Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Namuna olinishi mumkin bo‘lgan shaxslar


Download 0.85 Mb.
bet76/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

190-modda. Namuna olinishi mumkin bo‘lgan shaxslar
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
191-modda. Namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Namuna olish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim.
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi
O‘zidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qo‘llaniladigan usullar og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo‘lsa, ulardan majburlov yo‘li bilan namunalar olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30-bobi (“Majburiy keltirish”).
O‘zga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki sudning o‘ziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan bo‘lsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Murdadan, shuningdek xomashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18 va 20-boblari.
Olingan namunalar o‘raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni ko‘zdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va to‘la saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling