Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун
Download 0.85 Mb.
|
Оралиқ саволлар оғзакиники
- Bu sahifa navigatsiya:
- 333-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish
201-modda. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari
Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni o‘z ichiga oladi. 3202-modda. Tergovga qadar tekshiruv Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirish, ularni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni o‘z ichiga oladi. Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida ko‘rsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin. 3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi. Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda o‘tkaziladi. Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Tergovi surishtiruv shaklida o‘tkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va to‘la o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga ko‘ra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin. Жиноят ишини қўзғатишни рад қилиш тартибини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг. 333-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi. Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etishga, agar o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi masala qo‘yilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga e’tiroz bildirsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar darhol prokurorga yuboriladi. Жиноят ишининг терговга тегишлилиги қоидаларини таҳлил қилинг. Йўқолган жиноят ишини ёки унинг материалларини тиклаш тартибини баён қилинг. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling