Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet66/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

3481-modda. Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko‘ra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yo‘qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo‘lgan saqlab qolingan ko‘chirma nusxalari bo‘yicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamog‘i muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
(3481-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Agar yo‘qolgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog‘ining oxirgi muddati tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.
(3481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)



  1. Дастлабки тергов муддатлари ва уларни узайтириш тартибини баён қилинг.

351-modda. Dastlabki tergov muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tergov jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
(351-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
(351-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-123-sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxudtaraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi.
(351-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-193-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
2) dastlabki tergov to‘xtatib turilgan vaqt;
3) qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar o‘tgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan e’tiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, to‘xtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar o‘tgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(351-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuniga asosan beshinchi — sakkizinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida o‘n sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror o‘z ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqaradi.



  1. Дастлабки тергов ҳаракатларининг терговчилар гуруҳи томонидан олиб борилиши тартибини баён қилинг.




  1. Жиноят ишда гумон қилинувчи тариқасида иштирок этишга жалб қилишнинг асосларини баён қилинг.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling