359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
Айбловни ўзгартириш, тугатиш ва тўлдириш асослари ва тартибини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
362-modda. Ayblovni o‘zgartirish, tugatish va to‘ldirish
Basharti tergov o‘tkazish chog‘ida dastlabki ayblovni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to‘plangan bo‘lsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi noto‘g‘riligi ma’lum bo‘lib qolsa, dastlabki ayblov o‘zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki to‘ldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos bo‘ladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
(362-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277 sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda)
Ayblovni tugatish to‘g‘risida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yo‘la shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli ko‘rgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim.
Дастлабки терговни тўхтатиш асослари ва тартибини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |