Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet71/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

379-modda. Ayblov xulosasi
Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib bo‘lgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi fikri o‘zgarmagan bo‘lsa, ayblov xulosasi tuzadi.
Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining o‘zini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi.
Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi hamda e’lon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham ko‘rsatgan holda bayon qilinadi.
Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari ko‘rsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi ko‘rsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi.
380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati, shuningdek qo‘llanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari, sud chiqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
(380-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi. 5. Sudlar har bir jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olish paytida dastlabki tergov organlari tomonidan JPK 380-moddasi birinchi qismining ayblov xulosasiga protsessual chiqimlar turi va miqdoriga doir ma’lumotnoma ilova qilinishi to‘g‘risidagi talabi bajarilganligini tekshirishlari lozim. Bunday ma’lumotnoma yarashuv to‘g‘risidagi ariza, ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan sudga yuboriladigan ish bo‘yicha ham ilova etilishi shart.
Sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda ko‘rsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini ko‘rsatadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida ularning taxalluslari ko‘rsatilishi mumkin. Xavfsizligi ta’minlanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar ular ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni ko‘rib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin.



  1. Айблов хулосаси билан келган жиноят иши юзасидан прокурор ҳал этиши лозим бўлган масалаларни таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling