Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Процессуал муддатларни ҳисоблаш, муддатларни узайтириш ва тиклаш тартибини баён қилинг


Download 0.85 Mb.
bet59/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

63.Процессуал муддатларни ҳисоблаш, муддатларни узайтириш ва тиклаш тартибини баён қилинг.
314-modda. Muddatlarni hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning o‘tishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘ida va tibbiy muassasada bo‘lish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 110, 217, 226, 245, 268-moddalari, 274-moddasining to‘rtinchi qismi, 299-moddasining birinchi qismi, 312-moddasi.
(314-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham e’tiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim bo‘lsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom bo‘lishi bilan tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga to‘g‘ri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning so‘nggi sutkasida tamom bo‘ladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) to‘g‘ri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘ida va tibbiy muassasada bo‘lish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno.
(314-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
315-modda. Protsessual majburlov choralari qo‘llanganda muddatlarni hisoblash
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qo‘llanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226, 245 va 268-moddalarida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim.
(315-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan bo‘lsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan bo‘lsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa ma’muriyatiga topshirilgan bo‘lsa, muddat o‘tgan deb hisoblanmaydi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling