Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi


Download 0.85 Mb.
bet57/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Mol-mulkni xatlash chog‘ida uni yashirish, yo‘q qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan bo‘lsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo‘llangan choralar ko‘rsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.






59.Жиноятларнинг олдини олиш чораларини баён қилинг.






60.Реабилитация этилишнинг мулкий ва бошқа оқибатларини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega.
(302-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi. Reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishi tugatilganidan keyin vujudga kelishini nazarda tutish lozim (JPK 302, 303, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘riladi (FK 1021-moddasi)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 990, 991, 1022-moddalari, “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2569).







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling