raqamli (elektron) tashuvchi jismlardagi ma’lumotlar mutaxassis ishtirokisiz olib qo‘yilganligi yoki ko‘zdan kechirilganligi;

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling