Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Жиноят ишини қўзғатиш сабаблари ва асосларини таҳлил қилинг


Download 0.85 Mb.
bet62/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

65.Жиноят ишини қўзғатиш сабаблари ва асосларини таҳлил қилинг.
322-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun:
1) shaxslarning arizalari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 324-moddasi.
2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 326-moddasi.
3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 327-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4) jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi;
(322-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 328-moddasi.
5) aybini bo‘yniga olish haqidagi arz sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 113-moddasi.
Jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.
323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi
Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la olmaydi.
324-modda. Shaxslarning arizalari
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 322-moddasi.
Shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi arizalari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Og‘zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko‘rsata olmasa, uning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa yo‘llar bilan tekshirish chorasi ko‘rilishi kerak.
Arz qiluvchi jinoyat to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. So‘ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma’lumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha so‘zma-so‘z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling